Tovar va xizmatlar savdosi


XALQARO SAVDODA TOVAR BIRJALARINING O‘RNI


Download 61.5 Kb.
bet3/4
Sana15.11.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1775693
1   2   3   4
Bog'liq
Tovar va xizmatlar savdosi

3. XALQARO SAVDODA TOVAR BIRJALARINING O‘RNI
Tovar birjasi - bir yoki bir necha xil tovar bilan ulgurji savdo-sotiqni amalga oshiruvchi tijorat korxonasi, bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining ajralmas qismi bo‘lib, korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi oldi-sotti aloqalarini olib boradi. Birja o‘z faoliyatini ochiq savdoda, ma’lum joyda birja qoidasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan birja to‘g‘risidagi ta’rif uning uch faoliyatini o‘zida aks ettiradi: qonuniy, tashkiliy va iqtisodiy.
Qonuniy jihati- tovar birjalari maxsus xujjat asosida birlashmaning u yoki bu shakli ekanligi tan olinadi. Bu birlashmalarga tijorat vositalari pul mablag‘lari, omonatchilar (puli qo‘ygan kishi) kiradi va o‘z mulki va ijaraga olingan mulkni birgalikda foydalanadi. Umuman barcha birja a’zolari birja mulkining egasi bo‘lib, birgalikda foydalanuvchilardir, shu bilan birga qo‘yilgan kapital mablag‘lar va olingan daromadalarning egasi hamdir.
Tashkiliy jihati - tovar birjalari faoliyati o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan savdo joyini eslatadi, xaridor va sotuvchini uchrashtiradi (ochiq birjalarda) yoki vositachi mutaxassislar (broker, diler, maklerlar) orqali xaridor va sotuvchilar o‘rtasida bitim tuziladi.
Iqtisodiy jihati - tovar birjalarining faoliyati yirik ulgurji tovar bozori va shu bilan birga real bozor baholari asosi sifatida xarakterlidir. Katta xajmdagi moliya resurslari va tovarlarning birjalarda jamg‘arilishi va markazlashtirilishi iqtisodiy asoslangan istiqbolli bahoni aniqlash imkonini beradi, tovar va pul zahiralarini o‘zaro bir-biriga bog‘lash, ishlab chiqarish va iste’molni birlashtirish, ko‘p sonli bitimlar asosida xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish imkoniyatini beradi.
Tovar birjalari xodimlari tadbirkorlik faoliyatini mustaqillik, o‘z-o‘zini qoplash, moliya mablag‘i bilan ta’minlash prinsipida amalga oshiradi. Ular o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda davlat organlariga qaram bo‘lmaydi. Boshqarishda amalda qo‘llanilayotgan qonunlarga tayanib ish yuritishadi.
Tovar birjalari savdoda uchrashish turiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
 yopiq tovar birjalari. Bunda birja a’zolari broker, diler, maklerlar va ustavga ko‘ra birja a’zolari deb qabul qilingan shaxslar qatnashadi.
 ochiq tovar birjalari. Bunda birja savdosida qatnashish xoxishi bo‘lgan barcha xodimlar ishtirok etishi mumkin.
 ixtisoslashgan tovar birjalari. Ma’lum turdagi tovarlar bilan muomala xizmatini bajaradi.
Tovar birjalari a’zolari yuridik yoki moliyaviy shaxs, jumladan chet el fuqarosi ham bo‘lib, birja ustavi talablariga javob berishi va o‘z vaqtida a’zolik badalini to‘lashi shart.
Birja a’zosi bo‘lishi uchun joy sotib olishi va tegishli tekshiruvdan o‘tishi lozim, bundan tashqari birja kengashi tasdig‘idan o‘tishi kerak. Bank hisoblarida ma’lum miqdorda puli bo‘lishi va ma’lum o‘quv kursini o‘tib imtihon topshirgan bo‘lishi lozim. Birja a’zolari o‘zining joyini ijaraga berishi mumkin. Bunda ijara haqi tomonlar kelishuvi asosida aniqlanadi. Tovar birjalari broker kompaniyalarisiz normal faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Tovar birjalari quyidagi vazifalarni bajaradi:
 Xo‘jalik subyektlari yoki qatnashuvchi birja vositachilari o‘rtasida birja savdosi uchun sharoit yaratib berish;
 Birja savdosini o‘tkazish, tovarlar bo‘yicha talab va taklifni o‘rganish, zaruriyat tug‘ilganda vositachi vazifasini bajarish;
 Tovarlar bahosini aniqlash va uni maxsus byulitenlarda chop etish;
 Birja bitimlarini rasmiylashtirish;
 Birja operatsilari bo‘yicha tortishuvlarni hal etish;
 Tovar oborotini o‘rganish, tartibga solish va yengillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarish;
Bozor iqtisodiyotining rejali shakllanishida birja faoliyatiga bo‘lgan e’tibor kattadir. Birja yordamida maxsus rejani ishlab chiqish va unga o‘zgartirish kirita oladigan maxsus tizim ishlab chiqilgan bu rejali va haqiqiy baholarning kelishuvi, mahsulotga bo‘lgan talab va taklifni moslashtirishni ta’minlaydi.
Forvard bitimlar, fyuchers bitimlar va opsionlar.
Tovar birjalarida tovarlarning bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tishi bilan bog‘lik uch uslub mavjud:
1. Tovarni xarid qilish va sotish.
2. Kelajakda tovarlarni yetkazib berish uchun ikki tomonlama bitim tuzish (forvard bitim).
3. Birja bitimlari (fyucherslar va opsionlar) xarid qilish va sotish.
Tovarlarni birjada savdo qilish odatdagi bozorda olib boriladigan savdo singari amalga oshiriladi. Xaridor tovarni ko‘rgandan keyin, sifati va boshqa ko‘rsatkichlariga qarab unga baho qo‘yiladi. Bundan tashqari, tovarlarning numanasini yarmarkaga yoki ulgurji bozorga qo‘yish orqali ham savdo qilinadi.
Tovarlarni birjaga olib sotuvchi orqali amalga oshiriladi. Birjada sotilgan, sotilishi va olib kelinishi lozim bo‘lgan tovarlarni saqlash uchun omborxonalar bo‘lishi kerak.
Ikki tomonlama bitimlar tuzishda (forvard bitim) sotuvchi va xaridor mahsulotni yetkazib berish bahosi kabul qilish uning sifati, uni aniqlash uslubi va bajarilgan bitimga hak to‘lash qoidasi to‘g‘risida majburiyat oladilar.
Ikki tomonlama forvard bitim istagan tovarga tuzilishi mumkin. Bozorda bevosita sotiladigan tovarga nisbatan cheklanish shunchaki shartnomada mahsulotlarning standart ko‘rsatkichlari mavjud bo‘ladi.
Lekin zamonaviy tovar birjalari ikki tomonlama forvard bitimlar tuzish joyi sifatida kam ko‘llanilmokda, buning sababi mavjud tovarlar bilan savdo qilish ancha qiyin, chunki sotuvchi tovarni birjaga tashib kelishi kerak, birjadan xaridorga yoki u yashab turgan joyga olib borishi kerak.Bular hammasi tovarlarni yetkazib berish doirasini cheklaydi, birja mijozlari sonini kamaytiradi. Bundan tashqari ishlab chiqaruvchidan birjaga undan xaridorga yetkazishga nisbatan ancha arzonga tushadi. Va nixoyat tovar ishlab chiqarilgandan keyin realizatsiya kilinishi mumkin. Qo‘shimcha tovar ishlab chiqarish jarayonida bir baho ishlab chiqarilgandan keyin esa boshqa baho qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun, tovarlarni bevosita tovar birjalarda sotish narx xavf xataridan xoli emas.
Eng ko‘p tarqalgan uslub f’yuchers yoki shoshilinch bitimdir. Bu bitimning mazmuni shundaki tovar ishlab chiqaruvchi birja xizmatchisi brokerga hali yetishtirmagan mahsulotini, ba’zida ekilmagan ekin uchun bitim tuzishda vositachilik qilgani uchun ma’lum miqdor pulni beradi. Broker o‘z navbatida olinadigan mahsulot xajmini mo‘ljallab, u bilan uzoq muddatli bitim tuzadi.
Tovar ishlab chiqaruvchi yaxshi imkoniyat tug‘ilishi bilanoq, ya’ni yuqori xosil olgandan keyin, xosilning ma’lum qismini o‘zida qoldirib, brokerga ham belgilangan ulushini beradi. Broker ziyon ko‘rmaydi, u vositachiligi uchun olingan haqni olgandan keyin shartnomaga ko‘ra yetishtirilgan xosilning bir qismini qabul qiladi va tuzilgan bitim asosida tegishli shaxsga yoki tashkilotga mahsulotni beradi.
Opsion – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, tanlov ma’nosini bildiradi. Opsion – ma’lum bir aktivni shartnomada qayd etilgan bahoda oldindan kelishilgan sanada yoki kelishilgan ma’lum bir davr ichida sotib olish yoki sotish huquqini (sotib oluvchi opsioni uchun) boshqa berilishi haqidagi 2 taraflama shartnomadir.
Opsionlar bilan bitimlar. Muddatli valyuta operatsiyalarining yana bir turi bu valyuta opsionlaridir. Valyuta opsioni birinchi marta 1982 yili Filadelfiya Birjasida amalga oshirilgan edi. Shundan so‘ng, valyuta opsionlari bilan savdo jahondagi ko‘pchilik birjalarida amalga oshirila boshlandi. Opsiondan investitsiya portfelini muhim elementi va sug‘urtalashni samarali usuli sifatida foydalanish uchun uning qanday ishlashini bilish lozim. Opsion - bu kelishilgan muddat tugagunga qadar bitim tuzayotgan paytdagi kurs bo‘yicha ma’lum valyutaning ma’lum miqdorini sotib olish yoki sotish huquqini, tomonlarning biriga belgilangan komissiya (mukofot) to‘langan holda, berish bo‘yicha kelishib olingan ikki tomonlama shartnomadir.

Xulosa
Tovar birjalari a’zolari yuridik yoki moliyaviy shaxs, jumladan chet el fuqarosi ham bo‘lib, birja ustavi talablariga javob berishi va o‘z vaqtida a’zolik badalini to‘lashi shart.
Birja a’zosi bo‘lishi uchun joy sotib olishi va tegishli tekshiruvdan o‘tishi lozim, bundan tashqari birja kengashi tasdig‘idan o‘tishi kerak. Bank hisoblarida ma’lum miqdorda puli bo‘lishi va ma’lum o‘quv kursini o‘tib imtihon topshirgan bo‘lishi lozim. Birja a’zolari o‘zining joyini ijaraga berishi mumkin. Bunda ijara haqi tomonlar kelishuvi asosida aniqlanadi. Tovar birjalari broker kompaniyalarisiz normal faoliyat ko‘rsata olmaydi. Iqtisodiy savdo aloqalari moliyaviy aloqalar bilan bog‘lanadi, zero moliya savdo paydo bo‘lishi bilan va savdo hosilasi sifatida paydo bo‘ladi. Moliya – pul oqimida, pullarning o‘zliksiz boradigan oborotida yuzaga keladigan munosabatlar tizimidir. Boshqacha qilib aytganda, moliya-pul fondlari shaklanishi va ulardan foydalanishda hamda pul mablag‘lari oboroti paytida yuzaga keladigan munosabatlari tizimidir. Moliya uchta funksiyani bajaradi:
- fondlarni shakllantirish va naqd pul mablag‘larini olish;
- pul fondlari va naqd pul mablag‘laridan foydalanish;
- pul fondlari va naqd pul mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish.



Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling