12 laboratoriya ishi kavsharlash ishning maqsadi


Download 95.31 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi95.31 Kb.
#1053599
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-laboratoriya kavsharlash


12 - laboratoriya ishi


KAVSHARLASH
Ishning maqsadi:

  1. Kavsharlashga tayyorlanish.

  2. Yumshoq kavshar bilan kavsharlash.

- kavsharlash va qalaylash vazifasi hamda usullarini, ishlatiladigan asboblar va materiallarni, ishdagi brak sabablarini va uning oldini olish choralarini, kavsharlash va qalay yugurtirishda ish o’rnini tashkil qilish, xavfsiz ishlash qoidalarini va yong’inga qarshi kurash choralarini o’rganish;


- kerakli materiallar va asboblarni tanlash; qo’l va elektr kavsharlagichlardan, kavsharlash lampalaridan foydalanish; yumshoq kavsharlar bilan kavsharlash; qalaylash va qattiq kavsharlar bilan kavsharlash; xavfsiz ishlash qoidalariga va yong’inga qarshi tadbirlarga rioya qilish; kavsharlash va qalaylashda ish o’rnini tashkil qilish kabi amallarni egallash lozim.
Taxminiy ish ob’ektlari: oq tunuka qutilar, idishlar, moy idishlar.
uchlikli mis naychalar, kalta naychali flanetslar, plastinkali qisqichlar.
Jihoz va asboblar: issiqlik kavsharlagichlari, uch yoqli shaberlar, har xil egovlar, kavsharlash lampasi. turli egovlar, qo’l qaychi, o’tkir jag’li ombur, yassi jag’li ombur, temirchilik qisqichi
Moslama va materiallar: yassi jag’li ombur, xlorid kislota, rux, paxta, nashatir, qalay-qo’rg’oshinli kavshar, qilli cho’tkalar, latta-putta, metall cho’tka.
Kavsharlash lampasi, ko’ra, mufelli pechь yoki gaz gorelkasi, bura, mis-ruxli kavshar (qalinligi 0,5- 0,7 mm. li taxta, 1,0-1,2 mm. li metall chiviq), 0,5-0,6 mm. li to’qish simi (po’lat yoki nixrom), xlorid kislotaning 25% li eritmasi.
Ishning bajarish tartibi



Kavsharlashga tayyorlanish

1.Xlorli rux eritmasini tayyorlash. Eslatma. Kislota bilan ishlashda ehtiyot bo’lish, hamma vaqt kislotani suvga solish, eritma tayyorlashda qo’lqopdan foydalanish lozim.

1.SHisha idishning 1/4 qismi hajmida suv qo’yiladi. SHisha voronka orqali idishning yana 1/4 qismicha xlorid kislota quyiladi. Eritmaga mayda plastinachalar tarzida kesilgan rux solinadi (gaz pufakchalari ajralib chiqqanidan so’ng eritma ishlatishga tayyor bo’ladi).

2.Kavsharlanadigai joyni tayyorlash.

2.Buyum detallarining kavsharlanadigai joyi bir-biriga yaxshi moslanadi.SHu joy metall cho’tka va latta bilan ifloslik va namdan tozalanadi, chok esa shaber yoki egov bilan yaltiraguncha jilo beriladi.

3.Kavsharlash lampasini yoqish va kavshar­lashga tayyorlash.


3.Lampa kosachasiga benzin quyib yoqiladi. Benzin yonib tugagach, nippelь klapani sal ochiladi, lampa sig’imiga havo beriladi va lampa himoya qurilmasiga yaqinlashtiriladi.
Lampaning burama naychasi past alangada qizdirilgach, olov me’yor lanadi. Nippelь ifloslanganida, primus ignasi bilan tozalaiadi. Kavsharlash lampasiga (idishning 3/4 qismi hajmidan oshirmasdan) ingichka naycha yoki chog’roq voronkadan foydalanib kerosin quyiladi. SHundan keyin idishning og’zi rezbali tiqin bilan burab berkitiladi va lampa quruq qilib artiladi.
Lampa g’ishtyoki maxsus moslama yaqinida yonib turgan denaturat alangasidan o’toldiriladi, denaturat lampaning maxsus kosachasiga quyilgan bo’ladi; forsunka ifloslangan bo’lsa, jumrak berkitib qo’yilib, igna bilan tozalanadi.

4.Kavsharlagichni qizdirish va oqartirish.


4.Kavsharlagich uchi egov bilan kuyindidan tozalanib, uchining qirrasi sal dumaloqlantiriladi. Kavsharlagich (koviya) taglikka shunday qo’yiladiki, uning tovoni chetga yo’naltirilgan bo’ladi. Kavsharlash lampasining alangasi kavsharlagich tovoniga qaratiladi. Kavsharlagichning qizigan - qizima-ganligi uning uchini novshadilga botirib ko’rish yo’li bilan tekshiriladi (agar novshadil pishillab, undan ko’kish tutun chiqsa, demak, kavsharlagich yaxshi qizigan). Kavsharlagichning uchini novshadilda tozalanadi va unga kavshar chiviq yaqinlashtirilib, oqartiriladi. Kavsharlagich - qoviya qizdirilib, unga qalay yugurtiriladi kavsharlagichni shunday quyish kerakki, uning ish (ponasimon) qismi alangadan pastga qarab tursin, alanga xududida esa uning qalin qismi turishi kerak. Qizigan kavsharlagichni stolga emas, balki maxsus taglikka qo’yish kerak, shunda issiqlik bekorga isrof bo’lmaydi va kavsharlagich ifloslanmaydi.


Download 95.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling