Mavzu; Strug qurilmasining ish unumdorligini hisoblash
Download 111,89 Kb.
|
strug qurilma
Mavzu; Strug qurilmasining ish unumdorligini hisoblash Reja
Strug qurilmasi zaboy bo’ylab hararkat qilib keskichlar yordamida ko’mir qatlamini kesib, maydalab va konveyrga yuklashni amalga oshiradi. Strug qurilmalari 1950-yillardan 1980-yillargacha nemis ko’mir konlarida keng qo’llanilgan. Bunday turdagi kombaynlarni ishlab chiqishda qo’llanilgan keyin shnekli ish organidan foydalanish darajasi kamayib ketdi. Strug qurilmalari 0.6mdan 2.3mgacha qalinlikda va 45o qiyalikgacha bo’lgan konlarda foydalanish mumkin. 1 metrgacha qalinlida sidirg’ichning asosiy kesish qismi undan katta hollarda esa tinch plitalar yordamida qazish ishlari bajariladi. Nisbiy energiya harajati 1 dan 10MJ/m3gacha, harakat tezligi 3m/s gacha, kesish chuqurligi 4 smdan 20 sm gacha yetadi. Qirgich qurilmalari bilan foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish eng istiqbolli yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Uning yordamida eng yuqori texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishish mumkin. Eng ko’p tarqalgan turi tezyurar tishli uzatkichli qirg’ich qurilmalardir. Qirg’ich 50-150 mm bo’lgan qalinlikdagi ko’mir qatlamini kesib oladi. Qirg’ich qurilmalar quydagi toifalarga bo’linadi; buziladigan massivga tasir ko’rsatishiga qarab qirg’ich qurilmalari static va dinamik tasir etuvchilariga bo’linadi. Static tasir etuvchi qirg’ich qurilmalarida keskin davom keskich doimiy kuch tasirida massiv bilan kontaktda bo’ladi. Bunday qirg’ich qurilmalari ko’p tarqalgan bo’lib yumshoq va o’rtacha qattiqlikdagi ko’mir qatlamini qazib olishda samarali natija beradi. Qattiq va qovushqoq ko’mir qatlamlarini qazib olish uchun dinamik kuch bilan tasir etuvchi qirg’ich qurilmasini barpo etish bo’yicha izlanishlar olib borilyabdi. Bu sohada taklif qilingan konstruksiyalarni uch guruhga ajratish mumkin.
Titrab tasir etuvchi qirg’ich qurilmasining tebranma harakatda bo’lib har bir titrashda ko’mir massiviga tasir ko’rsatadi. Zarb va titrab zarb bilan tasir etuvchi qirg’ichda keskich doimo ko’mir massivi bilan kontaktda bo’ladi. Unga zarb mexanizimi yoki vibrator vaqt-vaqti bilan zarb berib turadi. СДС-2 ВИА-4 ДВС dinamik tasir etuvchi qirg’ich qurilmalarining namunalari ishlab chiqilgan. Ularning zarb energiyasi 200-600 kg va undan ko’proq minutiga 100-850 marta zarb beradi. Qirg’ich qurilmalarni quydagi turlarga bo’lish mumkin
Shu bilan birga ko’mir qatlamining yon tomonidagi tog’ jinslarining mustahkamligi vaqtincha mustahkamlagichlar ishlatilmaslikka moyil bo’lganda sidirg’ich qurilmasini ishlatish yaxshi samara beradi. Sidirg’ich qurilmasini foydali qazilma qatlamlarining ichida yirik va qattiq kolchedan, kvars nokerak tog’ jinsi qatlamlari bo’lganda ishlatish malum qiyinchiliklar tug’diradi yoki umuman ishlatib bo’lmaydi. Shuningdek ko’mir qatlamining ustki yoki pastki qismi yoxud ikkalasi notekis yumshoq tog’ jinslaridan tashlik topganda ham qirg’ich qurilmasining ishini tashkil etish mushkullashadi. Qirg’ich qurilmasi yordamida ko’mir qazib olinganda
Qirg’ich qurilmalarining yuqorida ko’rsatilgan ustunliklari mumkin bo’lgan kon geologic va kon texnik sharoitlarida ularni albatda qo’llash zarurligini ko’rsatadi. Qirg’ich qurilmasining nazariy unumdorligi quydagicha aniqlanadi; QH=60*H*hvy, t/soat Bu yerda H-ko’mir qatlamining qalinligi, h-qirg’ich tishlari hosil qilgan kesikning qalinligi, v-qirg’ichning qirqish tezligi, y-ko’mirning hajm og’irligi. Qirg’ich qurilmasining texning unumdorligi esa quydagi formula yordamida topiladi; Qtex=QHKT, t/soat Bu yerda KT-qurilmaning texnik tomondan takomillashganlik koifitsiyenti, KT<1. Bu koeffitsiyentqurilmaning uzluksiz ishlash imkoniyatini xarakterlaydi. KT= Bu yerda Tk.o-lavaning ikki tomonida bajariladigan jarayonlar (qirg’ichni qayta ushlash, tayanch balkalarni qayta ulash) xronometraj asosida qabul qilinadi. Tn.o-qirg’ichning ishiga bog’liq bo’lmagan jarayonlar(keskichlarni almashtirish va hokazo) ga sarflangan vaqt. Tu.n=qirg’ich qurilmasining nosozliklarini bartaraf etishga ketgan vaqt. Qirg’ich qurilmasining nosozliklarni bartaraf etishga ketgan vaqt quydagi ifodadan aniqlanadi Tu.n=T( Bu yerda T-qirg’ichning bir tomonga bo’lgan harakatida kesik ochishga ketgan vaqt, Ke.n-qirg’ich qurilmasini ishlatish ishonchiligi koeffitsiyenti, hisoblarda taxminan KE.N=0.8 qabul qilingan Qirg’ich qurilmaning ishlatish vaqtidagi unumdorligi quydagi ifoda yordamida aniqlanadi Qi=Qtex*Ke , soat Bu yerda Ke-ishlatish vaqtidagi nosozliklarni bartaraf etish uchun ketgan vaqtni hisbga oluvchi koeffitsiyent. Hisoblashlarda Ke=0.9 atrofida qabul qilinadi. Xulosa Qirg’ich qurilmalari kon ko’mirni qazib olish jarayonida katta va muhim ahamiyatga ega bo’lar ekan. Ko’mirni qazib olishda qirg’ich qurilmalar sifatli va serunum ishlar ekan. Bu esa o’z navbatida ko’mirni sifatini oshirib beradi. Qirg’ich qurilma ko’mirni boshqa mashinalarga qaraganda sifatli va tez kovlab berar ekan. Bu esa konchilik sohasida katta bir yutuqdir. Yana bir yaxshi tomoni ketgan energiya ham boshqa mashinalarnikidan ancha kam ishlatar ekan. Strug qurilma bizda mamlakatda har qysi tog’li hudud va tekisliklarda ko’mir qazib olishi mumkin ekan. Bizning mamlakatda ham zamonaviy texnologiyalarni ko’payishi konchilik sohasida ham katta yutuq beradi. Foydalanilgan adabiyotlar A.M.Isaxodjayev “kon mashinalari va majmualari” Yatsix.V.G Imas.A.D “gornie mashini I kompleksi” Internet saytlar www.kitoblar.org.com www.pdf_kitoblar.com Download 111,89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling