Mashinalarni yig’ish texnologiyasi referat
Yig’ish turlari klassifikatsiyasi
Download 165.11 Kb.
|
MASHINANING TUZILISHI ASOSIY QISMLARI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONI
Yig’ish turlari klassifikatsiyasi. Yig’ish bu tayyorlama yoki mahsulotni tashkiliy qismlarini ajratiladigan va ajratilmaydigan birikmalarni hosil qilishdir. Yig’ish oddiy biriktirish, ularni presslash, vintlash, payvandiash, kavsharlash, parchinlash va hakozolar orqali amalga oshiriladi. O’z hajmiga ko’ra yig’ish bo’linadi: umumiy yig’ishga-uni ob’yekti bo’lib yaxlit mahsulot hisoblanadi va qismiy yig’ishga-uni ob’yekti bo’lib mahsulotni tashkiliy qismlari, ya’ni yig’ma birlik yoki qism hisoblanadi.
Donalab va kichik seriyali ishlab chiqarish turlarida yig’ish ishlarini asosiy qismi umumiy yig’ishda bajariladi va oz qismi ayrim yig’ma birliklar ustida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishni seriyaligi oshib borishi bilan yig’ish ishlari ko’proq alohida yig’ma birliklarga ajratiladi va ommaviy hamda katta seriyali ishlab chiqarish turlariga ega qismli yig’ish hajmi umumiy yig’ishga teng, ba’zi hollarda yuqori bo’ladi, buni quyidagi 2-jadvaldan ham ko’rish mumkin. Birlamchi yig’ish-keyinchalik sochiladigan yaxlit mahsulot, tashkiliy qismlar yoki tayyorlamani yig’ish. Masalan, qo’zg’almas kompensator o’lchamini aniqlash maqsadida qismli birlamchi yig’ish. Oraliq yig’ish-keyinchalik birgalikda ishlov berish uchun tayyorlamalarni yig’ish. Masalan, reduktor korpusini qopqoq bilan, keyinchalik podshipniklar uchun teshikka ishlov berish uchun yig’ish; shatun qopqog’i bilan birlamchi, tirsakli valni shatunli bo’yinchalari uchun teshikka ishlov berish uchun, yig’ish [7]. 2-jadval Yig’ish turlarini ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligi
Payvandiash uchun yig’ish, ya’ni keyinchalik payvandiash uchun tayyorlamalarni yig’ish. Detallarni payvandiash orqali biriktirish jarayoni ko’pchilik hollarda yig’ish bo’ladi va bevosita qismli yoki umumiy yig’ish oqimiga kiritilishi mumkin. Payvandiash qo’llanilgan katta hajmda yig’ish ishlari, masalan, turli transport mashinalari ustki qismini tayyorlashda bajariladi. Yakuniy yig’ish, ya’ni mahsulot yoki uni tashkiliy qismli yig’ish, eslatib o’tish mumkinki ba’zi mahsulotlar uchun yakuniy yig’ishdan so’ng demontaj kelishi mumkin, uni tarkibiga, mahsulotni o’rash va istemolchiga tashish maqsadida qisman sochish ishlari kiradi. Birikmalarni hosil bo’lishi usuliga ko’ra quyidagi yig’ishlar bo’ladi: Chilangarli yig’ish, ya’ni mahsulot va uni tashkiliy qismlarini chilangarlikyig’ish operatsiyalari yordamida yig’ish; Montaj, ya’ni mahsulot yoki uni tashkiliy qismlarini foydalanish joyida o’rnatish; Elektromontaj, ya’ni tok eltuvchi elementlarga ega mahsulot yoki uni tashkiliy qismlari montaji; Payvandiash, kavsharlash, parchinlash, kleylash. Download 165.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling