4-ma’ruza. Boshlang‘ch ta’lim jarayonida o‘quv predmetlarni integratsiyalash yo‘llari Reja


Download 405.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi405.4 Kb.
#1038843
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu 091950 (1)



4-ma’ruza. Boshlang‘ch ta’lim jarayonida o‘quv predmetlarni 
integratsiyalash yo‘llari 
Reja. 
1. Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashtirilgan darslarni rejalashtirish. 
2. Fanlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida integratsiyalashgan darslarni 
tashkil etish yo‘llari 
3. Ta’lim jarayonidasi integrasiya turlari 
Har qanday jamiyatda pedagogik tizimning maqsadi jamiyatning shaxsni 
shakllantirishga qo‘ygan talablari asosida belgilanadi va jamiyat talablari asosida 
tizim ham o‘zgarishi mumkin. Juda ko‘p tadqiqotlarga asoslangan holda 
V.R.Bespalko pedagogik tizimning o‘zaro bog‘liq 6 ta elementini ko‘rsatadi.
Bular: o‘quvchi; ta’lim tarbiyaning maqsadi; mazmuni; didaktik jarayoni; 
o‘qituvchi yoki texnik vositalar; ta’lim – tarbiyaning tashkiliy shakllari. 
Hozirgi zamon darsining eng muhim xususiyatlari yangi o‘quv materialini va 
uni amalda qo‘llashni o‘zlashtirish bilan birga, ilgari o‘rganilgan narsalarni 
o‘zlashtirish, sintez qilish, takrorlash va mustahkamlash, nazorat qilish kabi 
elementlarning o‘zaro bog‘lanishidir. 
Bizningcha pedagogik faoliyatni tahlil qilishda uning barcha tarkibiy qismlarini 
ajratib ko‘rsatish, ularning uzviy bog‘liqligini chuqur tushunish, o‘qituvchi 
qo‘ygan masalalar, uni echish yo‘llari va ko‘zlangan maqsadlar qanchalik 
uyg‘unlashib ketishini his etish lozim. 
Dars o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti, ham munosabati doirasida 
amalga oshadi. Darslar asosan 3 ta komponentdan iborat bo‘ladi: 
1. Tayanch bilimlarni aktuallashtirish, ya’ni avvalgi o‘tilganlarni xotirada 
tiklash. 
2. YAngi tushunchalarni o‘rganish usullarini aniqlash. 
3. Olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirish. 
An’anaviy darslarni ko‘z oldimizga keltirsak, o‘qituvchi mavzuni chiroyli 
tushuntiradi, savol javob mavzu doirasida qiziqarli uyushtiriladi. Keyingi darsda 
o‘quvchilar o‘qituvchi kabi gapirishga harakat qiladi, kitobdan mavzuni qayta 
qayta o‘qiydi, aytib beradi. Berilgan savollar ham asosan shu o‘tilgan mavzu 
doirasida bo‘ladi. Oradan bir oz vaqt o‘tib mavzu so‘ralganda o‘quvchi aytishga 
qiynalib qoladi. YUzaki yodlashning natijasi shunday mavhum holatlarga olib 
keladi.
Bugungi darslar o‘quvchini mustaqil fikrlashga, bahs munozaraga, o‘zini-o‘zi 
tahlil eta olishga, egallagan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishga, bola tafakkurini 
rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. 



Download 405.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling