Mirzo ulug‘bek” nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jizzax filiali


O‘zbekiston va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar


Download 253.89 Kb.
bet3/4
Sana05.05.2023
Hajmi253.89 Kb.
#1431368
1   2   3   4
Bog'liq
Joriy 2

3.O‘zbekiston va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar.
O‘zbekistonda iqtisodiyotda tarkibiy o ‘zgarishlami amalga oshirishda yirik xalqaro va mintaqaviy moliya institutlari, jumladan, XVF, Jahon banki, OTB va ITB bilan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish b o ‘yicha o ‘zaro hamkorlik aloqaiarini kengaytirib borishga katta ahamiyat berilmoqda.
O‘zbekiston va XVF. O‘zbekiston 1992-yil 21-sentabrda XVFga a’zo bo‘lgan. 2003-yil oktabrdan XVFning VIII moddasiga muvofiq milliy valutani joriy operatsiyalar b o ‘yicha erkin konvertatsiyalash majburiyatlarini o ‘z zimmasiga olgan.
O‘zbekistonning XVFga a’zoligi 2010-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 275,6 mln SDR miqdoridagi kvotasi bilan belgilanadi. O‘zbckistonning XVF bilan oxirgi moliyaviy shartnomasi 1995-yil 18- dekabrda 124,7 mln SDR miqdorida «stend-Ьау» kreditini olish to ‘g ‘risida tuzilgan. Hozirgi kunda O‘zbekiston XVF oldida hech qanday moliyaviy majburiyatlarga ega emas.
O‘zbekiston va Umumjahon banki guruhi. 1992—2009-yillarda Umuinjahon banki guruhi tomonidan O‘zbekistonda qiymati 800 mln dollarga teng 15 ta loyiha amalga oshirildi.
Ushbu bank tomonidan ajratilayotgan kreditlar iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, jumladan, xususiylashtirish, moliya sektorini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini modemizatsiyalash, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirildi.
2008-2010-yillarda XTTBning O‘zbekistonga nisbatan ishlab chiqqan strategiyasida sog‘liqni saqlash, melioratsiya, sug‘orish infratuzilmalari, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, atrof-muhit himoyasiga yo‘naltirilgan umumiy qiymati yiliga 90—100 mln dollardan iborat uchta loyiha amalga oshirildi. Bu loyihalami kreditlash Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi mablag‘lari hisobidan 40 yil muddatga (shundan 10 yili imtiyozli davr) yillik 0,75 % stavkada amalga oshirildi.
O‘zbekiston va YeTTB. O‘zbekiston 1992-yildan YeTTBga a’zo. YeTTB 0‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiruvchi eng yirik investorlardan biri hisoblanadi. YeTTB 1992-yildan to hozirgi vaqtga qadar iqtisodiyotning turli sohalarida 1,5 mlrd yevro miqdorida 56 ta loyihani moliyalashtirdi.
YeTTB tomonidan amalga oshirilgan yirik kreditlar iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan.

Download 253.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling