Reja: Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya


Ion almashinish va tanlangan adsorbsiyani biologik va tibbiy ahamiyati


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana14.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1701814
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-амалий коллоид

Ion almashinish va tanlangan adsorbsiyani biologik va tibbiy ahamiyati.
Odam organizmida turli toksinlar va boshqalar to'qimalar va hujayralar orqali tanlab 
adsorbsiyalanadi. Masalan, qoqshol, botulizm va boshqa kasalliklarni qo'zg'atuvchi toksinlar 
avvalo markaziy asab sistemasi hujayralarini shikastlantiradi, dizenteriya qo'zg'atuvchi toksinlar 
— vegetativ asab sistemasini zararlantiradi, toshmali tifda ko'pincha teri, miya va qisman yurak 
tomirlari shikastlanib, og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Ionitlar tibbiy maqsadlarda keng qo‘llanadi. Masalan, chaqaloqlarning sun‘iy oziqlarini 
tayyorlashda, qon va limfalarni konservatsiya qilish jarayonlarida, sof antibiotiklar olishda, 
me‘da-ichak yo‘lidagi zaharli moddalar, toksinlarni tozalashda keng qo‘llanadi.
Immun sistemasi faoliyatining asosiy fizik-kimyoviy mexanizmi adsorbsiya jarayoniga 
asoslangan. Immun oqsillari (antitelolar) juda katta tanlangan adsorbsiya qiymatiga ega. Ular 
organizm uchun yot bo'lgan ma'lum tur oqsillarga (antigenlarga) adsorbsiyalanib, ularni eritib 
yuboradi. Elektron mikroskopik tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, antitelolar, masalan, ich terlama 
bakteriyalari ustida bir xil adsorsiyalanmasdan, «faol markazlar» bo'yicha adsorbsiyalanadi.
Buyrak va siydik yo'llarida tosh hosil bo'lishi jarayoni ham tanlangan adsorbsiyaga 
asoslangan. Buyrak biosuyuqliklari tarkibida Mg
2+
, Ca
2+
, PO
3

4
va C
2
O
2

4
ionlarining 
konsentratsiyasi ortganda ularning eruvchanlik ko'paytmalari kritik konsentratsiyasiga yetib 
kalsiy va magniy fosfat yoki oksalat tuzlari holida cho'kma hosil qiladi. Bu jarayon natijasida 
tanlangan adsorbsiya hisobiga suvda erimaydigan tuzlarga moyilligi katta bo'lgan ionlar 
adsorbsiyalanadi, natijada qattiq faza yiriklashib buyrak va siydik yo'llarida qum va tosh hosil 
bo'ladi. 109 Tibbiyotda ishlatiladigan «adsorbsion terapiya» deb ataladigan ba'zi davolash 
usullari adsorbsiyaga asoslangandir. Masalan, me'da-ichak sistemasiga tashqi muhitdan tushgan 
zaharli moddalarni yoki ichaklarga turli organlardan ajralib chiqqan zaharli gazlarni (meteorizm) 
karbolenga (faollangan ko'mir) adsorbsiyalantirish orqali chiqarib yuboriladi.
Tibbyotda turli xil moddalar bilan zaharlanganda qo'llanadigan adsorbentlar quyidagi 
jadvalda keltirilgan. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling