Mashinalarni yig’ish texnologiyasi referat


Download 165.11 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi165.11 Kb.
#1529106
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MASHINANING TUZILISHI ASOSIY QISMLARI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONI

Mashinalarni sinash. Texnologik jarayonni amalga oshirishda yig’ish sifati uni turli xil bosqichlarida tekshiriladi. Mashinalarni sinash ularni tayyorlashdagi yakuniy operatsiya hisoblanadi. Mahsulotni sinash deyilganda ishlatish yoki ekspluatatsiya qilishni o’xshatish jarayonlarida hamda berilgan dastur orqali mahsulotga ma’lum ta’sir ko’rsatishda mahsulot sifatini ko’rsatkichlarini kattalashtirish, tajribaviy aniqlash tushuniladi (GOST 16504-81).
Nazorat va maxsus (tadqiqot) sinashlarini ajratiladi. Nazoratli sinash-bu mahsulot sifatini nazorat qilish maqsadidagi sinashdir.
Nazoratli sinashlarni turlaridan biri-qabul qilish-topshirish sinashlaridir, bunda tayyorlovchi tomonidan mahsulotni topshirishga yaroqligi to’g’risida qaror qabul qilish uchun tayyor mahsulotni nazoratli sinash tushuniladi. Bunday sinashlar oldindan belgilangan dastur asosida o’tkaziladi va ularni tarkibi quyidagicha [9].

  1. Mahsulotni statik holda tekshirish. Bunda quyidagilar tekshiriladi:

-tegishli jihoz uchun standartga binoan aniqlik me’yorlariga mahsulotni geometrik aniqligini mos kelishi; harakatchan qismlarini tekis siljitish; elektro jihozlarni yig’ish sifati va hakozolar.

  1. Mahsulotni salt yurishda tekshirish. Bunda mahsulot mehanizmlari va tuzilmalarini to’g’ri ishlashi; salt yurishdagi tekshirishlar belgilangan sinash dasturiga asosan o’tkaziladi.

  2. Mahsulotni yuklama ostida tekshirish. Bunda quyidagilar tekshiriladi: eng katta quvvat yoki burovchi moment bilan mahsulotni yuklashdagi barcha mexanizm va tizimlarni raddiyasiz ishlashi; ishlab chiqarish sharoitlarida ishlash sifatini, ekspluatatsion tasniflarni.

  3. Maxsus yoki tadqiqotli sinashlar-bu mahsulot ko’rsatkichlarini va sifat ko’rsatkichlarini o’rganish maqsadida o’tkaziladigan mahsulot sinovi.

Sinashni bu usullari maxsus dastur asosida turli konstruktiv o’zgarishlarni yaroqliligini o’rganish zarurligida o’tkaziladi.

Download 165.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling