15-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Texnologik mashinalarni ta’mirlash va texnik servis xizmat ko’rsatish asoslari bilan tanishish
Ajratish va yig’ishning texnik hujjatlari
Download 222.63 Kb. Pdf ko'rish
|
15-amaliy mashg'ulot
Ajratish va yig’ishning texnik hujjatlari.
Murakkab bo’lmagan mashinalarni ajratish va yig’ish ketma-ketligini slesarь yig’ish chizmalari, ko’rsatmalari bo’yicha mustaqil aniqlab olish mumkin. Murakkab mashinalarni ajratish va yig’ish uchun yig’ma chizma ajratish (yig’ish) ning texnologik sxemasi, ajratish (yig’ish)ning texnologik kartasidan iborat texnik xujjatlar tuziladi: Sxemada yig’ish elementlarini biriktirish ketma-ketligi shartli tasvirlanadi. Sxemada ajratish (yig’ish) jarayoni yo’g’on to’g’ri chiziq bilan tasvirlanadi va uning mos joylariga detal va yig’ma birliklarni belgilovchi to’g’ri to’rt burchaklar ingichka chiziqlar bilan ulanadi. To’g’ri chiziq ikki qismga ajratilgan. Yuqori qismida detal yoki yig’ma birlik nomini bildiruvchi raqam va uning nomi pastki qismida - bir xil nomli detallar soni va tayyorlovchi zavod katalogi yoki yo’riqnomasi bo’yicha belgilanishi ko’rsatiladi. Agar katalogda detal belgilanishi ko’rsatilmagan bo’lsa, S B yozuvi qo’yiladi. Sxema chapdan o’ngga qarab quriladi. Sxema boshida asos detal (disk) shartli belgilangan ko’rsatiladi. Opertsiyalar bajarilish ketma-ketligi ko’rsatkichlar bilan belgilanadi. Alohida detallar shartli belgisi -yig’ish sxemasi yo’nalish bo’yicha chapda, yig’ma birliklarniki o’ngda ko’rsatiladi. Rasmda detallar yig’ish chizig’ining yuqorisida, yig’ma birliklar pastda tasvirlangan. Chiziqning oxirida yig’ilgan mashina shartli belgisi tasvirlanadi. Ajratish (yig’ish) texnologik kartasi aksar hollarda muayyan yig’ma birlik uchun tuziladi. Kartaning yuqorisida yig’ma birlikning ajratiladigan detallari tartib raqamlari ko’rsatilagan yig’ma chizmasi keltiriladi. Chizmadan pastda karta jadvalida ajratish (yig’ish) ketma-ketligida operatsiya va o’tishning nomi va raqami, qo’llaniladigan instrument va moslama, ajratish (yig’ish)ning texnik talablari, ishchi razryadi va kasbi, har bir operatsiyaning ish hajmi ko’rsatiladi. Download 222.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling