800-son axs maxsus maqsadli asoslarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar auditi


Download 0.61 Mb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1614308
  1   2   3
Bog'liq
Audit 800-son AXS


800-son AXS
Bajardi:I-51 guruh talabasi Mo’minov Diyorbek

800-son AXS - MAXSUS MAQSADLI ASOSLARGA MUVOFIQ TAYYORLANGAN MOLIYAVIY HISOBOTLAR AUDITI

Maxsus maqsadli moliyaviy hisobotlar – Maxsus maqsadli asosga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar.

Maxsus maqsadli asos – Muayyan foydalanuvchilarning moliyaviy maʼlumotlarga boʻlgan talablarini qondirish uchun moʻljallangan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosi. Moliyaviy hisobotni taqdim etish asosi – moliyaviy hisobotni haqqoniy taqdim etish asosi yoki muvofiqlik asosi boʻlishi mumkin.


Auditning Xalqaro Standartlarini maxsus maqsadli asosga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar auditiga nisbatan qoʻllashda auditorning maqsadlari quyidagi hollarda dolzarb ahamiyat kasb etadigan maxsus masalalarni tegishli ravishda hisobga olishdan iboratdir
Kelishuvni qabul qilishda
Mazkur kelishuvni rejalashtirish va bajarishda
Auditor fikr hosil qilishi va hisobot (xulosa) taqdim etishda

Maxsus maqsadli asoslarga misollar


Tadbirkorlik subyektining soliq deklaratsiyasiga ilova qilinadigan moliyaviy hisobotlar toʻplami uchun soliq hisobini yuritish bazasi
Tadbirkorlik subyekti kreditorlar uchun tayyorlashi talab etilishi mumkin boʻlgan pul oqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobini yuritish kassa usuliga asoslangan hisob yuritish asosi
Tartibga soluvchi organ tomonidan mazkur tartibga soluvchi organ talablari bajarilishiga erishish maqsadida belgilangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash toʻgʻrisidagi qoidalar
Shartnomada, xususan obligatsiyalar chiqarish uchun shartnoma, qarz shartnomasi yoki loyiha uchun grantda belgilangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash toʻgʻrisidagi qoidalar

Foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlar maxsus maqsadli asosga muvofiq tayyorlangani toʻgʻrisida maʼlumot berish

Maxsus maqsadli moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik hisoboti (xulosasi) auditorlik hisoboti (xulosasi) foydalanuvchilariga moliyaviy hisobotlar maxsus maqsadli asosga muvofiq tayyorlangani va buning natijasida moliyaviy hisobotlar boshqa maqsadlarga mos kelmasligi toʻgʻrisida maʼlumot beradigan tushuntirish paragrafini oʻz ichiga olishi lozim. Auditor bu paragrafni tegishli sarlavha ostida kiritishi lozim


AXS 200 auditor Auditning Xalqaro Standartlarining audit uchun oʻrinli boʻlgan barcha talablarini bajarishini talab qiladi. Maxsus maqsadli moliyaviy hisobotlar auditini rejalashtirish va oʻtkazishda auditor AXSni qoʻllash kelishuv shartlarida maxsus koʻrib chiqishni talab etishi yoki talab etmasligini aniqlashi lozim
Maxsus maqsadli moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditor fikr hosil qilishi va auditorlik hisoboti (xulosasi)ni taqdim etishda auditor AXS 700 talablarini qoʻllashi lozim.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling