Relg‘efning chiziqlar bilan tasvirlanish mohiyati
Download 1.64 Mb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Relg‘efning chiziqlar bilan tasvirlanish mohiyati
Xaritadan pozitsiya va kuzatuv punktlarining jihozlanish o’rnini tanlash. Xaritadan harakat yo’nalishi bo’yicha joy relefini o’rganish, ko’rsatilgan yo’nalishlar bo’yicha balandlik pastlikni belgilash. Xaritadan pozitsiyani jihozlash joyi va kuzatish joyini tanlash.Reja
Relef topografik xaritalarda dengiz satxidan bir hil tepalikda bo‘lgan joydagi nuqtalarni bog‘lovchi tutashgan uzluksiz chiziqlar bilan tasvirlanadi. Bunday chiziqlar yotiq (gorizontalg‘) chiziq deb aytiladi. Relg‘efni yotiq chiziqlar bilan tasvirlanishida, mutloq balandliklar, joylardagi nuqtalar, ayrim chiziqlar shuningdek relg‘ef shakllari o‘ziga xos qo‘shimcha yozuvlar bilan belgilanadi Dengiz satxidan baland bo‘lgan (metrda) joyning nuqtasi mutloq balandlik deb aytiladi. Xaritalardagi balandliklar hisobining boshlanishi Boltiq dengizi satxidan olingan. ( Sankt – Piterburg shaxridagi Kronshtadt suv o‘lchovi nolg‘ ko‘rsatkichi) Xaritalardagi ko‘rsatilgan joylarning dengiz satxidan baland nuqtalari belgilar (otmetki) deb aytiladi. Masalan, yuqoridagi balandliklardan biri 231,0 belgisiga ega. Joylardagi bir nuqtaning ikkinchisiga nisbatan balandligi nisbiy balandlik deyiladi. U mutloq balandlik nuqtalarining farqi qilib olinishi mumkin. Quyidagi misolda topografik xaritalarda relg‘efni yotiq chiziqlar bilan tasvirlash mohiyatini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik tog‘ning nusxasi uchta yondosh yotiq yassi tekisliklar bilan kesishgan 1,2,3. Relg‘efning chiziqlar bilan tasvirlanish mohiyati. Xamma yassiliklar bir – biridan bo‘ylama kesim deb nomlanuvchi bir hil masofada joylashgan. Ayni xolatda bo‘ylama kesim 10sm ga teng. Xar bir yassilik, tekislik yuzasidan o‘ziga tegishli balandlikda bo‘ladi: N1= 0sm, N2 =10sm, N3 =20sm. Nusxani tepasi yassi tekislik bilan kesishgan bir hil balandlikda joylashgan nusxa nuqtalarini bog‘lovchi tutashganegri chiziqni tashkil qiladi. YAssi tekislikda joylashgan egri chiziq 1, balandligi 0 (nolg‘) ga teng bo‘lgan nuqtalarni bog‘lovchi chiziqdir, 10sm balandligidagi nusxa nuqtalarini bog‘lovchi 2, yassi tekislik yuzini kesishi natijasida olingan egri chiziq, yassi tekislik yuzidagi kesishma izi, shu egri chiziqda joylashgan nusxa tepasidagi xamma nuqtalarni balandligi 20sm ga teng. YAssilikdan olingan egrilikning tasviri, yotiq tog‘larning tasvirini beradi. Relg‘efning do‘ng (tog‘, tizma tog‘) tuzulishidan, botiq (chuqurlik, pastlik) tuzulishining farqini va qiyalik yo‘nalishini tez aniqlash uchun, yotiqliklarda qiyalik ko‘rsatuvchi qator – qator ingichka chiziqlar qo‘yiladi, ularning bo‘sh tomonlari qiyalik tomonga yo‘naltiriladi. Tog‘ – nishob yo‘nalishi ko‘rsatgichi tashqi tomonga bo‘lgan tutashgan yotiq chiziqlar bilan tasvirlanadi. Xavza (chuqurlik) - nishob yo‘nalishi ko‘rsatgichi ichki tomonga bo‘lgan tutashgan yotiq chiziqlar bilan tasvirlanadi. Tizma (xrebet) va pastqam er (loshina), tizma - pastlik tomonga, pastqam er esa balandlik tomonga cho‘zilgan shakldagi yotiq chiziqlar bilan tasvirlanadi. Tog‘ning ikki cho‘qqi o‘rtasidagi qismi (sedlovina) – ikki tomonidan tepalikni, boshqa ikki tomonidan esa pastlikni belgilovchi, qarama qarshi yo‘nalishda ayriluvchi yotiq chiziqlar bilan tasvirlanadi. Tik qiyalik xartialardagi ikki yonma-yon chiziqlarni zichligi uning masofasi bilan tavsiflanadi. Bir hil balandlikdagi relg‘ef kesishmasida tik qiyalikni o‘zgarishiga qarab, chiziqlarni zichlik oralig‘i ham o‘zgaradi. Xaritalarda qiyalik tik bo‘lsa qalin, yotiq bo‘lsa siyrak yotiq chiziqlar bilan tasvirlanadi. Qiyaliklarni tekisligini ko‘rsatuvchi yotiq chiziqlarning xususiyatlari, shaklini xaritalarda tasvirlash imkonini beradi. Qiyalik o‘zining shakli bo‘yicha tekkis, do‘ng, botiq yoki past-baland bo‘lishi mumkin. Tekkis qiyalikni yotiq chiziqlari bir-biridan bir hil masofada, botiq, do‘ng va past-baland qiyaliklar yotiq chiziqlar oraligi egri qiyalik bilan alohida maydonlarni balandligini o‘zgarishiga qarab, yaqin yoki uzoq bo‘lishi mumkin. Xaritalarning har bir o‘lchami uchun relg‘ef kesishma balandligi quyida ko‘rsatilgan №5 jadvalda berilgan.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, xarita o‘lchami qancha katta bo‘lsa, undagi relg‘ef balandlik kesishmasi shuncha kichik bo‘ladi, yahni katta o‘lchamli xaritalarda relg‘ef batafsilroq tasvirlanadi. Xar bir xarita varag‘ida asosiy kesishma balandligi chiziqli o‘lcham tagiga yozib qo‘yiladi. Masalan, «Uzluksiz yotiq chiziqlar 5m oralig‘ida o‘tkazilgan». Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling