Mavzu: Nostandart dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo’q qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash vazirligi


Download 99.54 Kb.
Sana18.05.2020
Hajmi99.54 Kb.
#107559
Bog'liq
Qo'chqarova O'g'iljon Oybekovna

Mavzu: Nostandart dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo’q qilish tartibi

O’zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash vazirligi

Toshkent Farmatsevtika instituti

Farmatsiya fakulteti

Kasb ta`lim yo`nalishi

Kurs: III Kurs

Guruh: 302-”A”

Bajardi:Qo`chqarova O`g`iljon Oybek qizi

Tekshirdi:Urunova I.

Reja:

1.Ishlatishga yaroqsiz bo’lgan  dori  vositalarini  yo‘q  qilish  tartibi .

2. Nostandart dori vositalari va  tibbiy buyumlarni yo‘q  qilish qanday hollarda amalga oshirili-shi  mumkin.

3.Nostandart dori vositalari va  tibbiy buyumlar-ni yo‘q  qilish  tartiblari.

4.Nostandart dori vositalari va  tibbiy buyumlar-ni yo‘q qilishga ruxsat etilmaydigan holatlar.

1.Ishlatishga yaroqsiz bo’lgan  dori  vositalarini  yo‘q  qilish  tartibi .

  • Ishlatishga yaroqsiz bo’lgan  dori  vositalarini  yo‘q  qilish  tartibi   bo’yicha  vaqtinchalik  yo‘riqnoma  O’zbekiston  Respublikasi   “Dori  vositalari  va  farmatsevtika  faoliyati  to‘g‘risida”,  Davlat   sanitariya  nazorati  va  Tabiatni  qo‘riqlash  to‘g‘risidagi  qonunlargaasosan  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  bu yo‘riqnomaga  muvofiq  ishlati-shga yaroqsiz bo’lgan,  qal-baki  dori  vositalari  va  tibbiy buyumlarni yo‘q qilish  bo‘yi-cha yagona tartib belgilangan.  Mazkur  yo’riqnoma  standart  talablarga  javob  bermaydigan  va  la-boratoriya  tajribalarida  aniqlangan  dori  vositalari  va  tibbiy  bu-yumlar  partiyalari,  shuningdek,   qalbaki  dori   vositalari  va  tib-biy  buyumlar  uchun  qo‘llanadi. 

Yo‘riqnomada quyidagi  tushunchalar qo’llanilgan:

  • -  “dori  vositalari” -kelib  chiqishi  tabiiy va  sun’iy  bo’lgan  bir yoki  bir   necha  dori  moddasi  (substantsiya)  hamda  yordamchi  moddalar  asosida  hosil  qilingan,  kasallikning oldini  olish, tashhis  qo‘yish  va davolash  uchun  qo’llashga  ruxsat  etilgan  vositalar.  Ular   jumlasiga  :immuno-biologik,  radiofarmatsevtik  va  parafarmatsevtik  preparatlar,  gomeopatik, tashhis  qo’yish va sterilizatsiya  vositalari  kiradi;  -  “tibbiy  buyumlar”  -   kasallikning  oldini  olish,  tashhis  qo‘yish  va   davolash  uchun  tibbiyotda  qo’llanadigan  buyumlar.  Ular  jumlasiga  bog’lash  va  tikish  materiallari,  shpritslar,  qon  va  infuzion  eritmalarni   quyishga  mo’ljallangan  sistemalar,   bemorlarni  parvarish  qilishda  qo’llanadigan ashyolar va materiallar kiradi. 
  • -  “yo‘q  qilish”  -   dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  har  xil  usullar   yordamida  yaroqsiz  holga  keltirish  holati  boiib,  bunda  yoqib  yuborish,   maydalab  tashlash,  bo‘lib  tashlash,  kuydirib  tashlash  yoki  ko‘mib  tashlash   mumkin.  Mazkur  vaqtinchalik  yo'riqnoma  talablari  0 ‘zbekiston  Respublikasi   hududidagi  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  muomalasi  bilan   shug'ullanuvchi  barcha  davolash  -  profilaktika  muassasalari  va  boshqa   tashkilotlar uchun majburiydir. 

Yo‘riqnomada quyidagi  tushunchalar qo’llanilgan:

  • “yo‘q  qilish” -dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  har  xil  usullar   yordamida  yaroqsiz  holga  keltirish  holati  bo’lib,  bunda  yoqib    yuborish,  maydalab  tashlash,  bo‘lib  tashlash,  kuydirib  tashlash yokiko‘mib_tashlash mumkin.  Mazkur  vaqtinchalik  yo'riqnoma  talablari  O’zbekiston  Respublikasi  hududidagi  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  muomalasi   bilan   shug'ullanuvchi  barcha  davolash -profilaktika  muassasalari  va  boshqa  tashkilotlar uchun majburiydir. 

Nostandart dori vositalari va  tibbiy buyumlarni  yo‘q  qilish qanday hollarda amalga oshirilishi   mumkin.

  •  Belgilangan yaroqlilik muddati o‘tganda;
  • Sertifikatsiyalash  bo‘yicha  sinovlar  natijasida   mahsulotning sifat talabiga javob bermasligi aniqlanganda; 
  • Dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  O’zbekiston   Respublikasi   SSV  ro‘yxatidan  o‘tmagan   bo‘lsa  va  ularni  identifikatsiyalash  imkoniyati   yo‘q  bo‘lsa; 
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlarning qalbakiligi  aniqlanganda;
  •  Boshlang'ich  zavod  o‘rovi  buzilgan  bo‘lib,   qaytarib  yuborish  imkoniyati  bolmaganda. 

Eslatma:

  • Mazkur  yo‘riqnoma  ishlatishga   yaroqsiz  giyohvandlik  vositalari,   psixotrop moddalar va prekursorlarni  yo‘q qilish tartiblari uchun   qo’llanmaydi. 

Nostandart dori vositalari va  tibbiy buyumlarni yo‘q  qilish  tartiblari.

  • Dori vositalari va tibbiy buyumlar partiyasini yo‘q qilish bo‘yicha ruxsat   olish uchun tashkilot rahbari  10 kun ichida SSV ning Dori vositalari va  tibbiy  texnika  sifatini  nazorat  qilish  bosh  boshqarmasiga  (keyinchalik  Bosh  boshqarma)  yo‘q  qilish  uchun  tayyorlangan  dori  vositasi  va   tibbiy  buyumlarning  nomi,  seriya  raqami,  miqdori,  ishlab  chiqargan  tashkilot  (firma)  nomi,  davlati  va  mahsulot  egasi  ko‘rsatilgan   tavsiyanoma jo ‘natishi  kerak.  Yuqorida  ko‘rsatilgan  sabablarga  ko‘ra  dori  vositalari  va  tibbiy   buyumlarning  yo‘q  qilinishi  bo‘yicha  ruxsat  Bosh  boshqarma   tomonidan  tashkilot  rahbarlari  keltirgan  tegishli  akkreditatsiyadan   o‘tgan  laboratoriyalarning  mahsulotning  me’yoriy  xujjatlar  bo‘yicha   sifat  talablariga javob bermasligi to‘g‘risidagi xulosalari asosida qabul   qilinadi. 

Nostandart dori vositalari va  tibbiy buyumlarni yo‘q  qilish  tartiblari.

  • Dori vositalari va tibbiy  buyumlarni yo‘q qilish bo‘yicha besh kishidan   kam  boimagan  miqdorda,  Davlat  tabiatni  muhofaza  qilish  qo‘mitasi  va  
  • Sanitariya -epidemeologik  xizmati  sohalaridan  tegishli  vakillar jalb  etilgan   holda  komissiya  tuziladi  va  tashkilot  rahbari  tomonidan  tasdiqlanadi. 
  • Komissiya  o‘z  faoliyatini  a'zolarning  80%  dan  kam  bolmagan  ishtirokida   amalga oshirishga haqli.  Bosh  boshqarma  tomonidan  ruxsat  olingandan  keyin  komissiya   belgilangan  tartibda  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  yo‘q  qilishi   mumkin.  Komissiya  tomonidan  sana,  vaqt,  joy  va  yo‘q  qilinadigan  dori   vositalarining  fizik  -  kimyoviy  mutanosibligini  hisobga  olgan  holda  yo‘q   qilish usuli  belgilanadi. 

Nostandart dori vositalari va  tibbiy buyumlarni yo‘q  qilish  tartiblari.

  • Yo‘q  qilishga  tayvorlangan  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar   partiyasining  yo'q  qilingunga  qadar  saqlanishi  va  javobgarligi   ichki  buyruq  asosida  familiyasi,  ismi  va  otasining  ismi   ko‘rsatilgan  moddiy   javobgar shaxsga yuklatilib,  saqlashga topshirilgan dori  vositalari  va tibbiy  buyumlarning nomi, seriyasi  va o‘rov miqdori   ko‘rsatiladi. 
  • Dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  partiyasining  yo‘q  qilinishi   mahsulot egasi yoki uning vakili  ishtirokida amalga oshiriladi.  Mahsulot  partiyasi  yo‘q  qilingandan  keyin  komissiya  a’zolari  dori  vositalari  va tibbiy  buyumlarning yo‘q qilinganligi   to‘g’risida dalolatnoma  tuzadi. 

Dalolatnomada quyidagi   ma’lumotlar keltirilishi  kerak: 

  • -  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  partiyasining  yo’q  qilingan  joyi,   sana va vaqti;  -  dalolatnoma tuzilgan joy,  sana va vaqt;  -  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  nomi  (seriya  nomeri,  yaroqlilik   muddati  va ishlab chiqaruvchi  nomi);  -  yo‘q qilingan dori vositalari va tibbiy  buyumlar miqdori;  -  dori vositalari  va tibbiy  buyumlar egasi  (moddiy javobgar shaxs);  -  yo‘q qilish uchun ruxsat kim tomondan qabul qilingan;  -  tibbiy  maqsadlarda  ishlatiladigan  tovarlarni  yo‘q  qilishda  ishtirok   etgan  komissiya  a’zolari  (familiyasi,  ismi  va  otasining  ismi,  l avozimlari  ko‘rsatilgan  holda).  Dalolatnoma  komissiya  a’zolari  imzosi  bilan  tasdiqlanadi. 

Nostandart dori vositalari va  tibbiy  buyumlarni yo‘q qilishga ruxsat etilmaydigan holatlar:

  •  Sud  va tergov organlari  tomonidan  ish  qo‘zg‘atilgan  dori  vositalari   va tibbiy  buyumlar partiyasi, ularning  saqlash muddatidan qat’iy  nazar. 
  •  Agar  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  bilan  shug’ullanuvchi  shaxslar  sifatsiz  mahsulot  partiyasini  O'zbekiston   Respublikasidan  tashqariga chiqarib  yuborish to‘g‘risidagi reklamatsiyaga ega bo‘lsa. 

Etiboringiz uchun rahmat!

  • Etiboringiz uchun rahmat!

Download 99.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling