Mavzu: Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi
Download 89.15 Kb.
|
Soliqlar umumiy belgisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalan, professor Q. Yahyoyev soliqlarning umumiy belgilari sifatida quyidagilarni asoslaydi
- Yuqoridagilardan kelib chiqib, bizningcha, soliqlarning umumiy belgilarini quyidagicha ifodalash mumkin
20.05.2020 yil.MAVZU: Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi.U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga xoc umumiy belgilarni aniqlash lozim bo’ladi. Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miqdorda ustama haq (foiz) to’lash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq kategoriyasi ham bir qator o’ziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa to’lovlardan farqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, professor Q. Yahyoyev soliqlarning umumiy belgilari sifatida quyidagilarni asoslaydi:. Soliqlar va yig’imlar majburiy bo’lib, bunda davlat soliq to’lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida budjetga olib qo’yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan soliq kodeksining qoidalari asosida amalga oshiriladi. . Soliqlar xazinaga – davlat budjetiga tushadi. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo’ladi. Tarixan asrlab o’zgarmay harakatda bo’lgan soliqlar mavjud. . Davlatga to’lanadigan soliq summasi to’lovchining o’ziga to’liq qaytmaydi, ya’ni ekvivalentsiz pul to’lovidir. 1 2 3 4 Yuqoridagilardan kelib chiqib, bizningcha, soliqlarning umumiy belgilarini quyidagicha ifodalash mumkin:.Soliq to’lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga to’lar ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Soliqlarning to’liq miqdorda va o’z vaqtida to’lanishi uchun javobgarlik soliq to’lovchilar zimmasiga yuklatilgan bo’lsa-da, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to’laydilar. Soliqlarning davlat yoki mahalliy budjetga kelib tushushidir, ya’ni soliqlar budjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlarga kelib tushmaydi. Davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash jarayoni yuzaga kelishidir. Davlat foydasiga soliq to’lash orqali daromadning avvaldan belgilab qo’yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko’zda tutilgan qismi undurib olinadi. 2 1 3 4 5 Demak, yuqorida qayd etilgan soliqlarga xos bo’lgan umumiy belgilar ularning iqtisodiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar: moliya, kredit, sug’urta, investitsiya kabilar bilan umumiy o’xshashlikka ega, ya’ni ularning barchasi pullik munosabatlarni ifodalaydi. Lekin soliqlarning o’ziga xos yuqorida qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlash uchun xizmat qiladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT Download 89.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling