4-ma’ruza. Boshlang‘ch ta’lim jarayonida o‘quv predmetlarni integratsiyalash yo‘llari Reja


Download 405.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana20.12.2022
Hajmi405.4 Kb.
#1038843
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu 091950 (1)

Turg‘un bobom 


Keng bepoyon vodiylarni, 
Ko‘rkam yoz bezar, 
Tun qo‘ynida Turg‘un bobom, 
Dalani kezar. 
Qo‘lidagi katta ketmon, 
YArqirab kunda, 
Egatlarga shildiratib, 
Suv quyar tunda. 
O‘zi juda ishga chaqqon, 
Taniqli suvchi, 
Uni sevar har dehqon, 
Har bir o‘quvchi. 
Zilol suvlar paxtazorda, 
Shildirab oqar, 
Gullayotgan ko‘m-ko‘k g‘o‘za, 
Bobomga boqar. 
Matematika fanini ham ekologik tarbiyaga misol qilib olsak bo‘ladi. 4-sinf 
darsligida: «Hajmlarni o‘lchash» mavzusida O‘quvchilar bo‘yi 40 metr, eni 
bo‘yidan 10 metr qisqa maydonda bog‘ barpo etishdi. Bog‘ maydonining yuzini 
toping. Bog‘ atrofini qanday uzunlikdagi devor bilan o‘rash kerak? 
Shu kabi odobnoma darsida ham ekologik tarbiya yuzasidan matnlar, darslar 
berilgan. 3-sinfda «Ona tabiat – go’zallik manbai» nomli uch soatlik bo‘lim 
berilgan bo‘lib, bular: 
"Gullar rangni qaydan olar", " Qanotli me’morlar", "Tabiatni asrash odobi" nomli 
mavzulardir. O‘qituvchi bu mavzularni o‘tayotganda, tabiat haqida, ekologik 
tarbiya haqida ma’lumot beradi. 
Estetik tarbiya – bu o‘quvchilarni voqelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi
kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok 
qilish hamda tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda 
go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish qobiliyatlarini 
tarbiyalashdir. 
Estetik tarbiya o‘quvchilarda estetik bilim, ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirish hamda, estetik his-tuyg‘u, qiziqish, ehtiyoj, baho berish kabi 
xislatlarni tarbiyalash masalasini o‘z ichiga oladi. Estetik tarbiya bo‘yicha asosiy 
fan musiqa bo‘lib, rasm ya’ni tasviriy san’at bo‘lib, jismoniy tarbiya, mehnat, 
o‘qish, ona tili uni to‘ldirib mustahkamlab boradi. 

Download 405.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling