Mirzo ulug‘bek” nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jizzax filiali
Download 253.89 Kb.
|
Joriy 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- JORIY NAZORAT MAVZU
- 2.Xalqaro mintaqaviy moliya tashkilotlar. 3.O‘zbekiston va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar. 1.Xalqaro moliya tashkilotlar.
- Xalqaro valuta fondi (XVF)
- Umumjahon banki guruhi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI “MIRZO ULUG‘BEK” NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI “IQTISODIYOT” FAKULTETI “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” FANIDAN JORIY NAZORAT MAVZU: Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar. Topshirdi: 924-20 -guruh talabasi Mamarasulov Murodjon Qabul qildi: Azimov Yusufjon Reja: 1.Xalqaro moliya tashkilotlar. 2.Xalqaro mintaqaviy moliya tashkilotlar. 3.O‘zbekiston va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar. 1.Xalqaro moliya tashkilotlar. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tarkibida xalqaro moliya tashkilotlari alohida o‘ringa ega. Ushbu guruhga: XVF, Umumjahon banki gurnhi, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Osiyo taraqqiyot banki, Afrika taraqqiyot banki, Arab valuta fondi, Islom taraqqiyot banki, Amerikalararo taraqqiyot banki, Qora dengiz savdo va taraqqiyot banki, Yevroosiyo taraqqiyot banki, Bank nazorati bo'yicha Bazel qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar kiradi. Xalqaro valuta fondi (XVF) 1945-yilda tashkil etilgan va unga 187 ta mamlakat a’zo. XVFning maqsadi a’zo-mamlakatlar valuta moliya siyosatini muvofiqlashtirish, to'lov balansini tartibga solish va valuta kursining barqarorligini qo‘llab-quvvatlash uchun qarz berish hisoblanadi. Buning uchun fond to ‘lov balansida qiyinchiliklar mavjud o ‘z a’zolarini moliyalashtiradi, ularning xo'jalik yuritish usullarini yaxshilashga qaratilgan texnik yordam ko‘rsatadi. Umumjahon banki guruhi. Umumjahon banki guruhiga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (MIGA) va Investitsion nizolarni tartibga solishning xalqaro markazi (ICSID) kiradi. XTTB, XTA va XMK Jahon bankini tashkil etadi. XTTB - Umumjahon banki guruhining asosiy tashkiloti bo‘lib, o‘rta va kam daromadli to ‘lov qobiliyatiga ega mamlakatlar hukumatlariga kredit beradi. XTTB 1944-yilda tashkil etilgan va hozirda unga a ’zo mamlakatlar soni 188 tani tashkil etadi. XTTBning maqsadi - a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini qayta qurishga va rivojlanishiga kapital qo‘yilmalar berish, xususiy xorijiy investitsiyalami jalb etishni rag‘batlantirishni qo‘llab-quwatlash, to‘lov balansi muvozanatini ta’minlashga qaratilgan qarz berishdan iborat. XTA - 1960-yilda tashkil etilgan b o ‘lib, unga a’zo mamlakatlar soni 170 tani tashkil etadi. XTA uzoq muddatga foizsiz, kredit ko‘rinishida va bozor shartlari bo‘yicha qarz olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan dunyoning eng past daromadli 82 ta mamlakatlariga grantlar beradi. XTAning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga imtiyozli kreditlar berishdan iborat. XTAning zaxiralarga aylantirilgan moliya resurslari 2013-moliya yilida. 16,3 mlrd dollarni, shundan kreditlar — 13,8 mlrd dollar, grantlar — 2,5 mlrd dollar va kafolatlar — 60 mln dollarni tashkil etdi. XMK — rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy sektorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1956-yilda tashkil etilgan. A’zo mamlakatlar soni 182 tani tashkil etadi. Zaxiraga aylantirilgan resurslar portfeli 34,4 mlrd dollarni va sinditsiyalashgan kreditlari 8 mlrd dollarni tashkil qiladi. 2013-moliya yilida 103 mamlakatda 612 ta yangi loyiha bo‘yicha zaxiralashgan mablag‘lar hajmi 18,349 mlrd dollarni tashkil etdi. XMKning asosiy vazifasi rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investor va moliya institutlariga kapitalni samarali joylashtirishga ko‘maklashishda vositachilik qilish hisoblanadi. XMK bozor holatiga yaqiri shartlar bo‘yicha 12 yilga imtiyozli davr bilan 3 yildan yilgaeha qarz beradi. Qariyb 80 % passivlari moliya bozorlaridan jalb etiladi, qolgan 20 foizi esa XTTBdan qarzga olinadi. Odatda, XMK boshqa investorlar ishtirokidagi loyihalarni moliyalashtiradi, uning ulushi 25 - 35 %ni tashkil qiladi. Birgalikdagi moliyalashtirish XMK faolivatining o ‘ziga xos jihati bo‘lib, qarz berishdan tashqari xususiy korxonalar kapitaliga ham pul qo‘yishni amalga oshirishda namoyon bo'ladi. MIGA — 1988-yilda a’zo mamlakatlarga xorijiy invcstitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Hozirda agentlikka 175 ta mamlakat a’zo b o ‘lib, 1990—2011-moliya yillarida jami ajratilgan kafolatlari hajmi 23,8 mlrd dollarga teng. Agentlik tomonidan 2011-moliya yilida 38 ta loyiha b o ‘yicha 2,1 mlrd dollar miqdorida kafolatlar berilgan. Ushbu agentlik rivojlanayotgan mamlakatlarga yo‘naltirilgan TTXIni rag‘batlantirish maqsadida siyosiy risklardan sug‘urtalash yoki kafolatlash xizmatlarini taklif etadi. Download 253.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling