Reja: Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
5-амалий коллоид
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adsorbent tabiatining ta’siri
- “suv – ko’mir”
- , suv (ε ≈ 78,3) – toluol (ε ≈ 2,4)
5-mavzu. Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya. Gibbs tenglamasi. Ionlar adsorbsiyasi. Ionitlar. Reja: 1. 1.Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya. Molekulyar (noelektrolitlar) adsorbsiya quyidagi omillarga bog‘liq: Adsorbentning tabiatiga; Erituvchining tabiatiga; Yutilayotgan modda (adsorbtiv)ning tabiatiga; Eritmadagi moddaning konsentrasiyasiga; Haroratga. Adsorbent tabiatining ta’siri mohiyati shundan iboratki, gidrofob adsorbentlarga qutbsiz moddalar, gidrofil adsorbentlarga esa qutbli moddalar yaxshi adsorbilanadi. Qattiq adsorbentlarga erigan moddalarning adsorbsiyasi quyidagi umumiy qoidalarga bo‘ysunadi: Adsorbentning sirtini berilgan erituvchi qancha yomon ho‘llasa va modda ayni erituvchida qancha yomon erisa, erigan moddaning adsorbsiyasi shuncha yaxshi bo‘ladi. Adsorbentga erituvchi qancha yomon adsorbsiyalansa, erigan modda ushbu adsorbentga shuncha yaxshi adsorbilanadi. Qattiq jism sirtiga modda (erigan modda va erituvchi) larning adsorbilanuvchanlik kriteriysi – bu ularning sirt tarangligidir. Ma‘lumki, SFMlarning sirt tarangligi kichik bo‘ladi. Shuning uchun muhitning (erituvchining) sirt tarangligi qancha katta bo‘lsa, qattiq jism sirtiga erituvchi molekulalari shuncha kam adsorbsiyalanadi, erigan modda (SFM) esa kuchli adsorbilanadi. Adsorbsiyalanuvchanlikning ikkinchi kriteriysi bu – adsorbentning erituvchi bilan ho’llanish issiqligidir. Ho‘llanish issiqligi qancha katta bo‘lsa, erituvchi adsorbent bilan shuncha kuchli energetik ta‘sirlashadi. Shunday qilib, quyidagi umumiy qonuniyatga ega bo‘lamiz: agar olingan erituvchi qattiq adsorbent sirtini qancha yomon ho‘llasa, ushbu erituvchidan erigan moddaning qattiq jismga adsorbsiyasi shuncha yuqori bo‘ladi. Adsorbsiyalanishga yutilayotgan modda tabiatining ta’siri bir nechta usullar bilan aniqlanadi: O‘xshash –o‘xshashlari bilan ta‘sirlashadi; Berilgan erituvchida moddaning eruvchanligi qancha katta bo‘lsa, u qattiq adsorbent sirtiga shuncha yomon adsorbilanadi. A va C fazalar chegara qismida B modda adsorbilanishi mumkin, qachonki u ushbu fazalarning qutbliligini tenglashtirsa. Demak, suv (ε = 1) – ko‘mir (ε ≈ 1) chegarasida dielektrik qiymatlari 1 < ε < 78,3 oralig‘ida bo‘lgan moddalar adsorbsiyalana oladi. Masalan, sirka kislota (ε≈6) butil spirti (ε≈18), anilin (ε≈7) va boshqalar “suv – ko’mir” chegara sirtiga adsorbsiyalana oladi. Ya‘ni quyidagi shartga amal qilinishi kerak; εA > εB > εC yoki εA < εB < εC Rebinderning ushbu qutblilik tenglashishi qoidasi istalgan fazalar chegara sirtlari uchun to‘g‘ri. Masalan, suv (ε ≈ 78,3) – toluol (ε ≈ 2,4) chegara sirtida anilin (ε ≈ 7) sirt faol modda vazifasini bajaradi va adsorbsiyalana oladi. Toluol (ε ≈ 2,4)-havo (ε ≈ 1) chegarasida anilin (ε ≈ 7) adsorbsiyalanmaydi. Chunki εA > εB > εC shart bajarilmayapti. Aksincha anilin – havo chegarasida toluol SAM vazifasini bajarib, anilinni va havoning qutbliligini tenglashtirishi hamda adsorbilanishi mumkin. Qutbliliklarni tenglashtirish qoidasidan: Erituvchi va erigan modda qutbliliklari orasidagi farq qancha katta bo‘lsa, moddaning eruvchanligi shuncha kichik bo‘ladi va u shuncha yaxshi adsorbilanadi. Aksincha, Erituvchi adsorbtivni qancha yaxshi eritsa, ushbu muhitda adsorbsiya yomon boradi. Rebinder qoidasidan SAM difil molekulalarining qutbli qismi fazaning qutbli tomoniga, qutbsiz qismi esa qutbsiz tomoniga yo‘nalgan bo‘lishi kelib chiqadi: Rasm. ―Qattiq jism – eritma‖ fazalar chegara qismida difil molekulalarning yo‘nalishi: a – qutbsiz adsorbent – qutbli erituvchi; b- qutbli adsorbent – qutbsiz erituvchi. Qattiq sirtda erigan moddaning molekulyar adsorbsiyasi quyidagi omillarga bog‘liq: Harorat oshganda moddaning eritmadan adsorbsiyasi kamayadi; Moddaning molyar massasi ortishi bilan uning adsorbilanish xususiyati kuchayadi; Bitta sinfga kiruvchi organik birikmalarning adsorbsiyalanish xususiyati qo‘sh bog‘lar va OH guruhlar soni ortishi bilan kuchayadi; Organik birikmalarni adsorbsiyalanish xususiyati kamayib borish tartibida quyidagi qatorga joylashtirish mumkin: Kislotalar > spirtlar > ketonlar > to‘yinmagan alkanlar > to‘yingan alkanlar. Aromatik uglevodorodlar alifatik uglevodorodlarga nisbatan yaxshi adsorbilanadi; To‘yinmagan uglevodorodlar to‘yingan uglevodorodlarga nisbatan yaxshi adsorbilanadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling