17– mavzu. Beda zararkunandalari va ularga qarshi kurash reja


Download 26.68 Kb.
bet8/10
Sana29.03.2023
Hajmi26.68 Kb.
#1305348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
17-ma`ruza

Beda urug‘xo‘ri
Bruchophagus roddi Guss.
Zarari. Bu hasharot bedaning urug‘larida rivojlanib, urug‘lik bedalarnigina zararlaydi. Markaziy Osiyodagi ayrim dalalarda bu zararkunanda ba’zan urug‘ hosilining yarmidan ziyodroq qismini nobud qiladi. Odatda esa urug‘ hosili 2,6—29,4 % nobud bo‘ladi.
Tarqalishi. Beda urug‘xo‘ri Markaziy Osiyodan tashqari, Rossiyaning janubiy va o‘rta mintaqalarida, Sibirda, Germaniya, Turkiya, Chili, AQSH, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrikada uchraydi.
Ta’rifi. Urg‘ochi urug‘xo‘rning uzunligi 1,3—2,1 mm keladi. Tanasining rangi qora. Oldingi boldirlari, o‘rtancha va keyingi boldirlarining uchlari hamda panjalari qo‘ng‘ir-sarg‘ish rangli; oldingi boldirlari bo‘ylab qoramtir chiziqcha ham o‘tadi. Yuzi ajinli, ko‘krak oldi va o‘rtasi hamda qalqonchasi chuqurchalar bilan qoplangan. Orqasi bukir, ko‘kragining oxirgi tomonida dumaloq o‘yiqcha bor. Qorni kalta, tuxumsimon silliq va yaltiroq. Qornining uchinchi va to‘rtinchi segmentlari uzunligi deyarli baravar uzunlikda. Mo‘ylovlari sakkiz bo‘g‘imli va nisbatan kalta, birinchi bo‘g‘imdan beshinchi bo‘g‘imgacha salgina keng hamda qisqa bo‘ladi. Mo‘ylovlarining bulavkasi uchta bo‘g‘imdan iborat. Qanotlari oynasimon tiniq, ko‘pdan-ko‘p tukchalar bilan qoplangan, oddiy tomirli. Qanotidagi subkostal tomirining kostal tomirga yaqin qismi uzilib turadi; kostal tomir uzunligi radial tomiriniki bilan deyarli baravar. Stigmasi katta o‘siqli noto‘g‘ri trapetsiya shaklida bo‘lib, uning tashqi cheti yonida ikki juft ilmoq bor.
Erkak urug‘xo‘rning uzunligi 1,2—2 mm keladi, rangi va tuzilishi urg‘ochisinikiga o‘xshaydi. Qorni urg‘ochisinikiga nisbatan birmuncha dumaloq, uzunroq, lekin keyingi chanoqlaridan uzun emas. Mo‘ylovlari urg‘ochilarnikiga nisbatan uzunroq. Mo‘ylovlarining asosiy bo‘g‘imi salgina kengroq. Xivchinining to‘rtta bo‘g‘imchasi ustma-ust joylashgan uzun tukchalar bilan qoplangan. Mo‘ylovlarining bulavkalari ikki bo‘g‘imdan iborat.
Tuxumi silliq, tiniq rangli, 22 mm uzunlikda, ellips ko‘rinishda, dumchali; dumchasi tuxumning o‘ziga nisbatan 2—3 baravar uzunroq.
Endigina oziqlana boshlagan lichinkasining rangi ko‘kish bo‘lib, rivojlanish davrining oxiriga yaqinlashganida oqaradi. Lichinkaning ustki jag‘lari jigar rangda, uzun uchi bukilib turadi va ularning tubiga yaqin qismida uchburchaksimon tishlari bor. Rivojlanib bo‘lgan lichinkaning uzunligi 1,5—2 mm ga yetadi. G‘umbagi 1,9 mm uzunlikda, dastlab oq bo‘ladi, keyinchalik qorayadi.

Download 26.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling