17– mavzu. Beda zararkunandalari va ularga qarshi kurash reja


Download 26.68 Kb.
bet4/10
Sana29.03.2023
Hajmi26.68 Kb.
#1305348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
17-ma`ruza

Hayot kechirishi. Beda qandalasi o‘zi oziqlanayotgan o‘simliklarning poyalari (jumladan, beda ang‘izining va begona o‘tlarning poyalari) ichida tuxumlik stadiyasida qishlaydi.
Beda qandalasi hammaxo‘r bo‘lib, dukkaklilar, sutlamagullilar, soyabongullilar, murakkabgullilar, sho‘ragullilar va gulxayrigullilar oilalariga qarashli madaniy hamda yovvoyi o‘simliklarda oziqlanadi; biroq bu zararkunanda hamma o‘simliklarga qaraganda bedani yaxshi ko‘radi.
Markaziy Osiyoda bedazorlarda bu qandala butun yoz bo‘yi uchraydi. Odatda uch bo‘g‘in, ba’zi joylarda esa to‘rt bo‘g‘in beradi. Ukrainada yoz mobaynida ikki bo‘g‘in, shimoliyroq rayonlarda esa bitta bo‘g‘in beradi.
Beda qandalasi juda serharakat bo‘ladi; voyaga yetganlari bir joydan ikkinchi joyga tez-tez uchib o‘tadi, lichinkalari esa bir o‘simlikdan ikkinchi o‘simlikka o‘rmalab tarqala beradi. Bu zararkunanda kunduzlari harakatlanadi, issiq kunlarda ayniqsa serharakat bo‘ladi.
Voyaga yetgan qandalalar va ularning lichinkalari bargning va barg bandlarining, poya va g‘unchalarning shirasini so‘radi; poyalarning yangi o‘sayotgan yosh qismlarida turib oziqlanishni yaxshi ko‘radi. Beda g‘unchalayotgan va gullayotgan davrda voyaga yetgan qandalalar gul va g‘unchalarga to‘planadi; gul va g‘unchalar shirasini qandala so‘rgandan keyin to‘kiladi.
Urg‘ochi qandalalar tuxumlarini o‘simlik poyalari ichiga, ko‘pincha pastga, ayniqsa oxirgi bo‘g‘in qandalalar ildiz yonidagi qismlar ichiga qo‘yadi. Har bir urg‘ochi qandala 24 dan 37 gacha tuxum qo‘ya oladi (Vasilyev). Urg‘ochi qandalalar bitta poyaga 20 gacha va undan ham ko‘proq tuxum qo‘yadi, bu tuxumlar ustma-ust bitta tik qatorga yoki noto‘g‘ri shakldagi uyumchalarga joylanadi.
Lichinkalar tuxumdai chiqishi bilanoq oziqlana boshlaydi. Lichinkalar juda tez o‘sadi: yoz o‘rtasida tuxum qo‘yilgan paytdan boshlab 20—27 kunda qandala voyaga yetadi.
Qandalalarning tuxum qo‘yishi va lichinkalarning tuxumdan chiqishi butun yoz bo‘yi davom etadi. Ana shu sababli bu zararkunanda surunkasiga urchiy beradi. Bedapoyada voyaga yetgan qandalalar qish va ko‘klamdagina bo‘lmaydi. Qishlayotgan tuxumlardagi lichinkalar aprelda chiqadi—tug‘iladi.
Ba’zan bedapoyadagi qandalalar shuncha tez ko‘payadiki, entomologik matrapni poya uchlariga bir marta solishda o‘nlarcha va undan ham ziyodroq qandala tutiladi. G‘o‘zaga qandalalar, odatda, bedaning ikkinchi o‘rimi davrida tushadi. Qandala so‘rgan ko‘sakda qora, bir oz botiq dog‘ paydo bo‘ladi. Chanoqning ichki tomonida yopishqoq modda bilan to‘lgan shish chiqadi. Qandala teshgan joyga bakteriyalardan tashqari aktinomitset zamburug‘lar ham tushadi. Bundan ko‘sak aktinomikoz kasalligi bilan kasallanadi. Qandala so‘rgan g‘o‘za shonalari to‘kiladi.

Download 26.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling