Mavzu: Maxsus maqsadli asoslarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobot turi


Download 50.13 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi50.13 Kb.
#258940
Bog'liq
xas

Mustaqil ish mavzu: Maxsus maqsadli asoslarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar auditi

Bajardi: BBI-71 guruh talabasi Uktamova N.

Tekshirdi: Masharipov O.

Reja:

  • АXS 800 “Mahsus auditorlik topshiriqlari yuzasidan auditorlik hisobotlari (hulosalari)” nomli standarti to’g’risida.
  • Mahsus auditorlik topshiriqlari boʼyicha auditorlik hisobotining tarkibi.
  • Mahsus auditorlik topshiriqlari yuzasidan auditorlik hisobotlarini tavfsiflash

1. АXS 800 “Mahsus auditorlik topshiriqlari yuzasidan auditorlik hisobotlari (hulosalari)” nomli standarti to’g’risida.

  • АXS 800 “Mahsus auditorlik topshiriqlari yuzasidan auditorlik hisobotlari (hulosalari)” nomli standartga binoan auditorlik hulosalari tayorlash koʼzda tutilgan auditorlik vazifalariga quyidagilar kiradi:
  • - moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan farqli milliy standartlar asosida tayorlangan moliyaviy hisobot auditi;
  • - moliyaviy hisobotning maʼlum bir qismi (alohida shakl, salьdo elementi) yuzasidan oʼtkazilgan auditorlik tekshiruvi;
  • - sharnoma vazifalarini tekshirish ;
  • - umumlashgan moliyaviy hisobot auditi (masalan, bir necha yil kesimida).
  • Kuzatuv, kelishilgan ammalarni oʼtkazish va kompilyatsiya АXS 800 standartida keltirilmagan va boshqa standartlar bilan tartibga solinadi.
  • Mahsus auditorlik topshiriqlari yuzasidan auditni tashkil qilish va oʼtkazish umumiy auditdan katta farq qilmaydi. Ushbu tekshirish turida ham auditor isbotlar yigʼadi va oʼz fikrini bildiradi. Bunday tekshirishlarning farqi moliyaviy hisobot qismlari va undan foydalanuvchilar kesimida aks etadi.
  • Mahsus auditorlik topshiriqlari boʼyicha audit oʼtkazish hujjatlarida belgilangan vazifa yuzasidan barcha hususiyatli jihatlar oʼz aksini topishi kerak, yaʼni vaqt chegaralari, vazifa xarakteri va xajmi, shuningdek vazifa boʼyicha auditor hisobotining mazmuni va shakli, hisobotdan foydalanuvchilar tarkibi va boshqalar.

2. Mahsus auditorlik topshiriqlari boʼyicha auditorlik hisobotining tarkibi.

Mahsus auditorlik topshiriqlari boʼyicha auditorlik hisobotining tarkibi auditorlik hulosasi bilan aynan oʼxshash boʼlib quyidagilardan tarkib topadi:

  • - mahsus auditorlik topshirigʼining xarakterini ifodalovchi nomi.
  • - auditorning mustaqilligi;
  • - hisobotdan foydalanuvchi;
  • - auditdan oʼtgan moliyaviy hisobot maʼlumoti xarakterini ifodalovchi kirish abzatsi;
  • - rahbariyat va auditor javobgarligi;
  • - auditor tomonidan oʼtkazilgan amallar izzohi;
  • - auditdan oʼtgan moliyaviy hisobot maʼlumoti yuzasidan auditorning fikri;
  • - hisobot sanasi;
  • - auditor manzili;
  • - auditor imzosi va boshqa rekvizitlar.

3. Mahsus auditorlik topshiriqlari yuzasidan auditorlik hisobotlarini tavfsiflash

  • Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan farqli milliy standartlar asosida tayorlangan moliyaviy hisobot auditi. АXS 800 mahsus auditorlik topshiriqlari sifatida MHXS dan farqli umumiy qabul qilingan hisob yoki milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobot auditini ham nazarda tutadi. Umumiy tan olingan hisob standartlari bu hisob yuritishning ayrim jabhalari yuzasidan qabul qilingan tamoyillarini aks ettiradi. Misol tariqasida, soliq hisobotini tayyorlash uchun Davlat tomonidan qabul qilingan qoyidalar yoki qimmatli qogʼozlar boʼyicha komissiya talablarini keltirish mumkin.
  • Moliyaviy hisobotning maʼlum bir qismi (alohida shakl, salьdo elementi) yuzasidan oʼtkazilgan auditorlik tekshiruvi. Mahsus auditorlik topshiriqlari sifatida moliyaviy hisobotning ayrim qismiga taʼluqli auditni ham keltirish mumkin ( alohida shakl, ilova, sintetik va analetik schetlar salьdosi, xodimlar bilan hisob kitoblar va xokazo). Moliyaviy hisobot elementlari oʼzaro bogʼliq boʼlganligi sababli auditor alohida vazifaning ushbu bogʼliqlikdagi holatini va ish hajmini toʼgʼri baholab olishi kerak. Moliyaviy hisobotning aloxida elementini tekshirishda muhimlik darajasini toʼgʼri baholash kerak, chunki bu karsatkich umumiy auditorlik hulosasiga taʼsir koʼrsatishi mumkin.
  • Shartnoma vazifalarini tekshirish. Mijoz tashkilot tuzilgan shartnomalar yuzasidan tekshirish oʼtkazib berishni buyurtma berishi mumkin ( sharnoma ekspertizasi). Bunday holatlarda bir qator kelishuvlar imzolab olinishi kerak. Аuditor faqat buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotga bogʼliq boʼlgan oʼz vakolati doirasidagi vazifalarni bajarishi mumkin, aks holda qoʼshimcha ekspert jalb qilinishi masalasi oʼrganiladi.
  • Umumlashgan moliyaviy hisobot auditi (masalan, bir necha yil kesimida). Ushbu mahsus auditorlik topshirigʼi moliyaviy hisobotning umumiy jihatlarigina qiziqtirgan, ayrim foydalanuvchilar guruxi uchun bajariladi. Bunday hisobotlarning koʼp maʼlumotlari umumiy boʼlganligi sababli auditdan oʼtkazish ham bir muncha murakkabdir. Shu sababli АXS 800 umumiy moliyaviy hisobot yuzasidan fkir bildirishni taqiqlaydi. Аgar, auditor ushbu hisobotning dastlabki bosqichlarini ham oʼzi auditdan oʼtkazgan boʼlsagina fkir bildirishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:


Download 50.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling