Tovar va xizmatlar savdosi


Download 61.5 Kb.
bet1/4
Sana15.11.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1775693
  1   2   3   4
Bog'liq
Tovar va xizmatlar savdosi


Tovar va xizmatlar savdosi
Reja:
Kirish
1 Tovar va xizmatlar savdosi haqida tushuncha
2. Xizmatlar bo‘yicha asosiy iqtisodiy savdo bitimlari
3. Xalqaro savdoda tovar birjalarining o‘rni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH

Hozirgi davrdagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlaridan biri shundan iboratki, unda tovarlar xalqaro savdosi bilan bir qatorda xizmatlar savdosi ham keng rivoj topgan. Tovarlar va xizmatlar xalqaro savdosi o‘zaro bog‘liqdir.


Xorijga qancha ko‘p tovarlar sotilsa, shuncha ko‘p xizmatlar ham ko‘rsatiladi, ya’ni ular o‘z ichiga bozorlarni tahlil qilishdan tovarlarni transportda tashishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi.
Xizmatlar - boshqa shaxslar ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati bo‘lib, mehnat huquqiga oid munosabatlar asosida amalga oshiriladigan faoliyat bundan mustasno. Tovar birjasi - bir yoki bir necha xil tovar bilan ulgurji savdo-sotiqni amalga oshiruvchi tijorat korxonasi, bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining ajralmas qismi bo‘lib, korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi oldi-sotti aloqalarini olib boradi. Birja o‘z faoliyatini ochiq savdoda, ma’lum joyda birja qoidasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan birja to‘g‘risidagi ta’rif uning uch faoliyatini o‘zida aks ettiradi: qonuniy, tashkiliy va iqtisodiy.
Qonuniy jihati- tovar birjalari maxsus xujjat asosida birlashmaning u yoki bu shakli ekanligi tan olinadi. Bu birlashmalarga tijorat vositalari pul mablag‘lari, omonatchilar (puli qo‘ygan kishi) kiradi va o‘z mulki va ijaraga olingan mulkni birgalikda foydalanadi. Umuman barcha birja a’zolari birja mulkining egasi bo‘lib, birgalikda foydalanuvchilardir, shu bilan birga qo‘yilgan kapital mablag‘lar va olingan daromadalarning egasi hamdir.


1. XIZMATLAR SAVDOSI HAQIDA TUSHUNCHA
Hozirgi davrdagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlaridan biri shundan iboratki, unda tovarlar xalqaro savdosi bilan bir qatorda xizmatlar savdosi ham keng rivoj topgan. Tovarlar va xizmatlar xalqaro savdosi o‘zaro bog‘liqdir.
Xorijga qancha ko‘p tovarlar sotilsa, shuncha ko‘p xizmatlar ham ko‘rsatiladi, ya’ni ular o‘z ichiga bozorlarni tahlil qilishdan tovarlarni transportda tashishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi.
Xizmatlar - boshqa shaxslar ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati bo‘lib, mehnat huquqiga oid munosabatlar asosida amalga oshiriladigan faoliyat bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining belgilashiga ko‘ra eksport qilinadigan xizmatlarga xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarga (yoki ularga tenglashtirilgan boshqa xujjatlarga) muvofiq, belgilangan tartibda respublikaning xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar (ishlar) kiradi.
BST ning nizomiga asosan xizmatlar quyidagi 12 sektorga bo‘linadi:
 biznesga ko‘rsatiladigan xizmatlar;
 qurilish xizmatlari;
 aloqa xizmatlari (pochta, kurerlik va telekommunikatsiya);
 distribyutorlik xizmatlari (savdo agentlarining xizmatlari, chakana va ulgurji savdo, franchayzing);
 transport xizmatlari;
moliyaviy xizmatlar;
 ta’lim xizmatlari;
 meditsina xizmatlari;
turistik xizmatlar;
 rekreatsion xizmatlar;
 atrof muhitni muxofaza qilish bo‘yicha xizmatlar;
 boshqa tavsiflanmagan xizmatlar;
• Tovar birjasi - bir yoki bir necha xil tovar bilan ulgurji savdo-sotiqni amalga oshiruvchi tijorat korxonasi, bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining ajralmas qismi bo‘lib, korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi oldi-sotti aloqalarini olib boradi. Birja o‘z faoliyatini ochiq savdoda, ma’lum joyda birja qoidasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan birja to‘g‘risidagi ta’rif uning uch faoliyatini o‘zida aks ettiradi: qonuniy, tashkiliy va iqtisodiy.
• Qonuniy jihati- tovar birjalari maxsus xujjat asosida birlashmaning u yoki bu shakli ekanligi tan olinadi. Bu birlashmalarga tijorat vositalari pul mablag‘lari, omonatchilar (puli qo‘ygan kishi) kiradi va o‘z mulki va ijaraga olingan mulkni birgalikda foydalanadi. Umuman barcha birja a’zolari birja mulkining egasi bo‘lib, birgalikda foydalanuvchilardir, shu bilan birga qo‘yilgan kapital mablag‘lar va olingan daromadalarning egasi hamdir.
• Tashkiliy jihati - tovar birjalari faoliyati o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan savdo joyini eslatadi, xaridor va sotuvchini uchrashtiradi (ochiq birjalarda) yoki vositachi mutaxassislar (broker, diler, maklerlar) orqali xaridor va sotuvchilar o‘rtasida bitim tuziladi.
• Iqtisodiy jihati - tovar birjalarining faoliyati yirik ulgurji tovar bozori va shu bilan birga real bozor baholari asosi sifatida xarakterlidir. Katta xajmdagi moliya resurslari va tovarlarning birjalarda jamg‘arilishi va markazlashtirilishi iqtisodiy asoslangan istiqbolli bahoni aniqlash imkonini beradi, tovar va pul zahiralarini o‘zaro bir-biriga bog‘lash, ishlab chiqarish va iste’molni birlashtirish, ko‘p sonli bitimlar asosida xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish imkoniyatini beradi.



Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling