„hid tarqatuvchi, O


Download 20.27 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi20.27 Kb.
#1146248
Bog'liq
atama


Ozon (qadimgi yunonchaὄζω — „hid tarqatuvchi“), O3 — kislorodning allotropik shakli. Ozon molekulasida 3 ta kislorod atomi bor. Ozonni ilk bor 1785-yilda gollandiyalik fizik Martin van Marum havo orqali elektr uchqunlari oʻtkazilganda oʻziga xos hid paydo boʻlishi va oksidlovchi xossaga ega boʻlishligini topgan. Ozonning xossalari kislorodnikidan keskin farq qiladi. Koʻk tusli va odatdagi sharoitda portlovchi gaz. Qaynash temperaturasi — 111,8°C, suyuqlanish temperaturasi — 192,4°C. Kuchli oksidlovchi va bekaror modda. Kaliy yodidning neytral eritmasiga ozon taʼsir etganida, kaliy yodid oksidlanib, yod hosil boʻladi. Qora tusli qoʻrgʻoshin sulfid ozon taʼsirida oksidlanib, oq tusli qoʻrgʻoshin sulfatiga aylanadi. Ozon baʼzi bir anorganik va organik moddalar bilan birik-kanda, ozonidlar (qarang Peroksidlar) vujudga keladi. Ozon hosil qilish uchun maxsus asbob — ozonator ishlatiladi. Ozon havoda juda oz miqdorda (1 m3 da 1 m2) boʻladi. Yer yuzasidan uzoklashgan sayin ozon miqdori ortib boradi va 20-25 & nbsp;km balandlikda maksimumga yetadi. Oksidlovchi, dezinfeksiyalovchi va bakteriyalarni oʻldiruvchi xossalarga ega boʻlganligi uchun ichimlik suvini tozalashda, oziqovqat sanoatida, oksidlovchi sifatida yogʻ va qogʻozni oqartirishda ham ishlatiladi. Ozonning havodagi konsentratsiyasi 5—10 % dan oshmasligi kerak, chunki ozon is gazi SO ga nisbatan ham zaharlidir. Ozon qatlamining qalinligi 0.2-03 mm.
Biosfera (bio... va yun. sphaira—shar) — Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobigʻi. Biosferaning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bogʻliq. Biosfera "hayot qobig'i", toʻgʻrisidagi dastlabki fikrni J.B Lamark bildirgan. "Biosfera" terminini esa fanga avstraliyalik geolog E. Zyuss (1875) kiritgan. Biosfera ta'limot toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotni rus olimi V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan.
B. atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda boʻlgan qismi (20–25 km), litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani toʻliq oʻz ichiga oladi. B.ning quyi chegarasi quruqlikda 2–3 km, okean tubida 1–2 km chuqurlikkacha boradi.
Yerdagi hayot murakkab va xilmaxil organizmlar kompleksidan iborat. Tirik organizmlar va ular yashaydigan muhit oʻzaro chambarchas bogʻlangan bir butun dinamik sistema—biogeotsenozlarni hosil qiladi.
Yerda hayotning rivojlanishi davomida organizmlarning bir guruhi ikkinchisining oʻrnini olib turgan boʻlsada, u yoki bu geokimyoviy funksiyalarni bajarib turadigan organizmlar nisbati oʻzgarmasdan qolgan. Shu tufayli turli geologik davrlarda moddalar bir xil tezlikda Yer qobigʻida toʻplanib borgan. Shunday qilib, tirik organizmlar hayotning muhim sharti boʻlgan anorganik muhitning doimiyligi (gomeostaz holati)ni saqlab turadi.
Freonlar — yogʻ qatori uglevodorod ftoridlar va uglevodorod ftorxloridlar guruhi. F. suvda erimaydigan, organik erituvchilar va koʻpgina surkov moylarida esa yaxshi eriydigan gazsimon yoki suyuq moddalardir. F. nisbatan kimyoviy inert, havo bilan portlovchi aralashmalar hosil qilmaydi, yonmaydi, lekin alanga taʼsirida parchalanib zaharli diftor va ftorxlorfosgenga aylanadi. F. sulfat kislota va konsentrlangan ishqorlar taʼsiriga chidamli, texnikada qoʻllanadigan koʻpgina metall va qotishmalar (latun va magniy asosidagi qotishmalardan tashqari) bilan reaksiyaga kirishmaydi. F. vodorod ftorid yoki surma ftoridlarga tegishli uglevodorod xloridlar taʼsir ettirib hosil qilinadi. Sovitish mashinalarida sovitkich modda oʻrnida (mas, CC13F, CC12F2 va boshqalar), yongʻinni oʻchirishda (mas, CBrF3), baʼzi F. ftorli olefinlar va ular asosida polimerlar olishda xom ashyo sifatida qoʻllanadi.
Download 20.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling