O‘qish darsida esa nutq o‘stirish
jarayonini hikoyalar,
ertaklar, she’rlar,
matnlar
orqali ko‘rishimiz mumkin.
3. Ta’lim jarayonidasi integrasiya turlari
1.Tabiatshunoslik darsida.
2. O‘qish darslarida.
3. Ona tili darsida
4-sinfning tabiatshunoslik darsligida O‘zbekistonning geografik o‘rni,
o‘rmonlari,
hayvonot olami, erosti qazilma boyliklari
haqida matnlar berilgan
bo‘lib, bolalar bu matnlarni o‘qib, gapirib berish davomida nutq o‘stirish jarayoni
ro‘y beradi.
Shu kabi
odobnoma darsida ham bir qancha odob-axloqga oid matnlar
, she’rlar,
hikoyalar, hikmatli so‘zlar berilgan bo‘lib, bularni ham o‘quvchi o‘qish,
gapirish
jarayonida nutq o‘stiradi va bularning barchasi integratsiyadir.
Masalan, 3-sinfning
odobnoma darsida 4-darsning mavzusi «Qarilik donolik»
(1 soatlik) berilgan.
Bu darsda o‘qituvchi «Qobusnoma» kitobini ko‘rsatib,
undan qariyalar haqida,
«Qariik va yigitlik sifati zikrida» bobi o‘qib beriladi va muhokama etiladi. Xalq
maqollaridan misollar keltirib, axloqiy tarbiya beriladi.
O‘qish darsligining deyarli ko‘p mavzulari ahloqiy tarbiyaga qaratilgan. 4-
sinfning o‘qish darsligida «Salomlashish odobi» degan mavzu bor. Bunda O‘qish
va Odobnoma darslari integratsiyasini ko‘rish mumkin.
Salom – salomatlik ma’nosini ifodalaydi.
Agar sendan necha mavridda
salomlashish kerak, deb so‘rasalar, etti holatda deb javob bergin.
Avvalo yoru-
do‘stlarni, katta-kichiklarni, aka-ukangni ko‘rganda salom berishing lozim...
Ikkinchi jamoat joylariga borganingda salom berishing kerak.
Uchinchi biror xonadonga borsang u erga salom berib kirgin.
To‘rtinchi bir erda jam bo‘lib o‘tirgan kishilar davrasiga kirsang salomlashgin.
Kishilar huzuridan turayotganingda ham salomlashishni unutma, uni xayrlashish
salomi deyiladi.
Oltinchi maqbaraga, qabristonga borsang, salom ber.
Ettinchi o‘z xonadoningga salom berishni kanda qilma...
Do'stlaringiz bilan baham: