17– mavzu. Beda zararkunandalari va ularga qarshi kurash reja
Download 26.68 Kb.
|
17-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Habrocytus medicaginis Gsah; Tetrastichus bruschophagii Ash; Eupelmus microzonus Forst. Liodon- tomerus per plexus Gah; Tetrastichus brevicornis
Hayot kechirishi. Bu zararkunanda omborlardagi beda urug‘lari ichida, beda xashagi va to‘ponida, beda dukkaklari qisman to‘kilib qolgan. bedapoyalarda va yovvoyi holda o‘sadigai ba’zi dukkakli o‘simliklar (sebarga, qashqar beda, qisman yantoq) da lichinkalik stadiyada qishlaydi. Martda—aprel boshida lichinkalar g‘umbakka aylanadi va iliq kunlar boshlanishi bilan, odatda aprelning ikkinchi yarmida, Markaziy Osiyoning janubiy mintaqalarida esa erta ko‘klamda—aprel boshida va hatto martda voyaga yetgan hasharotlar ucha boshlaydi. Urug‘xo‘r tashqariga chiqishdan oldin urug‘ va dukkakni kemirib dumaloq yoki noto‘g‘ri shakldagi teshik ochadi. Ana shu teshiklarga qarab shikastlangan urug‘ va dukkaklarni oson aniqlash mumkin. Shikastlangan urug‘larni zararkunanda chiqishidan oldin ham bilib olish mumkin, chunki bu urug‘lar sog‘ urug‘larga nisbanat ancha yengil va xiraroq rangda bo‘ladi. Zararkunandaning uchib chiqishi juda uzoq davom etadi. Voyaga yetgan urug‘xo‘rlar har xil gullarning nektari bilan oziqlanadi.
Urg‘ochi urug‘xo‘rlar tuxumlarini chala dumbul beda urug‘lari ichiga qo‘yadi. Ilgarilari bedani B. Gibbus Boh nomli sebarga urug‘xo‘ri zararlaydi, beda urug‘xo‘ri esa har xil dukkakli o‘simliklarda yashay oladi, deb o‘ylar edilar. Odatda, har bir uruqqa faqat bitta tuxum qo‘yiladi; dukkak ichida esa urug‘larning hammasiga tuxum qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Urg‘ochi urug‘xo‘r urug‘ning rivojlanish darajasini hamda unga tuxum qo‘yilgan qo‘yilmaganligini mo‘ylovlari bilan dukkakni paypaslab aniqlay oladi. Bitta urg‘ochi urug‘xo‘r 24—66 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumning inkubatsion davri 3—6 kun davom etadi. Zararkunandaning tuxumdan imago stadiyasigacha rivojlanish davri yoz vaqtida 24 —27 kun davom etadi. Markaziy Osiyoda urug‘xo‘r bir yozda 3—4 bo‘g‘in beradi. Ikkinchi va uchinchi bo‘g‘in lichinkalarining bir qismi shu yilning o‘zida o‘sib yetmay, diapauzaga kiradi va ikkinchi yilning ko‘klamigacha harakatlanmay yota beradi. Markaziy Osiyoda beda urug‘xo‘rining zararini ancha kamaytiradigan ko‘pgina parazitlar bor, hozircha ulardan to‘qqizta tur aniqlandi. Bu parazitlar Habrocytus medicaginis Gsah; Tetrastichus bruschophagii Ash; Eupelmus microzonus Forst. Liodon-tomerus per plexus Gah; Tetrastichus brevicornis Ness; Tetrastichus sp; Habrocytus sp; Eurytoma sp. va Е. atropurpureus Dalm. lardan iborat, ularning ba’zilari ikkinchi darajali parazitlar bo‘lishi ham mumkin. Download 26.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling