Mashinalarni yig’ish texnologiyasi referat


Guruhli o’zaro almashuvchanlik usuli (guruhli yig’ish)


Download 165.11 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi165.11 Kb.
#1529106
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MASHINANING TUZILISHI ASOSIY QISMLARI VA TEXNOLOGIK ISH JARAYONI

Guruhli o’zaro almashuvchanlik usuli (guruhli yig’ish). Guruhli o’zaroalmashuvchanlik usuli bo’yicha aniqlikka erishishda berkituvchi zvenoni talab etilayotgan aniqligiga o’lchamli zanjirga, birlamchi o’lchangan va ajratilgan detallarni guruhiga tegishili bo’lgan tashkil etuvchi zvenolarni qo’shish amalga oshiriladi. Bu holda detallarga kengaytirilgan hamda iqtisodiy erishiladigan ishlab chiqarishni joizliklari bo’yicha ishlov berishda va haqiqiy o’lchamlar bo’yicha guruhlarga konstruktor belgilagan berkituvchi zveno joizligini ta’minlagan holda ajratiladi, shuningdek, yig’ma birikmalarni talab etilayotgan aniqligini kafolatlanadi.
Guruhli o’zaro almashuvchanlik usuli asosan odatda uchta yoki to’rtta zvenolardan iborat kamsonli zvenolar o’lchamli zanjirlari, o’ta yuqori aniqlikdagi yig’ma birikmalar uchun ishlatiladi.
Guruhli o’zaroalmashuvchanlik usuli bo’yicha yig’ishni selektiv yig’ish deyiladi. Selektiv yig’ish nafaqat silindirik detallarni tutashmalarga, balki konussimon, prizmatik va rezbali birikmalar, ba’zi hollarda esa bir necha detallarni ko’p zvenoli o’lchamli zanjirlarda biriktrishda ham qo’llaniladi. Oxirgi holda guruhlarga ajratilishga ushbu o’lchamli zanjirlarga kiruvchi qandaydir tutashuvchi ikkita detallargina emas, balki ketma-ket bir nechta detallar juftligi duchor bo’lishi mumkin.
Selektiv yig’ish usulini qo’llashda detallar geometrik shakl xatoliklari va tutashuvchi yuzalar g’adir-budurligi katta ahamiyatga ega va shuning uchun guruhli o’zaroalmashuvchanlik usulini qo’llashda, o’lchamlarni tashkil etuvchilarini nisbatan yuqori joizliklariga ega bo’lishlariga qaramasdan, geometrik shakl hatoliklari joizliklarni kamaytirish va tutashuvchi yuzalarni g’adir-budurligini pasaytirsh kerak bo’ladi.
Guruhli o’zaro almashuvchanlik usuli yig’ish aniqligini pasaytirmagan holda detallarga mehanik ishlov berish joizligini kengaytirish yoki mexanik ishlov berish aniqligiga talablarni sezilarli oshirmasdan turib yig’ish aniqligini keskin oshirish imkonini beradi. Ba’zi hollarda yuqori birikmalarni yig’ishda guruhli o’zaroalmashuvchanlik usuli amaliy jihatdan yagona hisoblanadi.
Yig’ishni me’yorida yoki bir ma’romda olib borish uchun uni bir guruhdagi detallar bilan muntazam ta’minlash kerak, shuning uchun guruhli o’zaro almashuvchanlik usuli faqat katta seriyali ishlab chiqarishda amalga oshiriladi. Bunda bir xil guruhda bir xil sondagi vallar va teshiklar bo’lishi mumkindir. Bunga yig’iladigan detallarni taqsimlash qonuniga ko’ra bir xil simmetriya yoki asimmetriyaga ega bo’lishi kerak. Aks holda turli xil guruhlarda detallar to’planib qoladi (2-rasm).

2- rasm. Tutashuvchi detallar o’lchamlarini taqsimlash qonunlarini qaramaqarshi assimetriyali bo’lgan birikmalarni selektiv yig’ish sxemasi.
2-rasmdan ko’rinadiki 2-guruhni to’plashda vallar soni doimo shu guruhdagi teshiklar sonidan kam bo’ladi va teskarisi, 5-guruhda vallarni ortiqchaligi va teshiklarni yetishmasligini ko’rish mumkin, bu esa yig’ish ishlarini bir maromda bormasligiga olib keladi. Shunga qaramay ommaviy va katta seriyali ishlab chiqarishda guruhli o’zaroalmashuvchanlik usulida yig’ish, ayniqsa to’liq va noto’liq o’zaroalmashuvchanlik usulida, amalga oshirib bo’lmaydigan yuqori aniqlikdagi yig’ishda katta samara bermoqda.



Download 165.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling