Mashinalarni yig’ish texnologiyasi referat


Yig’ish jarayonini asosiy ko’rsatkichlarini hisobi


Download 165.11 Kb.
bet8/8
Sana17.06.2023
Hajmi165.11 Kb.
#1529106
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MASHINANING TUZILISHI ASOSIY QISMLARI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONI

Yig’ish jarayonini asosiy ko’rsatkichlarini hisobi. Yig’ish jarayonini asosiy ko’rsatkichlari va texnik-iqtisodiy tasniflari hisoblari quyidagi formulalar orqali ifodalanadi. Chiqarish takti-davriy tarzda mahsulot chiqarishdagi vaqt oralig’i.
Nominal takt (min/dona) quyidagicha aniqlanadi:
Tn=60F/Ny
Bu yerda: F-yillik ish vaqti fondi, bir smenalikda-2070s, ikki smenalikda F=4140coat.
Ny-yillik ishlab chiqarish dasturi.
Xaqiqiy takt (min/dona) quyidagicha aniqlanadi:
Th=60DS* (Tsm*ηπ- Txk-Tdam)/ Ny
D-yillik ish kunlar soni;
S-smenalar soni; Tsm–smena davomiyligi; ηπ-jihozni ta’mirlashga ketadigan vaqt;
Txk- ishchi joyiga xizmat ko’rsatishga ketadigan vaqt;
Tdam- dam olishga ketadigan vaqt;
Chiqarish maromi-bir nomdagi vaqt birligida ishlab chiqariladigan mahsulot soni
R=1/T
Yig’ish ishchi joyini unumdorligi (dona/min)- vaqt birligida ishchi joyida yig’iladigan mahsulotlar soni:
Q=tBn/Td
bu yerda: t-unumdorlik keltirilgan ishchi vaqti;
Bn-mazkur ishchi joyida operatsiyalar bajarayotgan ishchilar soni;
Td-yig’ma birlikni bajarishni donaviy vaqti;
Yuklash koeffitsiyenti-unumdor ish bilan yuklash darajasi:
Ishchi joyini
Kn= Td /TD*Bn;
Yig’ishni oqimli chizig’ini Kn =1/nni
Yig’ish jarayonini sifatli koeffitsienti
Kys=(Ty+Ts+Tsht)/Tuy
Ty-detallarni oddiy bo’lagini talab etuvchi yig’ish operatsiyalari mehnat sig’imi;
Ts-tutashmalarni sozlash bo’yicha operatsiyalar mehnat sig’imi;
Tsht- shtiflash bilan boradigan operatsiyalar mehnat sig’imi;
Tuy-umumiy yig’ish mehnat sig’imi;
Sifat koeffitsienti qanchalik yuqori bo’lsa, texnologik jarayon darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.
Yig’ish jarayonini bo’laklash koeffitsienti
Kb= Tyb/Tuy
Bu yerda: Tyb-yig’ma bo’laklarni yig’ishni yig’ma mehnat sig’imi;
Kb-qanchalik katta bo’lsa, yig’ish jarayoni shunchalik yuqori bo’ldi.
Yetkazish ishlarini ahamiyatligi koeffitsienti
Ka= Te/Tuy
Bu yerda: Te-yetkazish ishlari mehnat sig’imi;
Ka-qanchalik kichik bo’lsa, yig’ish jarayoni sifati shunchalik yuqori bo’ladi.
Chilanganrlik-yig’ish ishlari mehnat sig’imi koeffitsienti
Tms=Tch-y/Tmy
Tch-y-chilangarlik-yig’ish ishlari mehnat sig’imi;
Tmy-ushbu mahsulot bo’yicha mexanik yig’ish ishlarini umumiy mehnat sig’imi.
4. Yig’ish ishlarini avtomatizatsiyalash

Mashina tayyorlashni umumiy mehnat sig’imida yig’ish ishlari ulushini kattaligi va yig’ish umumiy siklini uzunligi yig’ish ishlarini avtomatizatsiyalash muammolarni dolzarbligini ko’rsatadi. Bu muammoni yechish orqali nafaqat mahsulot sifatini oshirishga uni ishlab chiqarish samaradorligiga erishiladi, balki muhim ijtimoiy vazifa-yig’ish jarayonlarida foizi 60-80 gacha boradigan charchatadigan jismoniy qo’l mehnatini kamaytirish, ba’zida yo’qotish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish tajribalari shuni ko’rsatadiki, mayda va o’rtacha mahsulotlarni yig’ishni avtomatizatsiyalash yig’ish narxini 55-65% ga kamaytiradi. Yig’ishni avtomatizatsiyalash iqtisodiy jihatdan o’zini, uni tashkil etishga ketgan xarajatlarni ozod qilingan ishchilar oyligini iqtisod qilish hisobiga bir yarim yilda qoplasa oqlaydi.
Yig’ishni avtomatizatsiyalash bir qator afzalliklarga ega bo’lgan holda sanoatdagi ulushi talab darajasida emas, buning asosiy sabablaridan biri mashinasozlikni umumiy mahsulotini 75-80% seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda chiqariladi va bunday mahsulotlar turi tez-tez o’zgarib turadi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, yig’ish ishlarini avtomatizatsiyalash mahsulot ishlab chiqarishni yetarlicha katta hajmida o’zini yaxshi oqlaydi, buni quyidagi 3-jadvaldan ham ko’rish mumkin. Ko’pchilik yig’ish operatsiyalari o’zini texnik tasnifi va texnologik mohiyatiga ko’ra ko’pchilik ishlov berish operatsiyalaridan oddiyroq.
Shunga qaramay, yig’ish jarayonlarini avtomatizatsiyalashda katta qiyinchiliklarga duch kelinadi, bu detallarini uzatish, ularni aniq yo’naltirish, mo’ljallash va qayd etish kabilardir. Qo’l yordamida yig’iladigan ko’pchilik detallar konstruksiyalari ko’p holllarda yig’ishni avtomatizatsiyalashda to’g’ri kelmaydi.
3-jadval
Avtomatik yig’ish sharoitida mahsulotlarni chiqarishni minimal dasturi

Detalni eng kichik o’lchami,mm

Siklni maksimal davomiyligi, s

Ishlab chiqarish dasturi, ming.dona/yil

100 gacha
100 gacha
300 gacha

7
8
30

800
320
200

Yig’ishni avtomatizatsiyalashni mashina yoki mexanizmni boshlang’ich loyihalash bosqichlardan boshlab nazarda tutish kerak. Masalan, yig’ishni avtomatizatsiyalashni kam detalli yig’ma birliklarni yig’ishda 4 tadan 12 tagacha detal bo’lishini ta’minlash maqsadga muvofiq.
Qo’l yordamida yig’iladigan mahsulotlarni avtomatizatsiyalash orqali yig’ishga o’tkazishda bir qator qo’shimcha ishlar bajariladi, toki avtomatizatsiya ishlasin. (asos detali yaxshi tanlangan bo’lishi kerak, zarur bo’lganda sun’iy asoslar yaratiladi, ikki yoki undan ortiq detali o’zaro qo’shiladi, detalga simmetrik va oddiy shakllar berish va hakozolar).
Avtomatik yig’ish to’liq o’zaroalmashuvchanlik usulida amalga oshirilishi qulay (qisqa zvenoli o’lchamli zanjirlar uchun). Usulni yig’ishni amalga oshiruvchi jihoz konstruksiyasini oddiyligini, yuqori unumdorlik va ishonchliligini ta’minlaydi.
Noto’liq o’zaroalmashuvchanlik usuli bo’yicha avtomatik yig’ishni qisqa zvenoli o’lchamli zanjirlar uchun noqulay, chunki nuqsonlar va tiqilishlarni paydo bo’lishi mumkin. Bu usul o’lchamli zanjirlar uchun iqtisodiy samara beradi.
Guruhli o’zaroalmashuvchanlik usuli avtomatik yig’ishda tutashuvchi detallarni yuqori aniqligi, masalan, g’ildirash podshipniklarni yig’ishda qo’llaniladi.
Avtomatik yig’ishda sozlash usuli cheklangan qo’llanishga ega, chunki kerakli jihozlar, sozlash va nazorat qurilmalarini kiritilishi hisobiga, murakkablashadi.
Yetkazish usulini avtomatik yig’ishda qo’llash maqsadga muvofiq emas.

NAZORAT SAVOLLARI


1.Yig’ish texnologik jarayon ahamiyati
2.Yig’ishdagi xatoliklar sababi
3.Ishlab chiqarish urlariga qarab yig’ish ishlari turlari
4.Yig’ish turlari klassifikatsiyasi
5.Birlamchi yig’ishni izohlang
6.Oraliq yig’ishni izohlang
7.Yakuniy yig’ishni izohlang
8.Yig’ishni tashkiliy shakllari
9.Nooqimli yig’ishni izohlang
10.Oqimli yigishni izohlang
11.Yig’ma o’lchamli zanjirlar hisobi
Download 165.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling