• Основные стратегические варианты
Konyunktura va bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublari
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
7.3. Konyunktura va bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublari
Ayrim tovar bozor konyunkturasini o‘rganishdan maqsad to‘g‘ri bashorat qilish va o‘zgarishlarni oldindan aytib berishdan iborat. Umuman bashorat, bu obyekt ahvolining kelajagi haqida, fikrlari va rejalarini ruyobga chiqarish yo‘llari va muddatlaridir. Bashorat insonni o‘rganish va amaliy faoliyatida yo‘llangan obyekti bo‘lib, jarayonlar, ko‘rinishlar, hodisalar bo‘lishi mumkin. Bashorat qilish, bu obyektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday bo‘lishini ko‘ra bilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari eng avval sabab va hodisa bog‘lanishlarining tabiat xarakterlari orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega bo‘lgan sabab va xulosalar aniq bo‘lgan jarayonlarga bog‘liq. Bashoratning maqsadi va xizmati oqilona yechimlar qabul qilish uchun muqobil iqtisodiy rivojlanish va uning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini ko‘ra bilishdir. Bashorat qilish umumiy rejalashtirishni va boshqarishni rivojlantirish uchun samarali qurol bo‘lib xizmat qiladi. Jahon bozori rivojlanish kelajagini aniq ko‘ra bilish uning imkoniyatlari va ehtiyojlarini aniqlash uchun davlat miqyosida qaysi sohalari o‘sishi va samarasini aniqlash va keskin o‘zgarishlarini va ilmiy ishlab chiqarishni baholashga imkoniyat beradi. Bashorat qilish har doim ishni rejalashdan oldingi bosqich hisoblanadi, marketing dasturi va rejasining asosiy variantlaridan biri hisoblanadi, chunki bashorat qilishning maqsadi- bilimimiz darajasiga to‘g‘ri keladigan va bashoratga kiritilishi asosida mumkin bo‘lgan holatlarning rivojlanishi kengroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan muqobil yo‘llarini berishdir. Bu holatda qaror qabul qilish bashorat variantlarining ko‘proq bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoslangan tanlov hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan bashoratlar asosida qarorlarni qabul qilish ham qaror hisoblanadi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy 95 bashorat qilish 1-1,5 eng ko‘pi 2 yildir, o‘rta muddatli 5 yilgacha, uzoq muddatli 5 yildan ortiq va 15-20 yilgacha, qisqa muddatli bashorat qilish bu har doimgi konyunktura bashoratidir, u har kungi amaliyotning boshqaruvchisi hisoblanadi, uzoq muddatli bashorat qilish umumiy tendensiyalarini aniqlaydi, iqtisodiy dasturlarni tuzishda asos hisoblanadi va u kelajak konyunkturani aniqlash uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda zamonaviy ilm-fanda bashorat qilishning 100 dan ortiq turli uslublari qo‘llaniladi. Ularning orasida ekspert baholash uslubi, aqliy hujum, tarixiy analog, har xil matematik-statistik uslublarni qo‘llash bilan farq qiladi. Konyunkturani bashorat qilishda konyunktura rivojlanishi umumiy tendensiya baholaridan boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak konyunkturani zamonaviy konyunkturadan ajratish uchun hamma narsani e’tiborga olishi kerak. Bu maqsad uchun esa uzoq davr uchun xizmat qiladi. Konyunktura rivojlanishidagi ichki omillar bilan bir qatorda yana shu mamlakatning iqtisodiyotiga jahon konyunkturasining ta’sirini ham kuzatish kerak, chunki u ba’zi mamlakatlar uchun konyunktura sinish paytida katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Agar mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari qancha kuchli bo‘lsa, shunchalik unga bo‘lgan ta’sir ortadi. Umuman bashoratni aniqlash ma’lum obyektning kelgusi holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir. Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart: 1. Kelajakda bozor konyunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish. 2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi. 3. Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bo‘lishi. 4. Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi. 5. Bozor konyunkturasi istiqboli o‘z vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo‘llaniladi. Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo‘lishimiz mumkin. 1. Faktografik uslublar. Bu bashorat qilishning shunday uslubiki, unda o‘tgan davrda bo‘lib avvalgi haqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu ma’lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor konyunkturasini bashorat qilishning faktografik uslublari o‘z navbatida 3 turga bo‘linadi. Birinchi turi ekstropolyatsiya va interpolyatsiya uslublari yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu turdagi modellar uchun chiziqli funksiyalarni tuzishda boshlangich axborotdan foydalanish xarakterlidir. Ikkinchi turi 96 statistik uslublar bo‘lib, ular ikki va undan ortiq o‘zgaruvchan bashorat qilish obyektlarining o‘zaro aloqalarini tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Uchinchi turi mazkur obyektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga o‘xshash obyektlarning rivojlanish qonuniyatlari bo‘yicha tadqiq qilishga asoslanadi. 2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Bashorat qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni o‘z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda bashorat qilish obyektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy eruditsiya va tuyg‘u vositasida kelgusidagi o‘zgarishni baholashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga bashorat qilish obyektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi. Bozor konyunkturasini bashorat qilishda ekspert baholash uslublari, ayniqsa, intuitiv uslublar keng qo‘llaniladi. 3. Ekstropolyatsiya uslubi. Ekstropolyatsiya uslublari bozor konyunkturasining turli ko‘rsatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda qo‘llaniladi. Ekstropolyatsiya shakllar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni taqozo qiladi, ya’ni bu holda ekstropolyatsiya bashorat qilish amalga oshirilayotgan obyektning ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga tayanadi. Ekstropolyatsiyaning bozor tadqiqotlarida qo‘llaniladigan asosiy modellaridan biri – bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan o‘zgarishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. 4. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar parametrlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor konyunkturasining turli ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va proporsiyalarni miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor konyunkturasini bashorat qilishda keng qo‘llaniladi. Ular ishlab chiqarish va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, iste’molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi va boshqa jarayonlar o‘zgarishini matematik modellar yordamida tahlil qilishga hamda bashorat qilishga yordam beradi. Ekonometrik modellarning xususiy holi korrelyatsion va regression modellashdir. Bozor konyunkturasini tahlil va bashorat qilish natijalari firmaning biznes-reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda keng qo‘llaniladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling