17– mavzu. Beda zararkunandalari va ularga qarshi kurash reja


Download 26.68 Kb.
bet5/10
Sana29.03.2023
Hajmi26.68 Kb.
#1305348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
17-ma`ruza

Kurash choralari. Qandalaga qarshi kech kuzda yoki qish faslida beda ang‘iziga o‘t qo‘yish tavsiya qilinadi. Buning uchun bedapoyaga g‘alla poxoli yoyiladi. So‘ngra poxolga shamol esayotgan tomondan o‘t qo‘yiladi, o‘t qo‘yish bedaga zarar qilmaydi. Beda ang‘iziga qishda yoki kech kuzda o‘t qo‘yilganda beda qandalasidan boshqa zararkunandalarning, ayniqsa tuganak uzunburuni va fitonomusning ham anchaginasi qirilib ketadi. Beda ang‘izini yondirish o‘rniga beda hosilini kech kuzda taqir qilib o‘rib olsa ham bo‘lar edi, biroq hozircha buning uchun maxsus qurollar chiqarilmagan.
Kamida ikkinchi yil o‘stirilayotgan urug‘lik bedapoyalar kuzda chimqirqarsiz plug bilan 22—25 sm chuqurlikda haydaladi.
Qishlayotgan zararkunandalarni kamaytirish uchun erta ko‘klamda yoki kech kuzda begona o‘tlarni butunlay yo‘qotish chorasini ko‘rish kerak.
Beda qandalasini o‘ldiradigan insektitsidlar bir vaqtning o‘zida beda bitlarini ham qiradi. Beda qandalasiga qarshi kurashda mexanik tutqichlar ham ishlatiladi.


Beda barg filchasi yoki fitonomus
Phytonomus variabilis Hbst.
Zarari. Fitonomus—Markaziy Osiyoda bedaning jiddiy zararkunandalaridan biri bo‘lib, har yili eng qimmatli birinchi o‘rim bedani juda qattiq zararlaydi. Bedaning har bir poyasida o‘rta hisobda faqat bitta lichinka bo‘lganida gektardagi o‘t hosili 17,2 sentner (quruq beda hisobida 4,56 sentner) kamayadi. Odatda esa bedapoyadagi zararkunanda ancha ko‘p bo‘ladi va u zo‘r berib urchiganida beda hosilining 65 % ga yaqin qismi yo‘qoladi. Fitonomus qattiq zararlagan beda xashagida odatdagi 3,6 % o‘rniga 2 % jir va 16,8 % o‘rniga 9,8 % oqsil bo‘ladi. Bir gektar bedapoyaning birinchi o‘rimidan o‘rta hisobda 45 sentnerga yaqin pichan, agar beda fitonomus bilan qattiq zararlansa atigi 16 sentner pichan olinadi; shu bilan birga bu pichanda 745 kg o‘rniga atigi 157 kg oqsil va 163 kg o‘rniga faqat 32 kg jir bo‘ladi. Buning ustiga, fitonomus o‘z axlati bilan bedani juda ifloslaydi, axlatda kantaridin deb atalgan va mollarga zarar qiladigan zahar bo‘ladi.
Shimoliyroq mintaqalarda yoki ko‘klamning sovuq kunlari uzoq davom etsa, bedaning ikkinchi o‘rimi ham birmuncha zararlanadi. Fitonomus juda qattiq zararlagan beda gullamaydi, demak fitonomus urug‘lik bedaga ham zarar yetkazadi.

Download 26.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling