Farmarsevtika ishini tashkil qilish


Download 151 Kb.
bet1/10
Sana12.03.2023
Hajmi151 Kb.
#1264518
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FITQ Mustaqil ish (1) 03e9410777a1a6ba6b54d54b8b1fbe95



:FARMATSEVTIK TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI
FARMATSEVTLARNI MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA
TAYYORLASH MARKAZI

FARMARSEVTIKA ISHINI TASHKIL QILISH” FANI

Mustaqil ish




Toshkent 2023

REJA:
I. KIRISH.


1.1.Mavzuning dolzarbligi, maqsadi va ahamiyati.
II. ADABIYOTLAR SHARXI
2.1. Ulgurji savdo shakllari.
2.2.Farmatsevtik omborxonasining tuzilishi. Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar.
2.3.Dori vositalarini saqlashda o‘ziga xos xususiyatlari. Dori vositalarini tashish, safdan chiqarish tartibi.
2.4. Farmatsevtika soxasida logistika.
2.5. Logistik sarf xarajatlar. Logistik kanal, logistik zanjir.
2.6. Tovar xarakatining kanallari. Savdo tarmog‘ining asosiy faoliyat turlari.
III. XULOSA
IV. ADABIYOTLAR RO'YXATI
V. MUNDARIJA

I. Kirish.
1.1.Mavzuning dolzarbligi, maqsadi va ahamiyati.
Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining turlari, vazifalari va funksiyalari
Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berishda tadbirkorlik faoliyati maksadida tovarlar yoki xizmatlarni sotish va olib sotish maksadida ulgurji vositachi (tashkilotlar va aloxida shaxslar)ning o‘rni katta.
Ulgurji vositachilarni asosiy vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar (dorixonalar bilan) o‘rtasidagi uzilishni yo‘qotib, muntazam aloqalarni va markazlashtirishni ta’minlashdir.
Farmatsevtik tovarlar harakati tizimining zarur sharti - ulgurji vositachi (dorixona ombori) aloqalari orqali iste’molchilarga etkazish hisoblanadi.
Ulgurji savdo – moddiy rusurslardan o‘z o‘rnida foydalanish uchun muhim mexanizm bo‘lib, tovar aylanmasi jarayonining barcha bosqichlarida farmatsevtika maxsulotlarini ortiqcha Zaxiralarini kamaytirishga va mahsulot tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi va farmatsevtika sanoati bozorini shakllantirishda ishtirok etadi.
Ulgurji vositachilar funksiyalari
Farmatsevtika bozorida ulgurji vositachilar kuyidagi funksiyalarni bajaradi:
Marketing – bozorni kompleks taxlili, tovar siyosati va narx siyosati va boshkalarni amalga oshirish;
Axborotli – kerakli axborot bilan ta’minotchilarni va chakana tashkilotlarni ta’minlash;
Tovarlarni qabul qilish, saqlash va tovar zaxiralarini boshqarish;
Tovarni tashish;
O‘z haridorlarini kreditlash - tovarlarni iste’molchilarga kreditga berish;
Rejalashtirilmagan harajatlar xavf-xatarini qayta taqsimlash;
Tovarga egalik huquqini olgan holda ulgurji vositachilar, tovarlarning buzilishi, o‘g‘irlanishi, unga ko‘yilgan narxlarning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum xavf-xatardan ishlab chiqarishni xalos etadilar.
Ulgurji savdo tashkilotlarining tasnifi
Ulgurji savdo tashkilotlari- (Distribyutorlar) - bu dori vositalari va tibbiy buyumlarini ulgurji yo‘l bilan sotib olish va ularni chakana savdo nuqtalariga qayta sotishni amalga oshiruvchi tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor.
- distribyutorning vazifasi-dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish olish, joylash, saqlash, ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar (dorixonalar) o‘rtasidagi uzilishni yo‘qotib, buyurtmalar asosida ularni ta’minlash;
- distribyutor dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilardan sotib olish narxi va chakana savdo tarmoqlariga etqazib berish narxi o‘rtasidagi farqi xisobiga faoliyat yuritadilar.
Aniq bir tasnif xususiyatiga qarab, ulgurji farmatsevtika tashkilotlari quyidagilarga bo‘linadi:
- xududiy ulgurji tashkilotlar, tovarlarni ulgurji savdosi jarayonini tugatib, farmdistribyutorlar va maxalliy ishlab chiqaruvchilarning maxsulotlarini sotib oladilar, so‘ngra farmatsevtika maxsulotlarini chakana savdo tarmoqlariga (dorixonar) olib chiqadilar, chunki ular bozorda o‘z ta’sir doirasini aniq belgilaydilar.
- ixtisoslashtirilgan ulgurji tashkilotlar -bir yoki necha gurux tovarlarning bir xil iste’mol xususiyatlari va maqsadlari bilan olish va sotishlarini amalga oshira oladilar (masalan ortopediya tovarlar). Agar ulgurji tashkilot muayyan tovarlarni sotishga ixtisoslashgan bo‘lsa, unda bu diler va ma’lum bir ishlab chiqaruvchining tovarlarini sotishda ixtisoslashgan bo‘lsa-bu rasmiy diler deb ataladi.
-universal ulgurji farmatsevtika tashkilotlari turli dori vositalari va tibbiy buyumlarini sotadi va sotib oladi.
-mustaqil ulgurji tashkilotlar -savdo-sotiq faoliyatiga ixtisoslashgan mustaqil tovarlarning ulgurji savdosi, mol-mulkni butunlay ulgurji savdoga o‘tqazish yo‘li bilan sotib to‘liq xajmini amalga oshirish.

Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling