Biologik faol kompleks brikmalar Gemoglobin


Download 48.19 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi48.19 Kb.
#1382910
  1   2   3
Bog'liq
Biologik faol kompleks brikmalar


Biologik faol kompleks brikmalar

Gemoglobin

Gemoglobin murakkab kimyoviy birikma bo'lib, bir eritrotsitda 400 mln.
gemoglobin molekulasi mavjud. Gemoglobinning tarkibiga 96% oddiy oqsil-globln
va 4% pigment guruhi - gem kiradi. Har bir gemoglobin molekulasi tarkibiga 4 ta
bir guruhga mansub bo'lgan gem kiradi. Globin albuminga o'xshagan oqsildan iborat
bo'lib, aminokislotali tarkibi turli hayvonlarda xilma-xil bo'ladi va shu sababli
gemoglobin turli xossalarga ega. Gemning tuzilishi esa turli hayvonlarda bir xil
bo'lib uning tarkibiga ikki valentli temir kiradi.
Gemoglobin qon plazmasida erigan holda bo'lmay, eritrotsitlar ichida ekanligi
muhim fiziologik ahamiyatga ega: 1. shuning natijasida qonning yopishqoqligi
kamayadi. Hispblashlar shuni ko'rsatadiki, qon plazmasida shuncha gemoglobinning
erishi qonning yopishqoqligini bir necha marta oshirar, yurakning ishini va qon
aylanishni qiyinlashtirar ekan; 2. Qon plazmasining onkotik bosimi kamayadi, bu
esa (to'qima suvining qon plazmasiga o'tishi oqibatida) to'qimalarning
suvsizlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun muhim ahamiyatga ega; 3. Eritrosit ichida
maxsus kimyoviy muhit borligidan gemoglobinning kislorod biriktirishi uchun keng
sharoit vujudga keladi. Kislorod bilan birikkan gemoglobin oksigemoglobin (HbO2), kislorodni to'qima va hujayralarga bergan gemoglobin esa qaytariigan gemoglobin det> ataladi.
Gemoglobinning spektral tahlili
Gemoglobin, oksigemoglobin, karbooksigemoglobin va uning boshqa birikmalari spektr nurlarini yutib, maxsus chiziqlarni beradi. Masalan, yorug'lik nurlarini oksigemoglobin eritmasi orqali o'tkazib, spektrning sariq-yashil qismida, D va E chiziqlari orasida ikkita qoramtir chiziqni aniqlash mumkin. Spektrning sariq-yashil qismidagi bir keng qora chiziq qaytarilgan gemoglobin uchun xarakterlidir. Oksigemoglobin gemoglobmdan rangi bilan birmuncha farqlanadi, shuning uchun oksigemoglobinli arterial qon qip-qizil bo'ladi. Qon kislorodga qancha ko'p to'yingan bo'lsa, qizil rangi shuncha ravshan ko'rinadi. Vena qonida esa,
qaytarilgan gemoglobin ko'proq, bunday qon to'q olcha rangida bo'ladi.
Katta yoshli kishilar qonida o'rta hisob bilan 14% gemoglobin konsentratsiyasi
mavjud bo'lib, umumiy miqdori esa 600 g ga teng. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra 1 g
gemoglobinda 3,5 nig temir mavjud va shunday qilib odam organizmining hamma
eritrotsitlarida uning miqdori 2500 mg dan oshmaydi. Gemoglobin, mioglobin, ge mere tin, xlorkruorin tarkibida temir, gemotsianindamis gemovanadinda esa-vanadiy elementlari bor. Gemoglobin pigmentlari orasida eng
muhimi xromproteinlardir. Odam organizmida eritrotsitlarning hosil bo'lishi va parchalanishiga yiarasha gemoglobin ko'mikning eritroblastlarida (yosh eritrotsitlarida) sintezlanadi. Bir kechayu kunduzda qariyb g g, ya'ni 1% dan sal ko'proq gemoglobin parchalanadi va о Ч pigmentlariga (bilirubin, biliverdin) aylanadi. Oksigemoglobindan tashqari, qonda gemoglobin karbonat angidrid bilan birikib, karboksigemoglobin (HbCO2) hosil qiladi. Bu birikma modda almashinuvi natijasi bo'lgan CO2 tashilish shakllaridan bin. Karboksigemoglobin
oksigemoglobinga qaraganda mustahkamroq birikmadir. Gemoglobin is gazini sekinlik bilan, anchagina uzoq vaqt davomida va toza havodan nafas olib turilgan taqdirdagma beradi. Shuning uchun ham is gazidan zaharlanish hayotga xavf solishi mumkin, is gazidan zaharlangan kishiga beriladigan birinchi yordam uning o'pkasini toza havoga yolchitishidan iborat. Kisloroddan nafas olinganda gemoglobindan is gazining chiqib ketishi 15-20 baravar tezlashadi. Metgemoglobin (metHb) gemoglobinning mustahkam birikimasidir. Metgemoglobin hosil bo'lganda, temirning valentligi o'zgaradi: gemoglobin molekulasidagi ikki valentli temir uch valentli temirga aylanadi. Qonda metgemoglobin ko'p yig'ilib qolganda, qon to'qimalarga kislorod bera olmaydi va organizm bo'g'ilib o'lib qoladi.
Metgemoglobin jigar rangi va spektrning qizil qismida yutish chizig'i borligi bilan
gemoglobindan farq qiladi. Kuchli oksidlovchilar: ferritsionid (qizil qon tuzi), kaliy
permanganat, amilnitrit va propilnitrit, anilin, bertoll tuzi, fenatsetin ta'sir etganda,
metgemoglobin hosil bo'ladi. Mioglobin - mushak gemoglobini skelet va yurak mushaklarida uchraydi. Uning oqsilsiz (prostetik) guruhi-gem gemoglobin molekulasidagi shunday guruhga o'xshaydi, oqsil qismi- globin esa gemoglobin oqsiliga qaraganda kamroq molecular og'irlikka ega. Odam mioglobini organizmdagi jami kisloroddan 14% ni biriktira oladi. Mioglobinning bu xossasi ishlayotgan mushakni kislorod bilan ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Mushak qisqarganda kapillarlari qisilib, mushakning ba'zi qismlarida
qon yurishi to'xtasa ham, mioglobin bilan birikkan kislorod borligi tufayli,
mushak tolalari bir qadar vaqtgacha kislorod bilan ta'minlanib turadi.


Download 48.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling