Mashinalarni yig’ish texnologiyasi referat
Yig’ish operatsiyalarini ketma-ketligi va mazmunini belgilash
Download 165.11 Kb.
|
MASHINANING TUZILISHI ASOSIY QISMLARI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig’ish operatsiyalari vaqt me’yorlarini belgilash.
Yig’ish operatsiyalarini ketma-ketligi va mazmunini belgilash. Butun mashinani hamda uni alohida qismlari va yig’ma birliklarini konstruksiyasini va ishlashini sinchkovlik bilan o’rganganidan so’ng, ularni tayyorlash va yig’ishga bo’lgan texnik talablarni aniq ishlab chiqish sharoitlarini bilgan holdagi tahliliga ko’ra mahsulotni tashkiliy qismlariga bo’lishini boshlaydilar. Bu ishni bajarishda quyidagi tamoyillardan kelib chiqish maqsadga muvofiq:
-yig’ma birlik yig’ish jarayonida ham, keyingi tashish va montaj qismida bo’laklanishi kerak emas; -yig’ma birikmalarni gabarit o’lchamlari ularni yig’ish imkoniyatini ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda operatsiyalar bo’ladigan metalni kesish ishlari alohida ishchi joylarida, hatto mexanik sexlarda dastgohlarida bajariladigan tayyorlov va yetkazish ishlari bajarilishi kerak; -yig’ma birliklar ko’plab detallar va tutashmalardan iborat bo’lishi kerak emas; shu bilan birga mashinani keragidan ortiq bo’laklash maqsadga muvofiq emas, chunki bu yig’ish jarayonini murakkablashtiradi, yig’ish ishlarini tashkil etishda qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi; -mashina detallarini ko’plab detallari u yoki bu yig’ma birliklarga kirishi kerak, bunda bevosita yig’ishga uzatiladigan alohida detallar soni kamayadi, asos detallar va ba’zi qotirish detallari bundan mustasno. Mahsulotni shunday bo’laklash kerakki, qachonki bunday konstruktiv sharoitlar eng ko’p sondagi yig’ma birliklarni, bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda va mashinani eksplutatsiya tartibini buzmasdan mahsulotlarni ta’mirlashni ham osonlashtiradi. Ko’pchilik yig’ma birliklarni yig’ishdagi mehnat sarfi taxminan bir hil bo’lishi kerak. Yig’ish ketma-ketligi asosan mahsulot konstruksiyasi, detallarni joylashtirish va talab etilayotgan aniqlikka erishish usullari bilan aniqlanadi va yig’ishdagi mahsulot va qismlarini joylashtirish tartibini shartli ifodalovchi yig’ish texnologik sxemasi ko’rinishi keltirilishi mumkin. Yig’ish operatsiyalari vaqt me’yorlarini belgilash. Yig’ish texnologik jarayonini ishlab chiqarishni muhim qismi bo’lib chilangarlik–yig’ish ishlarini me’yorlash hisoblanadi. Operatsiyaga donaviy vaqt me’yorini hisobi uchun quyidagi formula ishlatiladi. Td=Ton (1+Adam + Axk /100)*k; bu erda: Ton- operatsiya operativ vaqti, Ton=Ta+Tyo; Ta-asosiy texnologik, vaqt, Tyo yordamchi vaqt. Axk-ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqti, Ton-dan foizlarda; Adam-dam olish va shaxsiy ehtiyojlar vaqti, Ton dan foizlarda; K-operativ vaqtga yig’ishda donaviy-kalikulyasion vaqt aniqlanadi. Td-k =Td+Tt-x /n; bu erda: Tt-x-detallar partiyasiga tayyorlov-xotima vaqti. Donaviy yoki donaviy-kalkulyatsion vaqt asosida mahsulotni butun yig’ish mehnat sarfi, ishchi joylari yoki bir xil mahsulotni yig’adigan oqimlar soni aniqlanadi. Download 165.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling