17– mavzu. Beda zararkunandalari va ularga qarshi kurash reja
Download 26.68 Kb.
|
17-ma`ruza
Kurash choralari. Fitonomusga qarshi kurash maqsadida o‘suv davri boshida yoki bu davrning boshlanishi oldidan bedapoyalar ot qo‘shiladigan diskali borona bilan to‘rt yo‘laki traktorga tirkaladigan diskali borona bilan ikki yo‘la 4—5 sm chuqurlikda boronalanadi. Bunday disklash natijasida qo‘ng‘izlarning ko‘p qismi, shuningdek kunlar iligan vaqtda qo‘yilgan tuxumlarning bir qanchasi nobud bo‘ladi. Bundan tashqari, disklangan beda o‘sishini tezlatib, zararkunandalarga bardosh berish kuchini oshiradi. Masalan, disklangan dalada fitonomus kam bo‘lganida bu zararkunanda bedaning o‘sishini to‘xtata olmaydi, ko‘p bo‘lganida esa beda vaqtincha o‘sishdan to‘xtasa ham, keyinchalik yana o‘zini tutib oladi. Fitonomus ko‘plab tushgan bedapoya disklanganida uning yetkazadigan zarari taxminan 19 % kamayadi.
Ikki yillik va undan keksaroq urug‘lik bedapoyalarni, beda qandalasi va bitlariga qarshi kurashdagi singari, kuzda qayta haydash fitonomusga qarshi kurashda ham juda yaxshi natija beradi; haydash vaqtida bedapoyaning har gektariga 200 kg hisobidan superfosfat solinsa, bu tadbir yanada foydali bo‘ladi. Beda ko‘klamda o‘sa boshlaganida fitonomus bilan anchagina zararlangan bo‘lsa ruxsat etilgan insektitsidlar bilan dorilanadi. Agar dalalar yonida tut daraxtlari bo‘lsa, ipak qurtlarini zaharlab qo‘ymaslik uchun, ekinni tut daraxtlari barg yozmasdan oldin dorilash lozim. Fitonomusga qarshi ko‘riladigan fizik-kimyoviy tadbirlardan biri ko‘klam erta kelgan yillari beda shoxchalari 1—8 sm ga yetganida, ko‘klam kech kelib, harorat 12°С dan past bo‘lgan yillari esa shoxchalar 15 sm ga yetganida bedani mumkin qadar tagidan o‘rib olishdir. Beda shunday erta o‘rilganida fitonomus tuxumlarining ko‘pchiligi beda bilan birga daladan tashqariga chiqariladi. Fitonomus kam tushgan bedapoyalarda bedani erta o‘rishning hech qanday ahamiyati yo‘q. Ko‘p yillardan beri o‘stirilayotgan eski bedada fitonomus to‘planishi va uning ta’siridan beda qattiq zararlanishi sababli, bedani bir dalada 3 yildan ortiq o‘stirmaslik kerak. Bedapoyalarni o‘g‘itlash bedaning zararkunandalarga bardosh berish kuchini oshirishi tufayli, o‘g‘itlangan bedapoyalarga fitonomus kamroq zarar yetkazadi. Urug‘lik olinmaydigan bedaga fitonomus ko‘plab tushganida, uning gullay boshlashini kutib turmasdan o‘rib olish zarur. Birinchi o‘rishni fitonomus lichinkalari ochiq hayot kechira boshlagan vaqtda o‘tkazish eng yaxshi natija beradi; bu vaqt ertagi nav olmalar gullab bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Xashaki bedapoyada zarpechak bo‘lganida, bir vaqtning o‘zida ham fitonomusga, ham zarpechakka qarshi kurashish uchun, 4 % konsentratsiyali natriy arsenit eritmasi purkaladi. Dori purkalgan yoki changlanganidan keyin 2—3 kun o‘tgach bedani qondirib sug‘orish lozim. Bedaning hamma o‘rimini (asosan birinchi o‘rimini) mumkin qadar pastroqdan qirqib o‘rish kerak. Download 26.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling