17– mavzu. Beda zararkunandalari va ularga qarshi kurash reja
Download 26.68 Kb.
|
17-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitlar
17– MAVZU. BEDA ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASHReja:1. Bitlar va ularga qarshi kurash choralari2. Beda qandalasi va ularga qarshi kurash choralari 4. Beda barg filchasi yoki fitonomus va ularga qarshi kurash choralari 6. Beda urug‘xo‘ri va ularga qarshi kurash choralari BitlarAphidodea Markaziy Osiyoda bedaga o‘simlik bitlarining to‘rtta turi zarar yetkazadi. Ular jumlasiga Аcyrthosiphon onobrychis Fonse nomli, ko‘pincha sinonimi A. pisi Klntb. deb atalgan no‘xat biti, Aphis medicaginis Koch, nomli akatsiya biti, Therioaphis ononidis Kltnb. nomli xoldor bit va Trifidaphis faseoli Pass, nomli ildiz biti kiradi. Bundan tashqari, bedaga Aphis incerta Ners. deb atalgan bitlar ko‘plab tushganligi ham aniqlandi. Zarari. Bitlar so‘rishi natijasida beda o‘simligi juda kuchsizlanib qolib, xashak va urug‘ hosili kamayadi, bit tushgan beda poyalari gullash davriga kelib sog‘lom poyalarga nisbatan Z—15 % gacha, bitlar ko‘plab tushganida esa 31 % gacha o‘sishdan orqada qoladi. Xoldor bitning zarari xashaki bedada 21—57 % gacha, urug‘lik bedada esa 25—77 % gacha boradi. No‘xat biti Yevropa va Amerikada bedaning eng ashaddiy kushandalaridan biri hisoblanadi. Bu bit Markaziy Osiyoda bedani kamroq zararlaydi. Markaziy Osiyoda bedaga, ayniqsa uning keyingi o‘rimlariga xoldor bit, beda ko‘klamda ko‘karib o‘sayotganida esa akatsiya biti ancha katta zarar yetkazadi. Tarqalishi. No‘xat biti Markaziy Osiyo, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda, Sharqiy Sibirda, shuningdek Yevropa, Afrika, Amerika, Hindiston va Yaponiyada uchraydi. Ta’rifi. No‘xat biti o‘simlik bitlarining eng yirik turlaridan biri bo‘lib, qanotsiz turlarining uzunligi 3,5—4,9 mm, qanotlilariniki 2,3—3,5 mm keladi. Tanasi oqish g‘uborli yashil tusda. Mo‘ylovlari tanasidan uzunroq; oyoqlari va shira naychalari uzun; dumi nishtarsimon bo‘lib, uning uzunligi shira naychalarining yarmiga yetib turadi. Xoldor bit qanotsizining tanasi ko‘pincha sarg‘ish rangda tovlanib turadigan rangpar yashil tusda bo‘lib, uzunligi 1,7— 2,2 mm keladi. Kallasi va orqasining old qismi sariq, mo‘ylovlari qoramtir tusda. Qorin tergitlarida qo‘ng‘ir halqalar bilan o‘ralgan 6 qator bo‘rtmalar bor; bu bo‘rtmalarda yelpig‘ichsimon joylashgan qora tukchalar bo‘ladi. Shira naychalari kichkina, silindr shaklda. Mo‘ylovlari tanasidan salgina kaltaroq. Uzun oyog‘ining uchi bukilib turadi. Qanotli urg‘ochi bit mo‘ylovlarining tanasidan uzunroq bo‘lishi bilan qanotsizlaridan farq qiladi. Qorin tergitlaridagi yelpig‘ichsimon qora tukchalar qo‘ng‘ir tusdagi dumaloq dog‘larning chegarasidan tashqariga chiqib turadi. Umuman olganimizda, qanotli bitlarning katta-kichikligi qanotsiz bitlarnikidan farq qilmaydi, biroq ularning ayrim nusxalari birmuncha kichikroq yoki yirikroq—1,6 dan 2,4 mm gacha bo‘lishi mumkin. Download 26.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling