Mavzu: nutq odobi
Download 39.03 Kb.
|
Mаvzu 10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumot: SINTAKSIS. SO’Z BIRIKMASI VA GAP
- Darak gap.
- His hayajon gaplar
- M avzu yuzasidan mashqlar va topshiriqlar 1- Mаshq.
- - mashq
- -mashq
Mavzu: NUTQ ODOBI Insonning xulq–odobi, avvalo uning boshqa kishilarga bo‘lgan munosabatida ko‘zga tashlanadi. Odobli, shirinso‘z, xushmuomala kishilar odamlarga nisbatan e’tiborli va sezgir bo‘ladilar. Shuning uchun ota-bobolarimiz nutq odobiga alohida e’tibor berishgan. “Nutq odobi” atama sifatida so‘zlashish, suhbat odobi degan ma’noni bildiradi. So‘zlshish esa salomdan boshlanadi. Xalqimizda «Suxandonlik salomdan, ish intizomdan boshlanadi» degan hikmatli ibora bor. Darhaqiqat, salom bilan boshlangan suhbat, yomon niyatni qaytarib yopiq eshiklarni ochar va nifoqni yo‘qotar ekan. “Ha, “Assalomu alaykum” kalomining qudrati shu qadar buyukki, buni anglab yetish uchun uning ma’nosidan boxabar bo‘lmog’imiz lozim. Bu jumla aslida “As-salom alaykum” shaklida, ya’ni, “as” ajratib yozilishi kerak. Lekin bu so‘zni qabul qilgan ko‘pchilik xalqlarda qulaylik uchun chiziqchasiz “assalom” shaklida qo‘shib yozish odat tusiga kirib ketgan. “Salom” so‘zi arabcha “salima”–hozirgi-kelasi zamon shakli “yaslamu” fe’lidan olingan bo‘lib, “salomatlik, tinchlik, xavf-xatarsiz, nuqsonsizlik, poklik, osoyishtalik, xalos bo‘lish, itoatkorlik, bo‘sunish, najot topish” kabi qator ma’nolarni bildiradi. “Alaykum” kalomi ham ikki qismdan iborat. Birinchisi arabcha “ala” ko‘makchisi, ya’ni old qo‘shimcha bo‘lib, o‘zbek tilidagi jo‘nalish kelishigi qo’shimchasi “-ga”ga to‘g’ri keladi. “Alaykum”ning ikkinchi qismi “kum” esa ikkinchi shaxs ko‘plik “siz”ni bildiradi. Shunday qilib, “Assalomu alaykum” so‘zi “Sizga salomatlik, tinchlik va osoyishtalik bo‘lsin” ma’nosida ishlatilib kelinmoqda. So‘zlashuv odobiga rioya qilish ko‘nikmasini kishi dastlab oilada oladi. Chunki, bolaning tili chiqib, u dastlab oila a’zolari bilan, so‘ngra boshqalar bilan so‘zlasha boshlaydi. Yasli, bog’cha, maktab va boshqa tarbiya dargohlarida tarbiya davom ettiriladi, kelgusi hayotga tayyorlanadi. So‘zlashuv odobi o‘zgalar bilan muomalada sinaladi. So‘zIashuv odobining eng muhim omili esa tildir. Til vositasidagina so‘zlashuv jarayoni davom etadi. Bu jarayonning natijasi tildan qanday foydalanishga bog’liq. Ulug’ mutafakkir Alislier Navoiy:
degan ekan. Asrlar osha sinalgan bu fikr so‘zlashuvchilar uchun o‘ta muhimdlr. So‘zIashuv chog’ida yetti o‘lchab bir kesmoq, ya’ni har bir so‘zni o‘ylab keyin gapirmoq kerak. So‘zlashuv odobi haqida gap ketganda, bir-biriga bog’liq bo‘lgan quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak. Bular–so‘z me’yori, tinglash odobi, suhbatdoshlar shaxsi. So‘z me’yoriga e’tibor berilmasa, suhbatdoshini zeriktiradi, hafsalasini pir qiladi. Ko‘p gap qadrsiz bo‘lib, so‘zlovchining ham qadrini ketkazadi. Oz va mazmunli so‘zlash, ayni chog’da so‘zlarni buzmasdan tiniq talaffuz qilish lozlm, o‘quvchilar orasida ham, kattalar orasida ham turli millat so‘zlarini aralashtlrib gapiradigan, o‘zbekcha so‘zlarni tartibsiz ishlatadiganlar uchrab turadi. O‘zbekistonimiz mustaqillikni qo‘lga kiritdi. o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Endi tilimizga dog’ tushirishga, so‘zlarni buzib talaffuz qilishlarga chek qo‘yiladigan davr keldi. Nazariy ma’lumot: SINTAKSIS. SO’Z BIRIKMASI VA GAP So’zlarni tilning ma’lum qoidalari asosida bir-biriga bo’glab so’z birikmasi va gap hosil qilish sintaktik hodisalardir, ana shunday hodisalarni o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi esa sintaksis deyiladi. Sintaksis yunoncha “syntaxis” so’zidan olingan bo’lib, yopishtirish, bog’lash demakdir. Gapning gap bo’lmagan boshqa sintaktik birliklardan (masalan, so’z birikmasidan) farqi ham kesimlik belgisidir. Masalan: Men keldim – gap. Bu gapda keldim so’zi grammatik shakllanib kesim vazifasida kelyapti. Mening kelishim – gap emas. Kelishim kesimlik shakliga ega emas va kesim vazifasida kelmayapti. Kesimlik belgisiga ega bo’lgan har qanday so’z gap bo’lib kela oladi. Masalan: Bahor…Go’zalsan! Mustaqil so’zlar ma’no va grammatik jihatdan bir-biriga bog’lanib, so’z qo’shilmasini hosil qiladi. Maydonda erkaklar va ayollar to’planishdi degan gapda quyidagi so’z birikmalari mavjud: erkaklar to’planishdi; ayollar to’planishdi; maydonda to’planishdi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zning ma’no, grammatik va ohang jihatdan birining boshqasiga tobelanib bog’lanishi so’z birikmasi deyiladi. So’z birikmalarida doim ikki qism: tobe va hokim so’z mavjud bo’ladi. So’z birikmasidagi ma’nosi izohlanayotgan so’z hokim (bosh) so’z, uning ma’nosini ravshanlashtirib kelayotgan, izohlayotgan, to’ldirayotgan so’z tobe (ergash) so’z hisoblanadi. So’roq hamma vaqt hokim so’zga qarab beriladi. Shirin olma (qanday olma?). Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh, ravish, modal so’z bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi: baland bino, assalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning hammasi, menda ko’p, senga kerak, to’plarning gumbur-gumburi, askarlarning urrasi. Bosh so’z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi shakllari bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi: kitobni o’qish, ishni bajarib, tez kelgan. So’z birikmalari tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1.Sodda so’z birikmalari boshqa birikmalarga ajralmaydigan so’z birikmalaridir (bunda yordamchi so’zlar ham ishtirok etishi mumkin): beshta daftar, bugun keldi,o’zining uyi, shaharda yashaydu, akasi haqida so’radi. Ajralmas birikmalar, iboralar va qo’shma so’zlar qatnashgan birikmalar ham sodda so’z birikmalari hisoblanadi: qilich bo’yin ot, borsa kelsa oroli, turib javob bermoq. 2.Murakkab so’z birikmalari tarkibida uchta va undan ortiq mustaqil so’z qatnashib, shaklan kamida ikkita so’z birikmasidan iborat bo’ladi, mazmunan esa bu so’z birikmalarini ajratib bo’lmaydi: g’ayratli yosh bolalar, yangi ommabop kitob, katta qora qo’y, asfalt yotqizilgan keng ko’chalar, bugun kelgan ishchilar. Bunda sodda so’z birikmasi kengayadi. GAP Muomala vositasining eng kichik birligi gap deyiladi. Gap quyidagi belgilarga ega: 1) nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi; 2) grammatik jihatdan shakllangan bo`ladi; 3) tugallangan ohang bilan aytiladi. Gaplar maqsadiga ko`ra darak gap, so’roq gap, buyruq gap, his-hayajon gap, undov gap kabi turlarga bo`linadi. Gaplar tuzilishiga ko`ra esa sodda va qo’shma gaplar kabi turlarga bo`linadi. Gapning maqsadiga ko`ra turlari 1. Darak gap. Хabar, darak mazmunini bildirgan gaplar darak gap deyiladi. Darak gap oхiriga nuqta qo`yiladi. O`quvchilar yig’ildi. 2. So`roq gap. So`roq mazmunini bildirgan gaplar so`roq gap deyiladi. So`roq gapning oхiriga so`roq belgisi qo`yiladi. Ritorik so`roq gap. Javob talab qilmaydigan so`roq gap ritorik so`roq gap deyiladi. Ritorik so`roq gaplar inkor yoki tasdiq ma’nosini bildiradi. Tasdiqni bildiruvchi ritorik so`roq gap: Onani kim sevmaydi? (Onani hamma sevadi). Inkorni bildiruvchi ritorik so`roq gap: Qafasdan bo`shagan qush o`zini qayta qafasga uradimi? (Yo`q urmaydi) 3. Buyruq gap. Tinglovchini nimadir qilishga undagan gaplar buyruq gap deyiladi. Buyruq gaplar oхiriga ohangiga qarab nuqta yoki undov belgisi qo’yiladi. Buyruq gaplar quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1) iltimos ma’nosi: Yomon kunga qo`yma o`rtoqjon... 2) maslahat ma’nosi: Avval o`yla keyin so`yla. 3) do`q-po`pisa ma’nosi: Yaqin kelma, yanchib tashlayman! 4) hayqiriq ma’nosi: Terim sur’atini kushaytiraylik! 5) taklif ma’nosi: Yaхshisi, bug’un biznikiga bor.
Gaplar ohangiga, his-tuyg’uni ifodalashiga ko`ra his-hayajonli gap va his-hayajonsiz gaplarga bo`linadi. His-hayajonsiz gaplar darak, so`roq yoki buyruq ohangi bilan aytiladi. His-hayajon gaplar quyidagi yo`llar bilan hosil bo`ladi: 1)Eh, oh, e, uf, uh, o, eha, obbo, ie kabi undovlar ishtiroki bilan: eh, bahorning gashtiga nima yetsin! 2)qanday, qancha, naqadar, shunday kabi so`zlar yordami bilan: Fargona vodiysi naqadar go`zal! 3)faqat his-hayajon ohangi bilan hosil bo`ladi: Paхta terimi boshlandi! Hamma terimga! Mavzu yuzasidan mashqlar va topshiriqlar 1-Mаshq. Mаtnni o’qing, gаp nimа hаqidа ekаnini аytib bеring. Nuqtаning qudrаti Mir Аlishеr Nаvоiy o’z g’аzаllаrini zаmоnаsining eng zo’r bilimdоn хаttоtlаrigа ko’chirtirаrdi. Nimа bo’ldi-yu, o’z хаttоtining tоbi qоchib qоldi. Bundаn хаbаrdоr bo’lgаn, o’zini mаshhur хаttоtlаrdаn dеb yurgаn bir оliftа kishi: «Rоzi bo’lsа, Nаvоiyning хizmаtini jоnim bilаn bаjаrаrdim»,- dеdi. Shоir uning bu gаpini eshitib, shе’rlаrini ko’chirtirishgа bеrdi. Bir pаyt kаttа mushоirаdа Аlishеr Nаvоiyning qulog’igа : «Mаlikul shuаrоning o’zlаri nuqson-qusurgа yo’l qo’yibdilаrmi, bоshqаlаrdаn nimаni kutish mumkin», dеgаn gаp qulоg’igа chаlinibdi. Gаp nimаdаligini dаrоv fаhmlаgаn shоir bоyaginа ko’chirtirgаn g’аzаllаrini оlib o’qibdi, qаrаsа o’zi аytgаn gаp emаs emish. Mаqtаnchоq хаttоt tushmаgur «ko’z» so’zidаgi bir nuqtаni tushirib qоldirgаn, bu so’z «ko’r» bo’lib qоlgаn vа shе’r mа’nоsi o’zgаrib, аksinchа chiqib qоlgаn ekаn. Nаvоiy аhli fоzillаrgа qаrаb: - Ko’zimni ko’r qilgаnlаr ko’r bo’lsin, - dеbdi-dа, хаttоtgа jаvоb bеrib yubоribdi (Аllоmаlаr ibrаti kitоbidаn). 2- mashq. O’qing. Matn mazmunini yozma ravishda bayon qiling va undagi so’z birikmalarini aniqlang. Hunar – hunardan rizqing unar O’zbek xalqi – hunarmand xalq. Qadimgiy Turkiston hunarmandchiligi rivojlangan edi. Me’morchilik, naqqoshlik, duradgorlik, zardo’zlik, zargarlik kabi sharq hunarmandchiligi butun dunyoga mashhur bo’lgan. Hozirgi kunda ham O’zbekistonga kelgan sayyohlar eng avvalo ana shu xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishadilar. Ular hunarmandlarimiz o’z qo’llari bilan yasagan noyob buyumlarni xarid qilib olib ketadilar. Qadimiy obidalarimizdagi o’ymakorlik, ganjkorlik san’ati na’munalarini hayrat bilan tomosha qiladilar. Insonning hunari qancha ko’p bo’lsa hayotda o’z o’rnini topishi shuncha oson bo’ladi. Hayoti ko’p insonlar turmush mashaqqatlarini tez bartaraf qiladilar. Ular o’zlari uchun ham, qarindosh- rug’lari, qo’ni-qo’shnilari uchun ham – barchaga va jamiyatga katta foyda keltiradilar, obro’ e’tiborga ega bo’ladilar. Shuning uchun xalqimizda “Hunar – insonning ziynati” degan naql bor. Derlar: “Hunar kishiga ziynatdir, hunarsiz kishi quruq savlatdir”. Daraxt shoxi mevasiz bo’lsa kiyikning shoxlaridan nima farqi bor? Inson ham hunarsiz, qo’lidan biror ish kelmasa, ya’ni yaratmasa boshqa jonzotlardan qanday farqi bor? Qalam garchi cho’p bo’lsa-da, ilm-u hunarni yuzaga chiqargani uchun azizdir.
Bir shoh ovqat yeb yotaverib semirib ketibdi. Bir oz yursa nafasi qisilib, charchab qolar ekan. Ko’p shifokorlar shohning dardiga biror yem bo’larli muolaja qilolmabdilar. Bundan xabar topgan Goratsiy shoh oldiga yovvoyi echkini olib kelib: - Siz mana shu echkini tutib olib, go’shtini esangiz echkiday xipcha va chaqqon bo’lib ketasiz, - debdi. Shoh sapchib echkini ushlamoqchi bo’lgan ekan, u chap berib qochibdi. Shoh qiziqib ketib echkini quvlashdan qolmabdi. Kunlar ketidan kunlar o’tibdi, echki hamon tutqich bermasmish. Shoh oz-ozdan og’irligini yo’qota berib shunday epchil va chaqqon bo’lib ketibdiki, bir kuni u echkini ushlab ham olibdi. Ana shundan beri echki (“Kozel”) sportchilarning epchillik va salomatlik ramzi bo’lib xizmat qilarkan. Download 39.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling