Rentgenometrik maʻlumotlariga binoan sulfidlar va shunga


Download 28.01 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi28.01 Kb.
#1025752
Bog'liq
sulfidlar sinfi 1


Sulfidlar sinfiga metallarning oltingugurtli birikmalari kiradi va ular alohida amaliy ahamiyatga ega. Aynan ular rangli minerallarning maʻdan hosil qiluvchisi hisoblanadi va ko'p hollarda o'zida oltin tutuvchi sifatida qaraladi. Sulfidlar shu sinfdagi barcha minerallar uchun xarakterli bo'lgan muayyan tabiiy xossalarga egadir. Ular odatda zich yaxlit mayda va yirik kristalli massalarni hosil qiladi, tomirchalar, uyachalar yoki alohida kristallar shaklida uchrashi mumkin. Odatda chizig'ining rangi qoramtir yoki qora, metalsimon yaltiroq, yuqori elektr o'tkazuvchanlikka ega. Sulfidlarning asosiy qismi yuqori zichligi (8,5 g/sm3 gacha) bilan xarakterlanadi. Korund kristallariningko'rinishi. Ko'pchilik sulfidlar gidrotermal genezisga ega. Baʻzilari bevosita magmadan kristallinishi mumkin. Ularning bir qismi ekzogen jarayonlar tufayli, masalan, maʻdanli konlarning oksidlanish zonasida hamda cho'kindi yo'llar bilan vujudga keladi. Sulfidlar meteoritlarda va oy tuprog'i namunasida ham topilgan. Ularning miqdori er po'stida ko'p emas, tarkibining 0,15 % yaqinini tashkil etadi, xolos. Eng keng tarqalgan sulfidlar temir (pirit — FeS2), mis (xalkopirit — CuFeS2),
qo'rg'oshin (galenit — PbS), rux (sfalerit — ZnS) minerallari va boshqalardir.
Oltingugurtli va shunga o'xshash birikmalar Еr po'stida keng tarqalgan birikmalar xisoblanadi. Bu guruxminerallari ximiyaviy birikmalarning turlariga qarab –oltingugurtli, selenli, tellurli, margimushli va surmali turlarga bo'linadi. Ushbu gurux minerallari sanoatda juda katta axamiyatga ega va turli xil konlar xosil qiladi. Oltingugurt bilan birikma xosil qiluvchi
minerallar soni 40 ortiq va ularning aksariyati metall xisoblanadi.
Rentgenometrik maʻlumotlariga binoan sulfidlar va shunga
Rentgenometrik maʻlumotlariga binoan sulfidlar va shunga o'xshash birikmalarni ion birikmalar qatoriga va ikkinchidan sof tug'ma elementlar qatoriga qo'shish mumkin. qutblanish xodisasi kristall strukturalarda qarama-qarshi zaryadlangan qo'shni ionlar
elektronlarini qisman birlashishga olib keladi.
Pirit – FeS2. yunoncha «piros» olov demakdir (urganda uchqun chiqadi). Tarkibida Fe – 46,6%, S – 53,4% tashkil etadi. Bulardan tashqari 10% gacha kobalt, Ni, Hg– 2% atrofida 0,2-0,5% xisobida, baʻzan Cu, As, Zn, Pb, Tibo'ladi. Nisbatan kamroq miqdorda Au, Sb, Cd, Ge va boshqalar aniqlangan (5-rasm). Pirit kub singoniyali. Odatda to'g'ri tuzilgan kristallari uchraydi. Maʻdanlarda uchraydigan pirit kubik, pentagondodekaedr, baʻzan oktaedr ko'rinishda yuzaga keladi, bulardan tashqari tog' jinslarida xol-xol
xolda uchratish mumkin. Piritning rangi och mis-sariq, sarg'ish-qo'ng'ir ola-bula bo'lib tovlanadi. Bu metall kabi yaltiroq, qattiqligi 6-6,5, u elektr tokini yaxshi o'tkazmaydi. Keng tarqalgan pirit koni miskolchedanli (Urup – Karachay – Cherkesda, Sibay, Gay, Degtyarka, Karabash, Uchali Markaziy Ural). Kolchedan polimetalli
(Buryatiya, Orlovsk, Tishinsk, Altay, Jeyran qozog'iston, Rio-Tinto, Uelva Ispaniya), oltingugurt kolchedanli (rifey-vend jinslardagi (Kareliya, Rossiya) bulardan tashqari pirit skarn, oltin-sulfidli, qo'rg'oshin, rux maʻdan konlarida yuzaga keladi.
Albatta, turli genetik konlardagi pirit turining fizik xossalari bilan farqlanadi. Ushbularni eʻtiborga olgan xolda formasiya turlarini ajratishda foydalanishi mumkin.

Kinovar – HgS (nomi Xindistondan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi, ularda qizil smola, kinovar «ajdarxo qoni» deyiladi). Simob sulfidi ikki modifikasiyada – kinovar va metasinabarit. Tarkibida Hg – 86,2%, S – 13,8%. Singoniyasi – trigonal, uning qalin tabletkasimon va romboedr kristallari uchraydi, baʻzan noto'g'ri shaklli, xol-xolli donalar xolida, baʻzan kukinsimon gardlar, yupqa po'stloqtariqalarida bo'ladi. Rangi qizil, baʻzan qo'rg'oshindek kulrang bo'lib tovlanadi. U kuchli yarim metall kabi yaltiraydi. Uning qattiqligi – 2-2,5 mo'rt mineral. Ulanish tekisligi baʻzi yo'nalishi bo'yicha mukammal, solishtirma og'irligi 8, u elektrni yomon o'tkazadi.


Kinovar va metasenobarit – past xaroratli gidrotermal (teletermal) jarayonda yuzaga keladi. Baʻzan vulkan jinslari natijasida xam ro'yobga keladi. Kinovar xosil qiluvchi teletermallardagi tog' jinslari kvarslashadi (jesperoidlar yuzaga keladi), serisitlashadi,
kaolinlashadi va seolitlashadi. Kinovar konlarida quyidagi etakchi maʻdan
minerallari – kinovar, metasenabarit, antimonit, realgar, auripigment, aynama maʻdan (bleklaya ruda) xamda kvars mayda donalardan xalsedongacha, baʻzan flyuorit, barit va karbonatlar birga uchraydi.Dunyoda eng yirik konlari Almaden (Syudad-Real) Ispaniyada mavjud. Ushbu kondan 200 yildan ortiq simob
olinmoqda, maʻlumotlarga qaraganda zaxirasi yana 100 yilga etadi. Ukrainadagi Nikitovsk, Xaydarkon Kirg'iziston va respublikamizning Turkiston tog'larining shimoliy etaklarida (qorasuv, mix va boshqalar) topilgan. Kinovar simob olinadigan birdan bir manbaa xisoblanadi. Simob oltinni amalgamalashda, ximiyaviy tayyorlashda, fizik asboblarda va portlovchi simob Hg(CNO) detonatorlar uchun portlovchi modda
tayyorlashda ishlatiladi.
Realgar – AsS tarkibida As – 70% va S – 29,2% bo'ladi. Nomi arab so'zidan olingan realgar – «shaxta changi» maʻnosini anglatadi. U monoklin singoniyali. Kristall tuzilishi prizmatik xolda uchraydi. Odatda prizmaning cho'zinchoq o'qi bo'yicha chiziqchalar bilan qoplanadi, baʻzan donador agregatlar, baʻzan gard, po'st va tuproqsimon massalar xosil qiladi. Realgarning rangi sarg'ish-qizil, baʻzan to'q qizil, u yarim shaffov, olmosdek yaltiraydi. Realgar qattiqligi 1,5-2, ulanish tekisligi mukammal, solishtirma og'irligi 3,4-3,6. Realgar vaqt o'tishi bilan sarg'ish-qizil kukunga aylanadi. Elektr toki o'tkazmaydi. Tabiatda realgar xar doim auripigment
bilan birga uchraydi. Realgar konlarida uning yirik kristallari 1-2 sm kattalikda uchraydi (Luxumsk koni –Gruziya)
Galenit – PbS. Nomi yunoncha «Galena» qo'rg'oshinmaʻdani so'zidan kelib chiqqan. Tarkibida Pb – 86,6% va S- 5-13,4%, aralashma tariqasida Cu, Zn, Bi, Fe, As, Sbuchraydi. U kubik singoniyada kristallanadi. Rangi qo'rg'oshindek kulrang, metall kabi yaltiraydi. qattiqligi 2-3, u ancha mo'rt mineral, ulanish tekisligi kub bo'yicha mukammal. Solishtirma og'irligi 7,4-7,6. U kuchsiz elektr o'tkazadi. Galenit asosan gidrotermal jarayonda vujudga keladi. Tashqi ko'rinishi bilan galenit antimonit Sb2S3, bulanjerit Pb5[Sb2S4]2S3 va burnonit – CuPb[SbS3] larga juda o'xshash, ularning farqi: antimonit – cho'zinchoq -zirapchasimon kristall xosil qiladi. Bulanjerit esa, sho'lasimon, tolasimon ko'rinishda. Burnonit – cho'zinchoq stolbasimon shakli. Nurash
jarayonida oksidlanib serussitga – PbCO3 va anglezit – PbSO4 aylanadi. Galenit qo'rg'oshin olishda muxim asosiy manbaa xisoblanadi. Respublikamizda polimetall deb ataluvchi gidrotermal
konlar etarli darajada, ular Uchkulach (Sh.Nurota) va Olmaliq konlaridir.
Nikelin – NiAs. Tarkibida - 43,9% nikel - 56,1% margimush bo'ladi izomorf aralashma xolida Fe – 1-2,5%, S – 1-5%, Cu – 0,1%, Sb – 2%, Bi – 0,1% uchraydi. Tabiatda geksagonal singogiyada kristallanadi. Nikelin kristallari kam uchraydi, odatda yaxlit massalar, baʻzan xol-xol xamda buyraksimon ko'rinishlarda yuzaga keladi. qattiqligi – 5, mo'rt, ulanish tekisligi mukammal emas. U elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Nikelin rangi – misdek -qizil, metall kabi yaltiraydi. Fizik xossalari bo'yicha bornitga o'xshash, undan rangi va metall kabi yaltirashi bilan farqlanadi.Nikelinning aksariyat qismi gidrotermal jarayonda yuzaga keladi. Nikelin oksidlanish xisobiga och yashil rangli mineral annabergitga – Ni[AsO4]2·8H2O –aylanadi. Nikelin sof tug'ma vismutli (ginesberg) kobalt-nikel-kumush formasiyasini xosil qiladi - Saksoniyadagi maʻdan tog' koni.
dalaniladi.
Xalkopirit – CuFeS2. Nomi yunoncha «xalkos» –mis, «Piros» – olov maʻnosini bildiradi. (Mis kolchedani) tarkibida – Cu – 34%, Fe – 30,54%, S – 34,9%. Bundan tashqari: Mn – 3%, As – 1,5%, Sb – 1%, Ag, Zn, Bi –0,2%, atrofida aniqlangan. U tetragonal singoniyali yaxshi kristallari bo'shliqlarda paydo bo'ladi. Rangi jez sariq, to'q-sarik, ola-bula bo'lib tovlanadi. U shaffof emas, metall kabi kuchli yaltiraydi, mo'rt mineral.
Xalkopiritga pirit o'xshash, farqi, rangi va qattiqligi bilan farqlanadi. Xalkopirit HNO3 kislotada parchalanadi va oltingugurt ajraladi. Xalkopirit, pirrotin, petlandit va boshqalar birga intruziv jinslar oralarida magmatogen konlar xosil qiladi. Uni baʻzan gidrotermal konlarda uchratish mumkin. Xalkopirit nurash jarayonlarida parchalanib mis va temir sulfatlarini xosil qiladi. Mis-porfirsimon kristallar – xalkopirit, bornit, sfalerit va molibdenitlardan iborat (Chilidagi Chukikamata, Bolgariyadagi Medet). Xalkopirit uyumlari baʻzan vulqon jinslarida qora rangli maʻdanlar xosil qiladi va ular mayda zarrachasimon xalkopirit, bornit, sfalerit, kassiterit va volframitlardan tashkil topgan (Yaponiyadagi – Akenobe, Ikuno konlari).Xalkopiritning yirik uyumlari skarnlarda xosil bo'ladi (Turinsk, Rossiya, Olmaliq, O'zbekiston) va mis olishdagi asosiy manbalardan xisoblanadi. Sanoatbop maʻdanlarda misning miqdori 2-2,5% bo'lishi lozim, shundagina qazib olishning imkoniyati tug'iladi. Albatta bu ko'rsatkich o'zgaruvchan, chunki erning chuqur qismidan qazib olishda axamiyatli bo'lmaydi.
PIRIT - asosan sulfat kislota ishlab chiqarishda ishlatiladi, bunda yo'l yo'lakay mis, oltin va boshqalar ajratib olinishi mumkin. Pirit rudalari sulfat kislota olish uchun ishlatiladigan asosiy xom ashyolardan biridir. Shu maqsadda foydalaniladigan rudalardagi oltingugurtning o'rtacha miqdori 40 dan 50% gacha. Rudani qayta ishlash qovurish yo'li bilan, maxsus pechlarda amalga oshiriladi. Hosil boʻlgan oltingugurt dioksidi (SO 2 ) azot oksidlari bilan bugʻ ishtirokida H 2 SO 4 ga oksidlanadi. Mishyak - sulfat kislota ishlab chiqarishga ketadigan rudalardagi kiruvchi nopoklik. Ko'pincha pirit rudalarida mavjud bo'lgan mis, rux, ba'zan oltin, selen va boshqalarni yon usullar bilan olish mumkin. Qovurish natijasida olingan temir shlaklari, ularning tozaligiga qarab, bo'yoq ishlab chiqarish uchun yoki temir javhari sifatida ishlatilishi mumkin. Kobalt piritini o'z ichiga olgan rudalar, ulardagi ushbu elementning past miqdoriga qaramay (mineralda 0,5-1% gacha) kobalt manbai bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Pirrotin sulfat kislota ishlab chiqarishuchun xom ashyo sanaladi. Ammo unda oltingugurt miqdori nisbatan past - 30-32%, piritda esa bu ko'rsatkich 45-50% ga boradi.
xalkopirit - mis uchun muhim maʻdan sanaladi
GALENIT – qo'rg'oshin uchun muhim maʻdan hisoblanadi.
Galenitdan ancha miqdorda Ag, Bi, Cu, Zn va boshqa metallar ham ajratib olinishi mumkin.
SFALERIT — rux uchun muhim maʻdan hisoblanadi. Bu
maʻdandan yo'l-yo'lakay nodir va tarqoq elementlar ajratib olinishi mumkin.
Antimonit maʻdani turli sohalarda qo'llaniluvchi surmaning asosiy manbai hisoblanadi. Aksariyat hollarda u antifriksion xossalarga ega bo'lgan (podshipniklar uchun babbitlar) qotishmalar tayyorlashga sarf qilinadi. Qo'rg'oshin va rux bilan qotishmasi «tipograf metali», qattiq sochma, nasoslar,
kranlarning qismlari va b. tayyorlashda qo'llaniladi. Surma
birikmalar rezina (rezinani vulkanizasiyalash maqsadida),
to'qimachilik (gazlamalarga singdirish uchun) sanoatlarida, shishaishlab chiqarishda, medisinada va bir qator boshqa sohalarda ham qo'llaniladi.
Sulfidlar sinfi minerallarni o’rganish bizda sanoat uchun juda ham muhim shu bilan birgalikda qishloq xo’jaligida ham kerak minerallar hisoblanadi. Birgina oltingugurtning o’zidan qishloq xo’jaligida zararkunandalarga qarshi muhim preparat sifatida foydalaniladi. Pirit va oltin minerallari bir biriga juda ham o’xshash chetdan kuzatganda bu ikki mineralni ajratish juda ham mushkul. Faqatgina olingan bilimlar asosidagina bu ikkimineralni ajratishimiz mumkin. Shuningdek biz bus sinf vakillaridan elektronikada ham keng foydalanishimiz mumkin. Bularga misol qilib xalkopirit va galenitni misol qilishimiz mumkin sababi birida mis asosiy rol o’ynasa birida esa qo’rg’oshin. Sulfidlar sinfi minerallarini o’rganish biz uchun juda ham muhim. Bu sinfga kiruvchi minerallarni o’rganish orqali biz ko’plab muammoli masalalarga yechim topishimiz mumkin.

WIKIPEDIA.ORG


Qushmurodov O.Q, Koneev R.I , Umarov A.Z (MINIRALOGIYA)
X.CHINIQULOV( UMUMIY GEOLOGIYA LABARATORIYA )
Download 28.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling