Guruh talabasi Jumayev Otabek 5-Laboratoriya ishi Mavzu: Tizimning axborot hayot siklini tashkil etish. Ishdan maqsad
Download 137.3 Kb.
|
BTTL LABO 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lokal tahlil.
- Talablarni o’rganish.
- Ishlab chiqarish
- Tadbiq etish.
213-17 guruh talabasi Jumayev Otabek 5-Laboratoriya ishi Mavzu: Tizimning axborot hayot siklini tashkil etish. Ishdan maqsad: Tizimning axborot hayot siklini Kaskadli va Spiral modelda ifodalash ko’nikmasini xosil qilish. Nazariy qism Axborot hayot sikli tushunchasi axborot tizimlarini loyihalash metodologiyasining asosiy tushunchalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Axborot tizimlarining hayot sikli uzluksiz jarayondan iborat bo’lib, hayotsikli axborot tizimini yaratish haqida qaror qabul qilingan paytdan boshlanadi va butunlay ekspluatasiyadan olib tashlash bilan tugallanadi. Axborot hayot sikli bu, shunday tizimga zarurat yuzaga kelgandan boshlab, foydalanuvchilar tomonidan istemoldan to’liq chiqqan fursatni o’z ichiga olgan, ularning yaratilish va foydalanishda davri tushiniladi. Hayot sikli modeli deganda butun hayot sikli davomida bajariladigan masala, harakat va jarayonlarni bajarilish ketma-ketligini va ular orasidagi bog’lanishni aniqlovchi struktura tushuniladi. Hozirgi kunda quyidagi hayot sikli asosiy modellari keng tarqalgan.
Kaskadli model Spiral model Bizning guruhimiz mavzusi:O’quv markazi tizimning axborot hayot siklini Kaskadli va Spiral modelda ifodalash. Talab - bu eng avvalo biror-bir tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan extiyojning bozorda namoyon bo‘lishidir. Talab asosida extiyoj yotadi. Ammo talab bo‘lishi uchun Tovar yoki xizmatlarning xaridorga zarurligi mavjud bo’lishi lozim. Funksional talablar: Tanlangan tizimining funksional yani ish faoliyati talablari:
tizim barcha hisob-kitoblarni o’zi avtomatik tarzda bajarishi; Ya’ni o’quv markazidagi xodimlar maoshini to’lash,o’quvchilar o’z vaqtida to’lov qilishi,maishiy xizmat uchun to’lovlar,davlat soliqlarini vaqtida to’lash. turli xil tashqi va ichki ta`sirlarga holatlarga o’zaro raqobatdan himoyalanganligi; Turli hil tabiiy ofatlarga kurashish choralari ko’rilganligi yong’in ,zilzila,boshqa o’quv markazlarini mavjudligi,mavjud sharoitni yaxshiligi,malakali ustozlar,yangi o’qitish metodlarini mavjudligi va amalda qo’llanilishi. rivojlantirilib borilishi; Albatta o’quv markazidagi sharoit ,ustozlar bilim darajasi,o’qitish metodlarini,turli xil bonuslarni,tayyorlov fan va kurs yo’nalishlarini kengaytirish va takonillashtirish kerak va zarur . Bulardan tashqari berilgan tizimning ichki va tashqi talablari ham mavjud. Qulaylik va bonuslar Talabalar uchun sinov imtihonlar To’lovni o’z vaqtida to’lash Yangi talabalarni jalb etish O’quv markazi (ichki talablar) Etika va muomala madaniyati Tozalik O’qituvchilarning bilim salohiyati Shaxsiy gigiyena qoidalari Rasm 5.3. Tanlangan tizimning ichki talablari Ichki talablar: O’qituvchilarning bilim darajasini tekshirish va ish staji bilan tanishgan holda ularni imtihondan o’tkazish; Mijozlarni jalb qilishda turli vositalardan foydalanish. Masalan: Gazeta, Televizor va internet tarmog’iga turli xildagi reklamalarni berish; Talabalarni o’quv markaziga qabul qilishda turli sinovlardan o’tkazib talabaning bilim darajasini aniqlab uni shu darajaga mos bilim berish; Davomad – o’quv markazida talabaning darsga qanchalik qatnashishi va o’zlashtirish; Odob – axloq qoidalariga rioya qilishni ta’minlash; To’lovni to’lash - Talabaning to’lov turini nazorat qilish va uni vaqtida to’laganini tekshirish; O’quv markazining Qulay joydaligi Litsenziya olish Davlat soliqlarini o’z vaqtida to’lash Qabulxona O’quv markazi (tashqi talablar) Hisob kitob va kassa bo’limi Xonalardagi sharoit Rasm 5.4. Tashqi talablar. Tashqi talab: Litsenziya olish bu albatta ishning boshlanish talabi hisoblanadi. Davlat soliqlarni o’z vaqtida to’lash ham eng asosiy ishlardan biri hisoblanadi. O’quv markazining joylashgan o’rni va uning xavfsizlik talablariga javob berishi ham muhim talablardan biri hisoblanadi. Har bir tashkilot va korxonada qabulxona bo’lish talabi qo’yiladi. Hisob kitob va kassa (buxgalteriya) bo’limi ham albatta eng zarur talablardan biridir. Kaskadli modelni asosiy xarakteristikasi butun tizimni yartilishini boqichlarga o’tishidan iborat. Bir bosqichdan ikkinchisiga o’tish joriy bosqichdagi ishlar to’liq tuggalangandan keyin amalga oshiriladi. Rasm 5.1. Kaskadli model asosida tizimlarni yaratish ketma-ketligi Spiral model- dasturlarni tezkor yaratish metodologiyasi hayot siklini spiral modeli doirasida dastur taminotlarini yaratishni hozirgi vaqtda keng arqalgan yo’nalishlaridan biridir. Rasm 5.2. Spiral modeli asosida tizimlarni yaratish ketma-ketligi Lokal tahlil. O’quv markazini tahlil jarayonida o’rganilgan qonunlarimizning amaliyotda qollanilishi deyishimiz mumkin. O’quv markazini tahlil qilish jarayonida faqatagina ichki marketing masalalari,yani talablar bilan cheklanib qolmay balki chet eldagi hamkasblar ishi bilan va mahalliy hamkasblar ishini kuzatib o’rganishni amalga oshirish kerak bo’ladi,chunki kundan kunga barcha sohalarga yangiliklar kirib kelmoqda. Talablarni o’rganish. O’quv markazining marketing masalalarida talablarni o’rni kattadir. Funksional talablar,ichki va tashqi talablar muhim hisoblanadi.Yuqoridagi talablarga rioya qilinsa qilayotgan biznesimizda doimo yuksalish va rijovlanish bo’ladi. Loyihalash: Yangi yaratilayotgan va ishlab chiqarilayotgan o’qitish metodlari,o’quv markazidagi sharoit,narx navo , ustozlar bilim darajasini loyihalash yani ,o’quv markaziga moslashtirish nazarda tutuladi. Ishlab chiqarish: O’quv markazida yangi o’qitish metodlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish muhimdir. Yuqoridagi ishlar davomida yangi o’qitish metodlarini ishlab chiqarish masalasiga kelsak eng murakkab jarayonlardan biri hisoblanadi. Yangi o’qitish metodlarini ishlab chiqarish tashkillashtirish va nazoratlash davomida tartib-intizom qoidalarini ishlab chiqish, ish faoliyatining tartib, qonun qoidalariga rioya etilishi, to’g’ri yo’ldan ketayotganligi haqida nazorat qilib borish kerak bo’ladi. Testlash.Testlash jarayonida bizni bajargan ishlarimiz ya’ni o’qitish metodlari,o’quv markazidagi sharoit,narx navo , ustozlar bilim darajasidagi kamchiliklari va yutuqlari haqida bilib olishimiz mumkin.Shundan keyingina o’zimizga maqbul eng to’gri yo’llarni ,yangi o’qirish metodlarini,sharoitni,ustozlar bilim dajasini yaxshilaymiz va amaliyotga tadbiq etamiz. Tadbiq etish. Vanihoyat qilingan barcha ishlarimiz mahsuli bo’lgan bu jarayon bizning ishlab chiqqan yangi o’quv metodi,yuqori bilim dajasi va tajribaga ega ustozlar ,yangi sharoit O’quv markazi tizimi uchun tadbiq etiladi. Xulosamiz: Yuqoridagi mavjud Spiral modeli ketma-ketligi doimiy ravishda tahlil qilinib turiladi chunki kundan kunga yangilik va o’zgarishlar mavjud har bir soha va biznesda. Yuqoridagi o’quv markazi tizimning axborot hayot siklini Kaskadli va Spiral modelda ifodaladik , axborot hayot sikli bu, shunday tizimga zarurat yuzaga kelgandan boshlab, foydalanuvchilar tomonidan istemoldan to’liq chiqqan fursatni o’z ichiga olgan, ularning yaratilish va foydalanishda davri tushiniladi. Hayot sikli modeli deganda butun hayot sikli davomida bajariladigan masala, harakat va jarayonlarni bajarilish ketma-ketligini va ular orasidagi bog’lanishni aniqlovchi struktura tushuniladi. Download 137.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling