Chichiq davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” fakulteti “Boshlang‘ich ta`lim nazariyasi” fakulteti o‘qituvchisi Xudayqulova F.B Reja: - Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar
- Sinfdan tashqari ishlarning shakllari va vazifalari
- Kuni uzaytirilgan guruhlarning ish turlari
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar - Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta`limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko`zlaydi. Uning ta`limiy ahamiyati shundaki, o`quvchi bu jarayonda qo`shimcha bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`ladi. Tarbiyaviy ahamiyati esa nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko`rsatish, nutq odobini tarbiyalash singarilarda o`z ifodasini topadi.
Doimiy tadbirlarga to`garak mashg`ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqt-vaqti bilan o`tkaziladigan tadbirlarga kiradi.
Sinfdan tashqari ishlarning shakllari va vazifalari - Sinfdan tashqari ishlar ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ularga nutqini o’stirish, olingan bilim va malakalarni mustahkamlash uchun yordam beradi. Yangi qo’shimcha ma’lumotlar manbai hisoblanadi.
- Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o’quvchilarga qo’shimcha bilim, malaka va ko’nikmalar berish.
- Tarbiyaviy ahamiyati – o’quvchilarning ijodiy faoliyat ko’rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash.
Sinfdan tashqari ishlarning turlari: - Adabiy kechalar o’tkazish
- Ekskursiya
- Turli bayramlar va tadbirlar o’tkazish
- To’garaklar tashkil etish
- Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish
- Fan olimpiadalari
- Ko’rik tanlovlar
- Adabiy kechalarga misollar
- “Navoiyxonlik”, “Boburning tavallud kuniga bag’ishlangan kecha” va h.k
Adabiy kechalar
- Eskursiya ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi va ekskursiyadan oldin o’quvchilarga topshiriqlar beriladi
- Muzeylarga ekskursiyaga borish; Metro bekatlari bo’ylab sayohat;
- Davlat kutubxonalariga tashrif; Teatr va kino va h.k
Ekskursiya
- Bunga mavsumiy bayramlarni kiritishimiz mumkin
- Bayram va tabrirlar ssenariy asosida tashkil etiladi.
Bayram va tadbirlar
- Uchrashuv jonli muloqot tarzida tashkil etiladi.
- Uchrashuvga o’quvchilar yaxshi biladigan shoir va yozuvchilarni taklif etish maqsadga muvofiq
- Mehmon bolalar adabiyoti vakili bo’lishi lozim.
Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar
- Bu ko’rik tanlovlar sinflar ichida yoki sinflararo bo’lishi mumkin
- Masalan: “Yilning eng bilimdon o’quvchisi”,
Ko’rik tanlovlar
- To’garaklar ma’lum bir fan asosida tashkil etiladi
- To’garak uchun yillik ish reja tuziladi
- Masalan: “Yosh hattot”, “Ona tilim – jon-u dilim”
To’garaklar
To’garaklar - To’garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo’lib, u o’quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko’radi;
- To’garaklarda yangi mavzu o’tilmaydi, dars jarayonida olingan bilimlar mustahkamlanadi, sinf ishlari tahlil qilinadi;
- Darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan ham foydalanish mumkin;
- To’garakka a’zo bo’lish ixtiyoriy, ammo uning mashg’ulot-larida ishtirok etish majburiydir;
- To’garak a’zolari 20 tadan oshmasligi lozim;
- Boshlang’ich sinflarda to’garak mashg’ulotlari birinchi sinfning ikkinchi yarim yilligidan boshlanadi.
- To’garak uchun ajratildan soat:
- 1-sinf : 17 soat (haftada bir marta)
- 2-4-sinflarda: 34 soat (haftada bir marta)
Topshiriq: - To’garak haqida bilib olgan ma’lumotlaringiz asosida “Ona tili” to’garagi uchun yillik ish rejasini tuzing.
Kuni uzaytirilgan guruhlarning ish turlari - Maktabda har bir sinf uchun bitta kuni uzaytirilgan guruh tashkil etiladi. Bu guruhda 3 ta fan asosida (ona tili, o’qish, matematika) ish tashkil etiladi.
- Bunday guruh uchun maxsus o’qituvchi biriktiriladi.
- Kuni uzaytirilgan guruhlarning darslari asosiy darslar tugaganidan keyin o’tkaziladi.
Kuni uzaytirilgan guruhlarning vazifalari: - Dars jarayonida mavzuni o’zlashtirishga qiynalayotgan o’quvchilar bilan ishlash;
- Uyga berilgan vazifalarni mustaqil bajara olmaydigan o’quvchilar bilan ishlash;
- Darsda o’tilgan mavzu asosida savol-javob yoki boshqa metodlar orqali o’quvchi bilimini mustahkamlash.
Foydalanilgan adabiyotlar: - Karima Qosimova va boshqalar “Ona tili o’qitish metodikasi” Toshkent 2009.
- Nurmatova M. Ifodali o`qish to`garagi. “Til va adabiyot ta`limi” 1992 yil. 1-son.
- Jalilova M. Ne`matova G. Takrorlash mashg`ulotlarini “Topqirlar bellashuvi” tarzida o`tkazish. “Til va adabiyot ta`limi” 1994 yil 2-3 qo`shma sonlari.
- J.O.Tolibova. Pedagogik texnologiyalar – do‘stona muhit yaratish omili. - T.: 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |