17– mavzu. Beda zararkunandalari va ularga qarshi kurash reja


Download 26.68 Kb.
bet6/10
Sana29.03.2023
Hajmi26.68 Kb.
#1305348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
17-ma`ruza

Tarqalishi. Bu zararkunanda Markaziy va Old Osiyoda, Janubiy Qozog‘iston, Qashqar va Shimoliy Hindistonda, Pokistonning Bengaliyagacha bo‘lgan sharqiy qismida, Yevropaning janubiy yarmida, Kavkaz ortida, O‘rta dengizning butun sharqiy qirg‘og‘ida, Shimoliy Afrikada, Madeyra va Kanar orollarida uchraydi. 1904 yilda fitonomus Amerikaga o‘tib, undagi Yuta, Kolorado, Vayoming, Aydaxo, Nevada, Oregon va Kaliforniya shtatlariga tarqalgan.
Ta’rifi. Qo‘ng‘izning uzunligi (xartumchasidan tashqari) 5—7 mm keladi; kallasi uzun naycha shaklida oldinga cho‘zilib turadi. Yosh qo‘ng‘izlar sarg‘ish kul rang tusda; tanasidagi tuklari va tangachalari ishqalib yeyilgan, keksa qo‘ng‘izlar esa qoramtir kul rang tusda bo‘ladi. Orqasining old qismi o‘rtasi bo‘ylab och rangli kambar chiziqcha bilan ikkiga bo‘lingan to‘q jigar yoki deyarli qora rangli serbar qo‘shaloq chiziq o‘tadi. Qanotustliklarining o‘rtasida, ularning tubiga yaqin qismida to‘q jigar yoki deyarli qora rangli serbar dog‘ bor; uchi orqa tomonga yo‘nalgan bu dog‘ noto‘g‘ri pona shaklida bo‘lib, qanotustliklaridagi chokning taxminan uchdan ikki qismini qoplab turadi.
Tuxumi ellipssimon bo‘lib, uzunligi 0,5—0,65 mm va eni 0,3— 0,4 mm keladi. Yangi qo‘yilgan tuxumlari och sariq rangli bo‘lib, rivojlangan sari qoraya boradi.
Lichinkasiniig uzunligi 10 mm gacha yetadi; oyoqlari bo‘lmaydn. Tanasining qorin qismidagi har qaysi segmentida ikkita yirik bo‘rtma bor, lichinka ana shu bo‘rtmalar yordami bilan o‘rmalaydi. Lichinkalar yashil rangli bo‘lib, ko‘pincha sarg‘ish tovlanib turadi; kallasiniig rangi to‘q qo‘ng‘ir yoki qora; kallasidan tanasining oxirigacha och rangli kambar chiziq o‘tadi.
G‘umbagi tipik erkin bo‘lib, yetuk qo‘ng‘izga o‘xshaydi. Rangi dastlab sariq, keyinchalik to‘q yashil tus oladi. G‘umbagi keng hujayrali mayin to‘qimadan yasalgan dumaloq yoki kalta oval shakldagi oq pilla ichiga joylashadi. G‘umbagining uzunligi 5,5—8 mm, eni 3,5—6 mm keladi.
Hayot kechirishi. Fitonomus voyaga yetgan qo‘ng‘iz holatida sovuqdan himoyalangan joylarga kirib qishlaydi. Bu zararkunandaning ko‘pchilik qismi dalada, tuproqning yuza qavatida qoladi. Qo‘ng‘izlar qisman dala atrofidagi begona o‘tlarda ham qishlaydi.
Qo‘ng‘izlar, qishlayotgan joyidagi harorat 12°S gacha ko‘tarilgan paytda uyg‘onadi. Fitonomus erta ko‘klamdayoq serharakat bo‘lib qoladi. Beda o‘sa boshlashi bilanoq qo‘ng‘izlar poyalarda oziqlanadi va poyalarni xartumchasi bilan teshib, ularning ichiga tuxum qo‘yadi.
Markaziy Osiyo sharoitida har bir urg‘ochi qo‘ng‘iz 2500 gacha tuxum qo‘yadi. Bitta poyada ko‘pi bilai 20—30 ta tuxum bo‘ladi. Fitonomus tuxumlarining ko‘pchiligini o‘sa boshlagan bedaning poyasi 10—12 sm ga yetmasdan oldin qo‘yadi.
Voyaga yetgan qo‘ng‘izlarning beda bilan oziqlanishi hosilga unchalik katta zarar yetkazmaydi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalar bedapoyalarining uchlariga ko‘tarilib, barg qo‘ltiqlariga hamda poya uchlaridagi kurtaklarga o‘tadi va bu kurtaklarni kemirib shikastlaydi. Dalada lichinkalar ko‘payib ketganida beda butunlay o‘smay qoladi.
Fitonomusning katta yoshlardagi lichinkalari barg qo‘ltiqlaridan va uchki kurtaklardan barglarga o‘tib, barglar bilan oziqlanadi, bargning faqat deyarli etini kemiradi, tomirlariga tegmaydi, Lichinkalar olmaning ertagi navlari gullay boshlaganda barg qo‘ltiqlaridai barglarga ko‘plab o‘tadi. Bu vaqtdan keyin dalalardagi bedalar sarg‘aya boshlaydi, beda barglari quriydi, yosh lichinkalar o‘sish nuqtalarinn kemirishi sababli o‘sishdan to‘xtab, poyalari qisqarib qolgan beda hosili butunlay nobud bo‘ladi. Lichinkalar tezda beda barglarida pilla o‘rab g‘umbakka aylanadi. Fitonomus lichinkalari faqat beda bilan oziqlanadi. Ular bedanipg eron navlarini eng ko‘p, yevropa navlarini esa kamroq shikastlaydi.
G‘umbakdan chiqqan yosh qo‘ng‘izlar birmuncha vakt bedada oziqlanib, so‘ngra issiq kunlar boshlanishi bilan bog‘lardagi to‘kilgan barglar tagiga, dalalar yonidagi o‘tlar, qamishzorlar va hokazolardan iborat salqin joylarga yashirinib yozgi uyquga kiradi. Qo‘ng‘izlarning ko‘pchiligi o‘zlari oziqlangan dalalar yaqinidagi joylarda uxlaydi.
Havo salqinlashganda qo‘ng‘izchalar vaqtincha uyg‘onib oziqlana boshlaydi. Bu vaqtda beda hosili ko‘pincha o‘rib olingan bo‘ladi, shuning uchun qo‘ng‘izlar bedadan boshqa o‘t va ekinlarga, shu jumladan yosh g‘o‘za maysalariga ham yopiriladi. Ular g‘o‘za maysalarining poyalarini, urug‘barg va dastlabki bargchalarini shikastlaydi. Salqin davr tugagandan keyin qo‘ng‘izlar takror yozgi uyquga kiradi.
G‘umbakdan chiqqan qo‘ng‘izlarning jinsiy mahsuloti rivojlanmagan bo‘ladi, bu mahsulot kech kuzdagina rivojlanib yetiladi. Kuzda, yozgi issiq kunlar tugagandan keyin fitonomus takror uyg‘onib, birmuncha vaqtgacha bedada oziqlanadi, shu yili ekilgan bedalarga ham joylashib oladi, biroq bu bedalarga unchalik zarar yetkazmaydi, so‘ngra qishki uyquga kiradi.
Fitonomus haroratga juda sezgir bo‘ladi, qishki kunlar salgina ilib, tuproq 120S va undan ko‘proq isishi bilan qo‘ng‘izlar ko‘pincha uyg‘onadi. Qishki uyqudan uyg‘ongan urg‘ochi qo‘ng‘izlar beda ang‘iziga tuxum qo‘ya boshlaydi; bedapoyada ang‘iz bo‘lmasa, bu holda qo‘ng‘izlar boshqa qulay joyga uchib ketadi. Ana shu sababli, Markaziy Osiyoda ang‘izdan va kuzgi poyalardan tozalangan dalalarga fitonomus ancha kam zarar yetkazadi.
Fitonomus yiliga bir avlod beradi, faqat ko‘klam faslida, lichinkalari paydo bo‘lgan vaqtda zarar yetkazadi. Fitonomus hayotiga uning parazitlari, yirtqich va kasalliklari jiddiy zarba beradi. Ular tufayli fitonomusning ba’zan 95 % chasi qirilib ketadi. Markaziy Osiyoda fitonomusning yirtqichlari jiblajibon (Motacilla alba L) va yetti nuqtali tugmacha qo‘ng‘izlar (Соссinella 7-punctata L.) dir, parazitlari- kanidiya (Сапidia exigua Gsrav.) nomli yaydoqchi va kasalliklari —tarixium (Таrichium phytonomi Iacz.) deb ataladigan zamburug‘ kasalligidir. Bular fitonomusni ayniqsa ko‘p qiradi.

Download 26.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling