15-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Texnologik mashinalarni ta’mirlash va texnik servis xizmat ko’rsatish asoslari bilan tanishish
Jihozni to’xtatish va ta’mirga topshirish
Download 222.63 Kb. Pdf ko'rish
|
15-amaliy mashg'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozni detallarga ajratishning umumiy qoidalari
Jihozni to’xtatish va ta’mirga topshirish
Jihozni tasdiqlangan oylik reja grafik asosida to’xtatish va ta’mirga topshirish tsex boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi. Ta’mirga 2-3 kun qolganda ishchi - xodimlar mashinani to’xtatib, yuvib tozalaydilar. So’ngra tok manbaidan uziladi, elektroshitdan saqlagichlar olinadi, «Extiyot bo’ling, odamlar ishlayapti!» mazmunidagi yozuv osiladi, mashina truboprovodlardan ajratiladi. Ko’rik va kichik ta’mirda aniqlangan nuqsonlar, o’rta va kapital ta’mirga muxtoj detallarning nuqsonlar ro’yxati tuziladi. So’ngra omborda bo’lmagan detallarni tayyorlash buyurtmasi tuziladi. Mavjud detallar mexanik tomonidan ombordan olinadi. Jihozni detallarga ajratishning umumiy qoidalari Dastlab mashina tuzilishi mukammal o’rganildi, uni detallarga ajratish ketma - ketligi aniqlanadi. Umumiy qoidalar quyidagilardan iborat: - ajratishda shunday instrument va moslamalardan foydalanish lozimki, ulardan foydalanish yaroqli detallarni ishdan chiqarmasin; - avval alohida guruh va yig’ma birliklar ajratiladi, so’ngra ular alohida detallarga ajratiladi. Qiyin ajraladigan detallarni zo’riqtirmasdan, ehtiyot bo’lib ajratish lozim; - yig’ishni osonlashtirish uchun detallarni birikmadagi joylashuvini eslab qolish, ajratish ketma - ketligida yumshoq latta yoki yog’och ustiga joylashtirish, uyib tashlamaslik lozim; - detalga bolg’a bilan uning ustiga yog’och yoki metalldan tayyorlangan maxsus jismlarni qo’yib zarb berish. - bolt gayka, shaybalarni ajratgandan so’ng, yana o’z teshiklariga burab qo’yish, bir nechta bir xil detallarni simga o’tkazib bog’lab qo’yish. - yirik detallarni ta’mirlayotgan jihoz yoniga tokchalarga o’rnatish, uzoq saqlanadigan bo’lsa moylash. Bir nechta bolt yoki shpilьka bilan mahkamlangan yig’ma birlikni ajratishda, dastlab ularning barchasini bo’shatish, so’ngra birin-ketin ochib olish lozim. Gayka qiyinchilik bilan buralsa, gaykaning ochilish tomoniga qarab bolg’a bilan ohista urish, 20-30 minut davomida kerosin bilan ho’llab qo’yish, kavsharlash lampasi yoki gaz gorelkasi bilan isitish lozim. Uzilgan shpilьka yoki vintni ajratish uchun dastlab unda parma yordamida teshik teshiladi va teshikka uch qirrali sterjenь kiritilib burab ochiladi. Agar singan bo’lak teshikdan chiqib turgan bo’lsa, undan yoriq ochiladi va otvertka bilan burab ochiladi. Shkiv, tishli g’ildirak va yulduzchalar mexanik yoki gidravlik s’emniklar yordamida ochiladi. S’yomnik bo’lmagan taqdirda ularga bolg’a yordamida yog’och bo’laklari orqali asta urib chiqariladi va so’ngra passatij yoki shplintader yordamidan shponkalar chiqarib olinadi. Download 222.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling