5-mavzu: korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish


Mahsulotga mo’ljal olingan marketing


Download 57.97 Kb.
bet2/6
Sana08.11.2023
Hajmi57.97 Kb.
#1758090
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu amaliy mashg\'ulot

Mahsulotga mo’ljal olingan marketing. Korxona faoliyati yangi mahsulot yaratishga yoki chiqarilayotganini takomillashtirishga yo’naltirilganda qo’llaniladi.
Iste’molchiga mo’ljal olingan marketing korxona faoliyati bozordan kelib chiqadigan talablarni qondirishga yonaltirilgan hollarda qo’llaniladi. Bunda marketingning bosh vazifasi – potensial talablarni o’rganish, bozor “tirqishi”ni izlash. Korxonalarning faoliyatida marketingning ikkala turini bir vaqtning o’zida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Mana shunday kombinatsiyalashgan marketing faoliyati integrallangan marketing deb ataladi.
Demarketing – ishlab chiqarish quvvatlarining yetarli darajada emasligi, tovar resurslari va xomashyoning cheklanganligi tufayli tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabni kamaytirishga yo’naltirilgan marketing turi. Demarketing asosan kamyob tovarlar va xizmatlar bo’yicha qo’llaniladi. Talabni pasaytirish uchun narxlarni ko’tarish, reklamadan voz kechish va boshqa usullar qo’llanilishi mumkin.
Sinxromarketing – talab ishlab chiqarish quvvatlaridan sezilarli darajada baland yoki aksincha, ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmi bozorning talabidan ko’p bo’lgan sharoitlarga yo’naltirilgan.
Konsentratsiyalangan marketing – marketing harakatlarini bir yoki bir nechta kichik bozorda jamlashni ko’zda tutadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi marketingning ham zamonaviy turlari paydo bo’lishiga olib keldi. Jumladan, internet-marketing, SMM, PR-marketing va boshqalar. Internetda ulkan axborot imkoniyatlari mavjud. Bu yerda har qanday reklama xabari, audio, video, flash texnologiyasidan foydalangan holda, matn, grafika va multimedia ko’rinishida bo’lishi mumkin. Ushbu veb-resurs keng maqsadli auditoriyaga samarali ta’sir ko’rsatishga imkon beradi.
SMM (Social Media Marketing) – brendni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilishdir.
PR-marketing – bu internetda kompaniya imidjini yaratishdir. PR-marketing – sayt bilan doimiy ishlash, sayt foydalanuvchilarini tahlil qilish, saytni visual nuqtai nazaridan takomillashtirishdir.
Sanab o’tilgan marketing turlaridan har qaysisini ishlatish doimo ishlab chiqaruvchi uchun ma’lum darajada tavakkal bilan bog’liq bo’ladi. Ammo bozor strategiyasida marketing faoliyatining hamma turlarini bir butun ishlab optimal birlashtirishga erishilsa, bu tavakkal o’zini ortig’i bilan oqlaydi.



Download 57.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling