Sharqona tarbiyaning o`ziga xos xususiyatlari


Download 73.25 Kb.
Sana14.09.2023
Hajmi73.25 Kb.
#1677646
Bog'liq
1505147303 66787

Sharqona tarbiyaning o`ziga xos xususiyatlari

Sharqona tarbiya va milliy qadriyatlar.

  • Xalqimiz azaldan sharqona tarbiya ko‘rgani bois, ezgu fazilat va milliy qadriyatlar qon-qonimizga singib kelgan. Shu tariqa u ma'naviy mezonlarga xos odob-axloq, komillik sari yetaklovchi fazilatlarni uyg‘o­tib, hamiyatimizni, orimizni qo‘zg‘ab turadi. Tanimizga kuch-quvvat, qalbimizga g‘urur bag‘ishlaydi. Bu tuyg‘uning nomi andishadir. Shu bois, Sharq olamida andisha insonlarni bir-biriga yaqinlashtirgan, ularni aka-uka, og‘a-ini, yoru-birodarlarga aylantirib, mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlagan.

Beruniy hazratlari bejiz "Biz boshqalar aqidasini kamsitmagan holda o‘z qarashlarimizni himoya qilishga haqlimiz va shunday qilishga burchlimiz" demagan. "Kulib turgan odamning oldida yig‘lama, yig‘lab turgan odamning oldida kulma", degan tushunchaga ham hazrat Navoiy bekorga ko‘p marta murojaat etmagan:

  • Beruniy hazratlari bejiz "Biz boshqalar aqidasini kamsitmagan holda o‘z qarashlarimizni himoya qilishga haqlimiz va shunday qilishga burchlimiz" demagan. "Kulib turgan odamning oldida yig‘lama, yig‘lab turgan odamning oldida kulma", degan tushunchaga ham hazrat Navoiy bekorga ko‘p marta murojaat etmagan:
  • "Umr o‘tmakni andisha qil,
  •  Davrong‘a yo‘qdir mehr bil.
  •  Ey shoh, gadoni ko‘zg‘a il,
  •  Kim na gado qolur, na shoh..."
  • Bu misralarda sharqona qadriyatlar nafasi, umrning g‘animatligi va bir kun kelib odamzodning tuproqqa qaytishi falsafiy me'yor bilan ochib beriladi.

G‘arbda esa buning aksi. Yevropacha tarbiya olganlar yuzing-ko‘zing demaydi. Kezi kelganda ona-otasini, o‘rtog‘ini yoki yaqinini ham ayamaydi, ko‘nglini og‘ritadi. G‘arbda g‘arbcha sharttakilik yoxud behayolikni oddiy hol sifatida baholash bizning mentalitetimizga mutlaqo yot narsadir. Aslida insonni inson qilgan narsa uning ibosi, ya'ni ma'naviyatidir. Ma'naviy barkamol bo‘lmagan odam nechog‘li janjalkash, aytganini qildiradigan bo‘lmasin baribir u zaif hisoblanadi. Zero, ma'naviyatdan ayro yo‘l inqiroz yo‘lidir.

  • G‘arbda esa buning aksi. Yevropacha tarbiya olganlar yuzing-ko‘zing demaydi. Kezi kelganda ona-otasini, o‘rtog‘ini yoki yaqinini ham ayamaydi, ko‘nglini og‘ritadi. G‘arbda g‘arbcha sharttakilik yoxud behayolikni oddiy hol sifatida baholash bizning mentalitetimizga mutlaqo yot narsadir. Aslida insonni inson qilgan narsa uning ibosi, ya'ni ma'naviyatidir. Ma'naviy barkamol bo‘lmagan odam nechog‘li janjalkash, aytganini qildiradigan bo‘lmasin baribir u zaif hisoblanadi. Zero, ma'naviyatdan ayro yo‘l inqiroz yo‘lidir.

Ma'naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma'naviy barkamollikka intilish - bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchala tushuncha: sog'lom avlod, ma'naviy barkamol, komil inson - darajama-daraja chuqur ma'no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, komil inson bo'lishning aniq cheki va chegarasi yo'q. Bizning ko'hna tariximizda yuzaga kelgan, xalq, mamlakat tarixida katta ma'naviy-axloqiy tarbiya rolini o'ynagan tasavvuf komil inson nazariyasi haqidagi, uni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqidagi ta'limot va amaliyot sanaladi.

  • Ma'naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma'naviy barkamollikka intilish - bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchala tushuncha: sog'lom avlod, ma'naviy barkamol, komil inson - darajama-daraja chuqur ma'no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, komil inson bo'lishning aniq cheki va chegarasi yo'q. Bizning ko'hna tariximizda yuzaga kelgan, xalq, mamlakat tarixida katta ma'naviy-axloqiy tarbiya rolini o'ynagan tasavvuf komil inson nazariyasi haqidagi, uni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqidagi ta'limot va amaliyot sanaladi.

Download 73.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling