Reja: Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya
Qattiq modda sirtida eritmalardan bo`ladigan adsorbsiya. Ionitlar
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
5-амалий коллоид
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erituvchilar quyidagi shartlarni
4.Qattiq modda sirtida eritmalardan bo`ladigan adsorbsiya. Ionitlar.
Qattiq jism ham xuddi suyuqlik kabi, sirt tarangligiga ega. Lekin hozirgacha qattiq jismning sirt tarangligini aniq o‘lchash usuli ma‘lum emas. Qattiq jism sirtida gazning adsorbilanishini miqdor jihatidan xarakterlash uchun yo gaz bosimining kamayishi, yoki adsorbent og‘irligining ortishi o‘lchanadi: chunki adsorbsiya vaqtida adsorbentning og‘irligi ortadi. Qattiq jism sirtida suyuqliklarning adsorbilanishini esa eritmadagi moddaning boshlang‘ich konsentratsiyasi bilan adsorbsion muvozanat vaqtida muvozanat konsentratsiyasining ayirmasi orqali aniqlaniladi. Adsorbentning sirt birligiga (1m 2 ga) yutilgan moddaning grammmolekula(mol) hisobidagi miqdori solishtirma adsorbilanish deyiladi. Solishtirma adsorbsiyani topish uchun adsorbsion muvozanat vaqtida yutilgan modda miqdorini (mol hisobida) adsorbent sirtiga bo‘lish kerak: bu yerda G- solishtirma adsorbsiya, x- yutilgan modda miqdori, s-adsorbent sirti. Lekin qattiq g‘ovak adsorbentlarning (ko‘mir, silikagel va hokazolarning) sirtini o‘lchash juda qiyin bo‘lganligi uchun amalda solishtirma adsorbsiyani topishda modda miqdori adsorbent massasiga bo‘linadi: G = x / m Bu yerda х -yutilgan moddaning gramm hisobidagi massasi, m-adsorbentning gramm hisobida olingan massasi. Har qanday adsorbent ma‘lum (o‘ziga xos) miqdordan ortiq moddani yuta olmaydi. Moddaning sirt birligiga (1sm2 yuzaga yutilishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p modda miqdoridagi solishtirma adsorbsiya deyiladi va G bilan belgilanadi. Adsorbsiya nafaqat adsorbentning balki, yutilayotgan moddaning ham tabiatiga bog‘liq. Agar eritmada bitta emas, bir nechta ionlar bo‘lsa, adsorbentga ularning adsorbsion xususiyatiga mos ravishda ionlar adsorbilanadi. Ammo avval adsorbentga biror ion adsorbsiyalangan bo‘lsa, keyin yana eritmaga boshqa xildagi ionlar qo‘shilsa, birinchi, (avval adsorbsiyalangan) ionga nisbatan keyingisi yaxshi adsorbilanadigan bo‘lsa, ana shu ion birinchisini siqib chiqaradi. Masalan, og‘ir metallarning kationlari, shunday zaryadli yengil metallarning ionlariga nisbatan yaxshi adsorbilanadi. Adsorbentlar qutbli va qutbsiz bo‘ladi. Qutbli adsorbentlar tarkibida ion bog‘larning ulushi ko‘proq (masalan, alyumosilikatlarda) bo‘ladi. Tanlangan adsorbsiyaga suvli eritmalardan elektrolitlarning ionli adsorbsiya misol bo‘la oladi. Bu vaqtda almashinish adsorbsiyasi sodir bo‘lishi mumkin. Almashinish adsorbsiyasini namoyon qiluvchi tipik adsorbentlarga misol sifatida tabiiy silikatlar (natriy va kalsiyning suvli 100 alyumosilikatlari) –seolitlar va shunday tarkibga ega bo‘lgan sun‘iy permutitlarni keltirish mumkin. Bu ionitlar eritmaga ekvivalent miqdorda natriy ionlarini chiqarib, kalsiy va magniy ionlarini yutadi. Seolitlarning bu xossasidan suvning qattiqligini kamaytirishda foydalaniladi. Spetsifik va selektivlik kerakli ionni eritmadan ajratib olish uchun juda muhim xossa hisoblanadi. Ammo, moddaning selektivligi qancha yuqori bo‘lsa, uni adsorbentdan desorbsiyalash ya‘ni chiqarib olish shuncha qiyinchilik tug‘diradi. Moddalarning adsorbsiyalanuvchanligi erituvchining tabiatiga ham bog‘liq. Erituvchilar quyidagi shartlarni Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling