5-mavzu: korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish


Korxonalarda tovar siyosati va uning marketing tizimidagi o’rni


Download 57.97 Kb.
bet4/6
Sana08.11.2023
Hajmi57.97 Kb.
#1758090
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu amaliy mashg\'ulot

3. Korxonalarda tovar siyosati va uning marketing tizimidagi o’rni.

Tovar – bu sotish maqsadida ishlab chiqarilgan, talabni qondiruvchi buyumlardir. Tovar tushunchasi moddiy obyektlar bilan cheklanmaydi. Talabni qondiruvchi barcha xizmat turlari tovar hisoblanadi. Marketingda tovar qator belgilari bo‘yicha guruhlanadi. Tovar deb, ma’lum bir ehtiyojni qondirish maqsadida bozorga sotib olish, foydalanish va iste’mol qilish uchun taklif etilayotgan mahsulot tushuniladi. Mahsulotga narx belgilanishi va bozorga taklif etilishi bilanoq u tovarga aylanadi. Shuning uchun ham “tovar” atamasi “mahsulot” atamasi bilan teng ma’noda ishlatiladi. Marketing nuqtai nazaridan tovar ma’lum bir iste’mol qiymatiga ega bo‘lishi kerak. Tovarning iste’mol qiymati esa, inson ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan xususiyatlarining majmuidan tashkil topadi.


Xizmatlar – insonga foydali natija va qoniqish beradigan harakatlar. Bularga sartaroshxonada soch oldirish, kiyim tikish, soatlarni tuzatish kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari tovarlarga so‘nggi qo‘llanilishi nuqtayi nazaridan qaraganda ular ikki guruhga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish – texnik maqsadlarga mo‘ljallangan tovarlar.
Kishilarning talabalari cheksizdir, lekin ularni qondirish uchun zarur bo‘lgan resurslar cheklangan. Shuning uchun kishilar o‘zlarining moliyaviy imkoniyatlariga yarasha eng ko‘p qoniqtiradigan tovarlarni tanlab oladilar.
Tovarning hayotiylik davri – tovarning bozorda paydo bo‘lgan davridan boshlab, to uning sotilmay qolishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘idir. Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi har qanday tovar qanchalik darajada mukammal bo‘lmasin, bu tovar bozordan ertami-kechmi undan ham mukammalroq tovar tomonidan siqib chiqarilishiga asoslanadi.
Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik marketolog T.Levitt tomonidan 1965-yilda ta’riflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o‘ziga xos tirik organizm kabi hayotiylik davrini o‘taydi. Ma’lumki, tirik organism tug‘ilish, keyin rivojlanish, so‘ngra yetuklik, qarilik bosqichlarini o‘tib, o‘z yashash davrini o‘lim bilan tugatadi. Shunga o‘xshash tovar hayotiylik davri jarayonida bozorga kirish, o‘sish, yetuklik va chiqish kabi bosqichlarni o‘taydi.
Tovarning tipik hayotiylik davrini 5.2-rasmda ko‘rsatilgan egri chiziqlar bilan tasvirlash mumkin.




Download 57.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling