Mirzo ulug‘bek” nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jizzax filiali


Xalqaro mintaqaviy moliya tashkilotlar


Download 253.89 Kb.
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi253.89 Kb.
#1431368
1   2   3   4
Bog'liq
Joriy 2

2.Xalqaro mintaqaviy moliya tashkilotlar.
Xorijiy investitsiyalami xalqaro miqyosda tartibga solishda mintaqaviy moliya institutlari ham muhim rol o ‘ynaydi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) — 1991-yilda tashkil topgan va unga 56 ta mamlakat a’zo. YeTTB Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga bozor iqtisodiyotiga o ‘tish b o ‘yicha islohotlami amalga oshirishni qo‘llab-quwatlash maqsadida tuzilgan. O‘zbekiston YeTTBga 1992-yil 27-apreldan a ’zo bo‘lgan.
YeTTBning asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat:
- infratuzilmani rivojlantirish;
- turli xususiy va xususiylashtirilgan korxonalaming loyihalarini moliyalashtirish va kreditlash. Bunda resurslaming 60 foizi xususiy sektorga, 40 foizi davlat sektoriga mo‘ljallangan;
- xususiy kapital qo‘yilmalarga kafolatlar berish;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
- aniq loyihalarga maslahat-texnik yordam berish.
YeTTB tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar soni 1991— 2012-yillarda 3 644 taga (2012-yilda 393 ta) yetdi. 1991-2012-yillarda amalga oshirilgan loyihalaming umumiy qiymati 235,4 mlrd yevroni, 2012-yildagi loyihalar qiymati esa 24,8 mlrd yevroni tashkil etdi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) — 1966-yilda tashkil topgan va unga 67 ta mamlakat (48 ta hududiy va 19 ta hududdan tashqari mamlakatlar) a’zo. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1995-yildan a’zo. OTBga a ’zolik BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha komissiyasidagi barcha mamlakatlar va Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlari (agar ular BMT yoki uning ixtisoslashgan agentliklariga a ’zo b o ‘lsalar) uchun ochiq. A’zolikda mavjud bunday keng imkoniyatlar OTBda Osiyo mintaqasidan tashqari mamlakatlar ulushining ortishiga olib keldi, ularga bank aksiyalarining qariyb 37 foizi va ovozlarining 35,0 foizi to‘g‘ri keladi.



Islom taraqqiyot banki (ITB) — 1974-yilda tashkil topgan. Unga islom diniga e’tiqod qiluvchi 35 ta mamlakat, ya’ni Islom anjumanining deyarli barcha a’zolari kiradi. Nizom kapitalining miqdori OTB dan 5 marta kam.



Download 253.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling