Mustaqil ish Mavzu: Modern hikoyalar. Reja: Adabiyotda modernizm tushunchasi Modern hikoyalar haqida


Download 32.65 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2023
Hajmi32.65 Kb.
#1080485
  1   2
Bog'liq
Modern hikoyalar


Mustaqil ish
Mavzu: Modern hikoyalar.
Reja:
1. Adabiyotda modernizm tushunchasi
2.Modern hikoyalar haqida
3. Modern hikoyalarning ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Tayyorladi: Sa‘dullayeva Marjona

Soʻnggi yillar oʻzbek adabiy tanqidchiligida modernizm va modern adabiyoti haqida koʻp yozishayapti, bahs-munozaralar bildirilmoqda. Aslida, oʻtgan asr Gʻarbiy Yevropa va Amerika adabiyoti va sanʼatida yetakchi oqim sanalgan modernizm tanqidiy realizm, xususan sotsialistik realizm aqidalariga qarama-qarshi pozitsiyada turgan adabiy oqim boʻlib, asrning oltmishinchi yillarida oʻz umrini yashab boʻldi va oʻrnini postmodernizm deb ataluvchi yangi oqimga boʻshatib berdi. XX asrning oxiriga kelib postmodernizm ham inqirozga yuz tutdi. Endilikda jahon adabiyotidagi avangard doiralar yana yangicha uslublarni kashf etishga urinmoqdalar.Modernizm XX asr gʻarb adabiyoti va sanʼatining umumiy tavsifi tarzida bir necha oʻlchovlarda mavjud boʻlib, bizningcha ularni quyidagicha mazmunda izohlash mumkin. Birinchidan, modernizm – bu zamonlar oraligʻidagi tafovutni, “eskilik” va “yangilik” oʻrtasidagi ixtiloflarni oʻz gʻoyaviy qarashlari bosh mezoni qilib olgan yuz yillikning maʼnaviy qiyofasidir. Uning ortida F. Nitsshening “xudolar oʻlimi” falsafasi, Yevropa xaritasini qayta tuzgan siyosiy inqiloblar va ilmiy kashfiyotlar, totalitar tuzumga asoslangan diktaturalar, xunrezlik urushlari, informatsion portlashlar, sivilizatsiyaning koinotga chiqishi kabi global oʻzgarishlar yotibdi. Yanada aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, uning ortida “markazsiz dunyo” (U. B. Yeyts)-ning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan obʼyektiv borliq qonuniyatlarining insoniyat tarixida chuqur ildiz otolmaganligi, mustahkam oʻrnashib ololmagani, epis-temologik dudmolligi hamda muayyan shaklga keltirilgan utopik (ilmga asoslanmagan, amalga oshmaydigan, xomxayol) orzu-umidlar bilan shaklsiz, noaniq antiutopik voqelik oʻrtasidagi hal qilib boʻlmaydigan ziddiyatlarning mavjud ekanligida edi.Dastavval bashariyatni ocharchilik va qashshoqlikni yengishga daʼvat qilgan yigirmanchi asr vaqt oʻtib oʻzining insonparvarlik, yuksalishga intilish, jamoatchilikka tayanish, ilmiy-texnika taraqqiyotining cheksiz rivojlanishiga xayrixoh boʻlish kabi tamoyillariga qarshi turdi, amalda “eskirgan” boʻlib chiqdi. Ayni paytda, umuminsoniy tamoyillarning gʻayriinsoniy tuzum qonunlari oldida erksizligi, voqelikning hardamxayolligi, siyosiy yolgʻon safsatalar, jamiyatning haddan tashqari himoyasizligi va hattoki beʼmaniligi roʻparasida tizilgan odamlarning fojeaviy yolgʻizligi zamoni boʻlib qoldi.XX asrning halokatga yuz tutishi muallifning “metafizikaga ishtiyoqini” kuchaytirgan, yakka tartibda ijod qilishga undagan boʻlsa, ushbu idealizmning dardu gʻamini ham shu alfozda belgilab berdi. Bunday muhitda “sheʼriyatga oʻrin yoʻqligi”(G. Adamovich)ni jahon urushlarida halok boʻlgan, totalitar tuzum tarafidan otib yuborilgan yoki surgun etilgan, aqldan ozib oʻz hayotiga suiqasd qilgan, alamzada holatda ijoddan voz kechgan qator qalamkashlarning fojiali qismatidan, deb tushunmoq lozim boʻladi. Asrning shu kabi ruhini nemis faylasufi T. Adorno quyidagicha taʼriflangandi: “Osvensimdan keyin sheʼr yozish – bu badaviylik (varvarlik) hisoblanadi…” (Minima Moralia. Majruh hayot haqida oʻylar, 1951).Ikkinchidan, oʻtgan yigirmanchi yuz yillikda kechgan adabiy jarayon koʻpgina raddiyalarga qaramasdan modernizmni inkor etib, bir chetga surib tashlagani yoʻq, aksincha, uni inkor qilish orqali yanada davom etishiga yordam berdi va oʻz doirasiga “modernizmdan tashqaridagi modernistlar” deya hisoblagan mualliflar. S. Kyerkegor, H. Ibsen, G. Melvill, Sh. Bodler, A. Rembo, S. Mallarme, F. Nitsshe, F. Dostoyevskiy, G. Jeyms, A. Strindberg, J. Konrad va boshqalarning asarlarini ogʻdirib oldi. Aksincha, ayrim buyuk nomlar (V. Skott, V. Gyugo, A. de Vini, Ch. Dikkens, A. Tennison, G. Longfello)ning badiiy ijoddagi qadr-qimmati pasaytirildi, boshqalari (G. Flober, E. Zolya, J. Elliot, U. Uitmen, P. Verlen) esa asos-isbotsiz jahon adabiyoti peshsahnasiga chiqarib qoʻyildi. Eng muhimi, modernizm XX asrning asosiy ijodiy kashfiyoti – subʼyektivlikni tadqiq qilishda davom etdi va tezis-antitezis, “modernizm”-”kontrmodernizm” vositasida individual uslubning stilistik imkoniyatlarini amalga tadbiq qildi.Postmodernizm davriga kelib u uslubdan koʻra koʻproq sifat koʻrinishiga ega boʻldi. Uchinchidan, modernizm – aslida bu bir-biri bilan kurash olib borgan, oʻzicha mustaqil harakat qilgan alohida modernistik uyushmalar, manifestlar, dasturlar (masalan Lotin Amerikasida simvolizm oʻzicha modernizm nomini olgandi) majmuasidir. Modernizmning bir jabhasi avangardizmga, yaʼni lingvistika nuqtai nazaridan ilmiy tajribalar oʻtkazishga, sanʼatlar va diskurslar sinteziga, polistilistika (futurizm, dadaizm, syurrealizm, imajinizm, vortitsizm, fransuz “antiromani”, Lotin Amerikasi “sehrli realizm”)ga moyillik bildirgan boʻlsa, boshqa bir koʻrinishi ekspressionizm tarafdorlarini barokko va romantizm anʼanalari bilan, ingliz-amerika modernizmini (J. Joys, V. Vulf, E. Paund, T. S. Elliot, U. Stivens) simvolizm bilan, J-P. Satr va A. Kamyu prozasini ekzistensializm falsafasi bilan yaqinlashtirishga intildi. Bizningcha, faqat modernizm va uning taraqqiyoti kontekstida u inkor etgan “realizm”, “sotsialistik realizm” (A. Barbyus, L. Aragon, I. R. Bexer, M. Andersen-Neksyo, A. Zegers) va postmodernizm fenomenlari adekvat baholanishi mumkin, xalos. Ayni paytda shuni ham taʼkidlash joizki, modernizm adabiyoti matni oʻzining stilistikasi jihatdan ham koʻp qiyofalidir. Bir jihatdan, u XIX asr adabiy oqimlari (romantizm, naturalizm, simvolizm va hokazo) dan uzoqlashgan boʻlsa, ikkinchidan ularga yangi urgʻu va ohanglar (J. Romen, J. Dyuamel) olib kirdi, naturalistik, yaʼni voqelikni tasvirlashda maishiy tafsilotlar, ikir-chikirlar bilan cheklanib, umumlashmalardan qochadigan tasviriy uslub (J.-P. Sartr)ni singdirdi, zarurat tugʻilganda esa, biroz toʻgʻrilab naturalizmni (R. Marten dyu Gar, J. Steynbek) yanada sayqallashtirdi. Shu taxlit traditsionalizm (anʼanaviylik)ning turli koʻrinishlari modernizm bilan olib borgan bahsida modernizmga zarardan koʻra koʻproq foyda keltirdi, shuningdek undagi strukturaviy oʻlchovlar: “klassika” va “romantika”, “realizm” va “abstraksiya”, “milliy” va “baynalmilal”, “shimoliy” va “janubiy” kabi tamoyillarning mavjudligiga diqqat-eʼtiborni qaratdi.Toʻrtinchidan, modernizm – bu J. Joys va G. Stayn, F. Kafka va G. Kayzer, L. Pirandello va Yu. O’Nil, T. Mann va U. Folkner, A. Dyoblin va J. Dos Posos, B. Brext va E. Ionesko, X. L. Borxes va G. G. Markes, A. Myordok va G. Grasslarning modernizm ruhidagi matnlaridan iboratdir. Ularning barchasi modernizm nuqtai nazaridan oʻziga xos, boshqalarga oʻxshamaydigan, ularning har biri alohida yondashishni, modernizmning butun tipologiyasiga, terminologik va stilistik tavsiflariga aniqlik kiritishni taqozo etadi. J. Joys qalamiga mansub “Uliss” romani ham simvolizm, ham avangard, ham “yuksak modern”, ham “postmodern” qolipidagi asardek oʻqilishi mumkin. Shunga yarasha mazkur romanning adabiy jarayondagi mavqei va tutgan oʻrni unga hamohang oʻzgarib borishi ham muqarrardir.Alhosil, beshinchidan, modernizm – bu parallel ravishda mavjud boʻlgan matnlarning polifoniyasi (koʻpovozliligi)dir. Ushbu inkor etishlar va tasdiqlarning oʻta murakkabli maydoni noklassik boʻlgan masofani hosil qiladi, oʻz makoniga oid chegaralarini doim aniqlab turuvchi qandaydir bir oʻziga xos adabiy jarayonga oʻxshaydi. Uni shartli ravishda subʼyektivlikdan uzil-kesil ozod etuvchi, markazdan qochiradigan kuch, yaʼni girdibod bilan qiyoslash mumkin. Jamiyatning barqaror muvozanatdan chiqqanligi, undagi subʼyekt va obʼyektning bir-biriga mos kelmasligi, his-tuygʻular taʼsirida yashayotgan shunday ramziy faollikning dastlabki koʻtarilib tushishi fransuz adabiyotining XIX asr oxiriga toʻgʻri keladi. Aslida milliy adabiyotlar nazdida mavjud boʻla turib, maʼlum maʼnoda ularning hal qiluvchi, muhim voqea va hodisalarini oʻzaro qorishtirib yuboradigan ushbu “toʻlqin” oʻzini goh XX asr boshlaridagi nemis ekspressionizmi, goh 20-yillar ingliz-amerika modernizmi, goh 1930–1940-yillar fransuz ekzistensializmi andozasidagi proza, goh 1950-yillar “absurd teatri” orqali namoyish qilib, 1960-yillarda Lotin Amerikasigacha yetib bordi-da, oʻsha yerda inqirozga yuz tutib, oʻz kuchini yoʻqotdi.Modernizm yoʻriqlarining “koʻtarilishi” va “pasayishi” kabi holatlarni oʻzida jamlagan bu kabi inqilobiy harakatning davrlarga boʻlinishi oʻta darajada shartlidir. Qolaversa, modernizm taxminan uch ijodiy muhit bilan vobasta kechdi. Bular: postsimvolizm va avangardizm (1910–1940 y.); ekzistensializm (1940–1960 y.) va postmodernizm (1980–2000 y.)dir. Ularning har birida oʻz tipologik belgilarining oʻzaro uygʻun birikmasini, oʻz faollari va mushohada qiluvchilarini, oshkor va nooshkor “modernist”larini, “modernizm” zamondoshlari va “kontrmodernist”larini alohida ajratib koʻrsatish mumkin.XX asr adabiyotida modernizmdan ustun turuvchi yana biror ijodiy oqim mavjudmidi, degan savolning boʻlishi tabiiy. Bu savolga ijobiy yoki salbiy maʼnoda javob topish osondek tuyulsa-da, fikrimizcha, modernizm adabiyotni oʻrganish doirasidan chiqib ketdi. Aslida modernizmning oʻzi va uning qonun-qoidalari aniq kashf qilinmagan bir holatda XX asr qalamkashlarining qariyb barchasi u yoki bu taqlidda “modern kasali”ga mubtalo boʻldilar.Nafsilamr, badiiy adabiyot 1930-yillarda inson intellektual hayotidagi boʻsh vaqt ustidan yuz yillab davom qilgan oʻz hukmronligini kinematografiyaga boʻshatib bera boshladi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng kitob egallab kelgan ijtimoiy oʻringa texnik sanʼat turlari: televideniye, mass-medialarning turli shakllari daʼvogar boʻlib chiqdi. Asr oxiriga kelib esa bunga kompyuter ham qoʻshildi. Endilikda gap jiddiy mafkuraviy davlat tangligi haqida emas, oʻz manfaatlari yoʻlida badiiy qadriyatlar bilan hiyla va nayrang qilayotgan mafkuralar tangligi haqida emas, borgan sari eklektizmga asoslanayotgan, mutaxassislarga, universitet professor-oʻqituvchilariga, gumanitar fakultet talabalariga moʻljallangan jiddiy mazmunli adabiyot haqida emas, balki adresat tangligi, kitob bilan shaxsiy munosabat tajribasini yoʻqotayotgan kitobxon inqirozi xususida bormoqda. Shuningdek, adabiy jarayonda chinakam informatsion bosim, yaʼni majburiy plyuralizm va relyativizm (lot.relativus – nisbiylik) oʻtaketgan zamonaviylik oqibatida paydo boʻlayotgan xiraxondon hissiyotlar ostida qolib borayotgan kitobxon tanqisligi yuzaga kelmoqda. Axborot kommunikatsiyalarining qudratli kuchi xususida 1960-yillardayoq amerikalik tanqidchilar qayd qilganidek, endilikda eng topqir yozuvchining ham gazetada bosilgan, televideniyeda berilgan, internet orqali uzatilgan axborot bilan bellashishga qurbi yetmaydi, bu uning koʻlidan ham kelmaydi. Gazeta, televideniye va internet xabarlari istalgan toʻqima va uydirmadan iborat boʻlsa-da “shubhasiz toʻgʻri”, “mohirona ishlangan”, odamlarda “kuchli taassurot qoldiradigan” yangilik boʻlib bormoqda.Darvoqe, XX asr oxirlashib qolgan bir paytda uning yana oʻz boshiga qaytganidan darak beruvchi alomatlar sezila boshlagandi. Yaʼni yuz yil burun aytilgan “Gʻarb sivilizatsiyasining poyoniga yetganligi” mavzusiga yana qaytildi. Fransuz shoiri Sharl Bodlerning “Biz hammamiz goʻyoki abadiy dafn marosimida qatnashayotgandekmiz” mazmunidagi hikmatli soʻzlarini anglab olishga, magʻzini chaqishga qaytganligimiz bilinib qoldi. Ayrimlari, J. Papini qalamiga mansub “Oxirgi odam”, O. Shpenglerning “Yevropa zavoli”, A. Blokning “Gumanizm halokati”, P. Valerining “Ruh tangligi”, E. Gusserlning “Yevropa odami va falsafasining tangligi” boshqa nomlar, yaʼni Romano Gvardini qalamiga mansub “Yangi zamon oxiri”, Daniel Bellning “Mafkura intihosi”, Rolan Bartning “Muallif oʻlimi”, Ixab Xasanning “Orfey halokati”, F. Fukuyamaning “Tarix xotimasi va oxirgi odam”, Semyuel Xantingtonning “Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi” bilan almashdi. Baribir ham, Zigmund Freyd aytganidek, shartli ravishda “madaniyat qanoatlanganligi” deb nom olgan tamoyil oʻzgarmasdan eskicha holida qolaverdi. Gap shundaki, ilgʻor gʻarb madaniyati oʻzining liberalizm ruhidagi ideallariga sodiq qolib, kelajak loyihalarini tuzishni, tarixning u yoki bu “xato”larini tuzatishni davom ettirgani bilan, ayni vaqtning oʻzida, inson erkinligi muammosi bilan bogʻliq ziddiyatlar hal qilinmaganligi tufayli, baribir orqaga qaytishga majbur boʻldi.Shunday qilib, XX asr modernizm adabiyoti ham xuddi XIX asr romantizm adabiyoti singari madaniy maʼno doirasiga aylandi, uning ichida gʻarb dunyosi qadriyatlari tanqidiy jihatdan tekshiruvdan oʻtkazildi. Ular jahon adabiyoti tarixida yashab qolishga, XX asr adabiyotida yalovbardor boʻlishga loyiqmi yoki yoʻqmi – buni kelajak koʻrsatadi.Garchi «modernizm» atamasi qariyb bir asrdan beri ishlatilib kelinayotgan bo‘lsa-da, biz uchun yangi, bir qadar notanish istiloh. Suhbatimiz boshida bu tushunchaning mohiyati haqida gazetxonlarimizga ma’lumot bersangiz.–«Modernizm» asli frantsuzcha «modern» so‘zidan olingan bo‘lib, «zamonaviy» degan ma’noni bildiradi. Bu istilohning biz uchun bir qadar notanish bo‘lib kelganining sabablari bor. Bu sabablar, birinchidan, mafkuraviy xarakterga ega va sho‘ro davri adabiy siyosati bilan chambarchas bog‘liq.
Ma’lumki, sho‘rolar hayotdagi hamma sohalarni birvarakayiga tubdan o‘zgartirishni da’vo qilib chiqishgan edi. Shu bilan birga ular butunlay yangi odam yaratish g‘oyasini ham oldinga surib, shuningdek, yangi adabiyot da’vosi bilan ham chiqishgan edi. Hayot bu da’volarning puch ekanligini isbot qildi. Jumladan, har qanday inson hayoti davomida turfa xil o‘zgarishlarni boshidan kechirsa ham, bir quvonchlarga to‘lib, bir baxt-sizlik ichida yashasa ham, zohiran qaraganda, bir terining ichida necha marta ozib-semirsa ham, aslida uning tabiati dunyodagi eng kam o‘zgaradigan narsadir. Insonshunos olimlarning bugungi inson tabiatiga ko‘ra, bundan 2000 yil oldingi insondan juda kam farq qilishini isbotlab berishgan. Uning tafakkurida qandaydir yangi g‘oyalar tug‘ilishi mumkin, lekin tafakkur mexanizmi eskicha qoladi. Uning tuyg‘ularida qandaydir yangi xislatlar paydo bo‘lishi mumkin, lekin baribir tuyg‘ularning o‘zi juda kam o‘zgaradi. Davrlar har qancha o‘zgarmasin, insonni harakatga keltiruvchi asosiy omil shaxsiy manfaat bo‘lib qolaveradi. Insonning bu xislati ruslarning «Baliq chuqur joyni izlaydi, inson esa yaxshi joyni» degan maqolida juda yaxshi ifodalangan. Xuddi shunga o‘xshash, insonning ruhiy-ma’naviy faoliyatining hosilasi bo‘lmish san’at va adabiyot ham tabiatdan kam o‘zgaradigan hodisalardandir. Albatta, san’at va adabiyot paydo bo‘lgan davrlardan beri muayyan tadrijiy yo‘lni bosib o‘tdi, lekin bu yo‘llar mazmuni qanday bo‘lmasin, san’at va adabiyotning mohiyati o‘zgargani yo‘q. Hamon uning markazida inson va uning dardlari turibdi. Hamon uning asosiy muammosi inson kim va u qanday yashamog‘i kerak, inson hayotining mohiyati nimada, degan muammolar. Afsuski, sho‘ro mafkurasi inson tabiatidagi mana shu muqimlikni tan olishni istamadi. Va har xil vositalarni ishga solib, uni tubdan o‘zgartirishga kirishdi. «Proletar adabiyoti» degan adabiyot o‘ylab topildi. Uning birdan-bir metodi sotsialistik realizm, deb e’lon qildi. Bundan bir qadar tashqariga chiqadiganlarni sinfiy dushmanga chiqarishdi va shunga muvofiq ular jazolarga mustahiq qilindi. Ammo tabiiyki, inson bir xil bo‘lmaganidek, uning adabiyoti faqat bir xil mazmunda yozadigan, faqat bir xil uslubni tan oladigan, yakrang adabiyot bo‘lishi mumkin emas edi.–O‘tgan asrning 20-30 yillarida modernizm oqimiga mansub deb hisoblangan asarlar G‘arbda ham, Amerikada ham tazyiqqa uchragan edi. O‘zingizga ma’lum, sobiq ittifoq davrida G‘arb adabiyoti bilan shug‘ullangan rus adabiyotshunoslari ham bir ovozdan modernizm adabiyotini keskin tanqid qilib chiqishgandi. Ya’ni bu adabiy oqim vakillarining asarlari G‘arbda inkor etildi, keyincha kommunistik g‘oya tarafdorlari tomonidan tamoman rad qilindi. Buning sabablari haqida fikrlaringizni bilmoqchi edik.–XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jahonda ijtimoiy hayot sohasida taraqqiyot sur’atlari mislsiz tezlashib ketdi. Bu fikrda, qarashlarda ham ko‘plab yangicha qarashlar, yangicha fikrlarni vujudga keltirdi. Ular adabiyotda ham insonga yangicha munosabatda bo‘lishni taqozo eta boshladi. Boshqacha aytganda, adabiyotda ko‘p vaqtlardan beri amal qilib kelgan realizm metodi qay bir jihatdan eskirgandek, yangi mazmunlarni ifodalashga torlik qilib qolayotgandek ko‘rindi. Va ayrim san’atkorlar zamon talablariga muvofiq ravishda hayotni aks ettirishning yangi yo‘llari, shakllarini izlay boshladilar. Shu tarzda butun jahon bo‘ylab turli-tuman modernistik, ya’ni zamonaviy oqimlar paydo bo‘la boshladi. Albatta, bularning ichida samaralilari ham bor edi.Va shunchaki tajriba tariqasida o‘tkazilgan, lekin amalda katta muvaffaqiyatlarga erishmaganlariham bor edi. Bu izlanishlar, tajribalar mutlaqo tabiiy va qonuniy edi. Lekin sho‘ro mafkurasi nuqtai nazaridan har qanday modernizm yoki san’at va adabiyotdagi har qanday izlanish sotsialistik realizmdan chekinish deb qaralar va shuning uchun u qoralanishi kerak edi. Shunday qilib bizda «xalq dushmanlari», «burjua millatchisi», keyinroq esa «revizonist» singari «modernist» degan ayblov ham maydonga keldi.Modernizmni yoqlagan, modernistik oqimlarni ma’qul ko‘rganlar mafkuraviy dushman sifatida talqin qilindi. Faqat asr oxiriga kelgach, o‘zbek adabiyotshunoslari ichida bu masalalarni qalamga olib to‘g‘ri talqin qilishga harakat boshlandi.–«Jahon adabiyoti" jurnali va «O‘zAS»da e’lon qilingan ayrim maqolalarni aytmaganda bugungi adabiyotshunosligimiz modernizm adabiyotidan bexabar desak, to‘g‘ri bo‘ladimi?–Albatta, modernizm bir turdagi jo‘n hodisa emas. Modernistik oqimlarni dab-durustdan tushunib olish ham muayyan qiyinchiliklarni tug‘diradi. Modern hodisalari hamma vaqtda ham san’at va adabiyot hodisalariga biz beradigan ta’riflarga to‘g‘ri kelavermaydi. Buning ustiga bizning san’at va adabiyotga qarashlarimizda juda katta bir nuqson bor: bizning nazariyamiz san’at va adabiyotdagi rang-baranglikni tan olmaydi. U imkon boricha, san’at va adabiyotning hamma tur va hamma xillariga mushtarak bo‘lgan qonun-qoidalarni inkishof etishga harakat qiladi. Masalan, she’riyat ham, nasr ham badiiy adabiyotga kiradi. Lekin ayni chog‘da ularning orasida osmon bilan yerchalik farq borligini ko‘rmaslik mumkin emas. Roman, qissalar bobida o‘ylab chiqarilgan qoidalarimiz lirika va poemaga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Xuddi shunga o‘xshash, adabiyot, rassomchilik va muzika ham «san’at» degan tushuncha doirasiga kiradi. Biroq, shunga qaramay, ular insonning ruhiy faoliyatining turlari ekanligidan boshqa hech qanday mushtarak tomonlarga ega emas. Binobarin, rassomlik talqini bilan, muzika, adabiyot talqini o‘zaro keskin farq qilishi kerak. Men bu gaplarni shu ma’noda aytyapmanki, asosiy materiali rang va bo‘yoq bo‘lmish rassomlik sohasidagi izlanishlar, albatta, adabiyot sohasida ham aynan takrorlanishi mutlaqo shart emas. Masalan, abstraktsionizmni olaylik. Abstraktsionizm – mavhumlik degani. San’atkorlar hayotni hayot formasida aks ettirmog‘i kerak, degan gapdan qochib, uni boshqacha tarzda ham aks ettirish mumkinligini isbotlash uchun mavhum tasvirlarga, ya’ni birinchi qarashda biror-bir hayotiy mazmunga ega bo‘lmagan tasvirlarga keng o‘rin bera boshladilar. Lekin shuni aytmoq kerakki, abstraktsionizm element-lari faqat keyingi asrlardagina paydo bo‘lgani yo‘q. Uning unsurlari Sharq va G‘arbning qadimgi san’atidan istagancha topiladi. Uzoqqa bormaylikda, bir misol keltiraylik. O‘zbeklarning atlasini juda yaxshi bilasiz. U kamida ming yillik tarixga ega. Bilmayman, atlasni san’atga yo‘yish kerakmi yo‘qmi. Biroq imonim komilki, u yuz foiz abstraktsionizm asosiga qurilgan. Undagi bir-biriga chatishib ketgan ranglar qanday hayotiy mazmunga egaligini bilmayman, biroq jilolari, tovlanishlari haddan tashqari go‘zal. O‘zbek atlasining yal-yal yonishi ancha asrdan beri erkaklarni ham, ayollarni ham birday zavqlantirib keladi. Xuddi shuningdek, o‘zbeklarning me’morchilik san’atida ham, o‘ymakorlik va naqqoshlik san’atida ham mavhumlik unsurlari ko‘plab uchraydi.


XULOSA: Shunday qilib, XX asr modernizm adabiyoti ham xuddi XIX asr romantizm adabiyoti singari madaniy ma’no doirasiga aylandi, uning ichida g‘arb dunyosi qadriyatlari tanqidiy jihatdan tekshiruvdan o‘tkazildi. Ular jahon adabiyoti tarixida yashab qolishga, XX asr adabiyotida yalovbardor bo‘lishga loyiqmi yoki yo‘qmi – buni kelajak ko‘rsatadi.

Download 32.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling