Qaffol ash-shoshiyning ilmiy merosi reja: qaffol ash-Shoshiy hayot yo’li Qaffol ash-Shoshiy asarlari


Download 29.56 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi29.56 Kb.
#1516378
Bog'liq
QAFFOL ASH-SHOSHIYNING ILMIY MEROSI



QAFFOL ASH-SHOSHIYNING ILMIY MEROSI


REJA:


1) Qaffol ash-Shoshiy hayot yo’li


2) Qaffol ash-Shoshiy asarlari.


3) Mustaqillik yillarida olimning boy merosiga bo'lgan ehtirom.
1. Toshkent – oʻrta asr arab manbalarida esa Shosh – tarix jarayonida koʻplab shoir va adiblar, allomalar, riyozat va tabobat ahillarini yetishtirgan. Ana shunday allomalardan biri Qaffol ash-Shoshiydir.

Qaffol ash-Shoshiyning toʻla ismi Abu Bakr ibn Ali Ismoil Qaffol ash-Shoshiy boʻlib, arab manbalarida uning hurmatini bajo keltirish uchun nomiga katta, ulugʻ yo muhtaram maʼnosini ifodalaydigan “al-Kabir” soʻzini qoʻshib yozadilar. Bu bilan oʻtmishdoshlarimiz Qaffol ash-Shoshiyga nisbatan buyuk ehtiromni ifoda etganlar.


Qaffol ash-Shoshiy hunarmand oilada dunyoga kelgan koʻrinadi. Shu sababdan “Qaffol” – qulfsoz deb mashhur boʻlgan.


Qaffol ash-Shoshiy asli qulfsoz usta boʻlib, kichik va nozik qulflar yasaydigan, qoʻli gul kishi boʻlgan.
Ash-Shoshiy dastlabki taʼlimni oʻz yurtida, keyinchalik Markaziy Osiyoda mavjud maʼrifat oʻchoqlaridan oladi. Samarqand, Buxoro, Termiz kabi shaharlarni kezadi. Bu yerlarda undan sal oldinroq oʻtgan va anchagina meros qoldirgan Imom Ismoil al-Buxoriy (810–870), Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824–892) kabi yirik mutafakkir olimlar merosi bilan tanishadi, ulardan bahramand boʻladi. U birmuncha vaqt Samarqandda yashab, u yerda taʼlim oldi. Qaffol ash-Shoshiy qattiq kirishib fiqhshunoslikni oʻrganadi. Zero bu fan musulmon Sharq oʻlkalarida juda keng tarqalgan va ijtimoiy hayotda muhim ahamiyatga ega boʻlib, bu fanni egallagan kishilar hamma joyda qadrlanar, ularga zarurat ham katta, chunki ijtimoiy hayotda qonunshunoslikka talab katta boʻlib turishi tabiiy edi. Qaffol ash-Shoshiy fiqh ilmini egallash bilan birga fikr doirasi oʻta keng, falsafa, mantiq, adabiyot sohalarini ham puxta egallagan, bu sohalarda eng bilimdonlar bilan munozara qila oladigan qudratga ega boʻlgan bir zot edi. Qaffol ash-Shoshiy doimo ilm-maʼrifat istagida qoʻnim topmay, bir oʻlkadan ikkinchisiga – ilm chashmalaridan bahramand boʻlish niyatida Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarini kezadi, Hijoz, Bagʻdod, Damashq kabi shaharlarga boradi, u yerlarda zamonasining koʻzga koʻringan olimlaridan ilm-maʼrifat oʻrganadi.

Qaffol ash-Shoshiyning taʼlim olgan ustozlariga qarab ham uning bilimi, qanday fanlarni oʻrganganligini bilish mumkin. Manbalarning koʻrsatishicha, Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslik va tarix sohasidagi ustozi mashhur olim at-Tabariy (839–923) edi. Maʼlum boʻlishicha, Abu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir at-Tabariy Musulmon Sharq mamlakatlarining eng yirik tarixchisi boʻlib, koʻp jildlik asarlar muallifi edi.


Qaffol ash-Shoshiyning ikkinchi yirik ustozi Abul Hasan Ali ibn Abu Muso al-Ashʼariy (873–941) edi. Bu kishi Sharqda kalomchilar oqimining asoschisi boʻlib, bu sohada anchagina asarlar yozgan edi. Ash-Ashʼoriy aslida islom falsafasida mashhur boʻlgan ashʼariya oqimi asoschisi sanaladi. Tojiddin Abu Nasr Abdulvahhod as-Subkiyning (tugʻilgan yili 1327) xabar berishicha, “Qaffol ash-Shoshiy olim al-Ashʼoriydan kalom ilmini oʻrganar va oʻz navbatida al-Ashʼoriy undan qonunshunoslik sohasini oʻrganar ekan”. Arab olimi va bibliografi ibn Xallikon (1211–1282) oʻzining “Vafoyot al-aʼyon” (“Ulugʻ kishilar vafoti”) degan asarida Qaffol ash-Shoshiy haqida toʻxtab shularni yozadi: “Qaffol ash-Shoshiy hadis ilmini bilgan, tilshunos, shoir odam edi. Oʻsha vaqtda Movarounnarhrda u kishiga teng keladigan olim yoʻq edi. Bu kishi Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom (Suriya) va boshqa oʻlkalarga sayohat qilib, hamma yerda ham nom taratdi… u kishining koʻp asarlari boʻlgan”.


2. Qaffol ash-Shoshiy qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid asar yozgan. Uning “Odob al-qozi” (“Qozining feʼl-atvori”), “Odob al-bahs” (“Bahs odobi”) degan taʼlifi boʻlib, arab tilidagi sheʼrlari maʼlum. Bu xususda yuqorida zikr qilingan arab olimi ibn Xallikon yozadi: “Qonunshunoslardan dastlab otilib chiqib “Husni jadal” (“Dialektika goʻzalligi”) degan asar yozgan kishi ham shu Qaffol ash-Shoshiy edi”.


Qaffol ash-Shoshiy yaxshi shoir ham boʻlib, oʻz sheʼrlarini arab tilida yozgan. Ammo uning sheʼriy ijodi davrimizgacha yetib kelmagan, faqatgina as-Subhiyning “Tabaqat ash-Shofiiyya” (“Shofiiyya mazhabi darajalari”) degan kitobda uning sheʼrlaridan parchalar saqlanib qolgan. Uning oʻsha sheʼrlarida shunday satrlar ham bor:


“Kimki uyimga mehmon boʻlib keladigan boʻlsa, dasturxonim doimo uning uchun yozilgan boʻladi. Kimki mening dasturxonimdan biror narsa yesa, (bilsinki) undagi barcha noz-neʼmat peshona terim bilan topilgan, (yaʼni) halol boʻladi.


Biz bor-budimizni mehmon oldiga qoʻyamiz. Bordiyu (qoʻyishga) narsa topolmasak, u holda sabzavot bilan sirka qoʻyamiz. Shunda begʻaraz, koʻngli ochiq odam boʻlsa, u bunga rozi boʻlib koʻnadi; bordiyu baxil boʻlsa, u holda uni men tuzata olmayman”.


Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslikka doir asari davr taqozasiga koʻra islom tarqalgan mamlakatlarda keng koʻlamda yoyildi.Qaffol ash-Shoshiyning qalamiga mansub boʻlgan sheʼrlar as-Subkiy asariga kirib qolgan. Bu parchadan maʼlum boʻlishicha, Vizantiya imperatori bilan arab xalifasi oʻrtasida janjalli yozishmalar boʻladi. Bu yozishmalarda Vizantiya imperatori arab xalifaligiga doʻq va poʻpisa bilan murojaat qilib, bir vaqtlar uning yerlari boʻlgan, hozir esa Bagʻdod xalifasi egallab turgan oʻlkalarni tinchlik bilan, osonlikcha ularga qaytarib berishni talab qiladi. Vizantiya hukmdorlari maktubni balandparvoz chiqishi uchun uni arab tilida sheʼr bilan bitadilar. Sheʼr hoshimiylar xonadonidan boʻlmish hukmron xalifaga deb atalgan. Maktubda shunday satrlar ham bor:

“Biz sherdek otilib chiqib, oʻz yerlarimizni egalladik. Damashq oʻlkasi esa ota-bobolarimiz maskani edi, biz bu diyor mol-mulkiga ega boʻlamiz, Misrni ham qilichimiz tigʻi bilan egallaymiz. Hijoz, Bagʻdod, Sheroz, Ray, Xuroson, Quddus, Sharqu Gʻarb hammasini egallaymiz” deb xalifa va uning sarkardalariga dagʻdagʻa soladi, ularni ayyorlik bilan qoʻrqitmoqchi va nihoyat ularni osonlikcha qoʻlga kiritmoqchi boʻladi. Xuddi mana shu voqealar boʻlgan kezda Qaffol ash-Shoshiy Bagʻdod shahrida boʻladi. U xalifalikda iqtidori zoʻr olim, saroy aʼyonlari oʻrtasida yaxshigina qonunshunos, zabardast shoir sifatida tanilgan edi. Shu sababdan Vizantiya hukmdorining lashkarboshisi Tagʻfur (arab manbalarida Takfur) xatiga javob yozishni xalifalik nomidan Qaffol ash-Shoshiyga topshiriladi. Bu ham alloma ash-Shoshiyga nisbatan katta ehtirom edi.Qaffol ash-Shoshiy maktubni oʻqib koʻrib, oʻsha maktub yozilgan sheʼr vaznida va oʻsha tarzdagi qofiyada Tagʻfur nomiga arab tilida javob sheʼrini yozadi. Vizantiyaliklarga mana shu ash-Shoshiy yozgan javob xatining yetmish toʻrt bayti (148 yoʻli) yuqorida zikr qilingan Tojiddin as-Subkiyning “Tabaqat ash-Shofiiyya” asari ichida saqlanib qolgan. As-Subkiyning yozishicha, vizantiyaliklar, xususan, uning lashkarboshisi Tagʻfur ash-Shoshiyning bu javob sheʼrini oʻqib, dahshatga tushadi. Soʻng lashkarboshilar bundan taajjubga tushib, bir-birlaridan soʻrashibdi:


– Bu javobni yozgan kishi kim boʻldi ekan, u qaysi yurtdan ekan, xalifalikda biz bunday isteʼdodli zot borligini bilmas edik-ku?


Xullas Vizantiya lashkarboshilarini Qaffol ash-Shoshiyning diplomatiya tarzida yozilgan javob maktubi esankiratib qoʻyadi. Voqeaning nima bilan tugashining bugungi kunda ahamiyati yoʻq, lekin bu birgina misol orqali Qaffol ash-Shoshiyning zabardast davlat arbobi, hozirjavob shoir ekanligi maʼlum boʻladi.


Qaffol ash-Shoshiy shunday ulugʻvor va dovyurak shoir, ajoyib bir shaxs boʻlgan. Afsuski, uning adiblik, shoirlik, tilshunoslik, mantiqshunoslik faoliyati bilan deyarli hech kim shugʻullanmadi, uning jadal dialektikaga oid asari ham oʻrganilgan emas.Manbalarning koʻrsatishicha, bagʻdodlik Xoʻja Muhammad Nomiy degan olim Qaffol ash-Shoshiy qoʻlida oʻqigan, natijada u bilan qalin doʻst boʻlib qolgan ekan. Shu kishi oʻz oilasi bilan birga ash-Shoshiyga ergashib Toshkentga kelgan, umrining oxirigacha shu yerda qolib ketgan. Qaffol ash-Shoshiy 976 yili Toshkentda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan. Hozir Toshkentning xalq orasida “Hastimom” deb ataladigan joy shu moʻtabar zotga nisbatan aytiladigan nom “Hazrati imom”ning qisqargani boʻladi. Aslida bu joyning nomi Hazrati Imom Qaffol ash-Shoshiydir. U kishining qabrlari tegrasida Toshkentda mashhur boʻlgan moʻtabar zotlar dafn etilgan.


Qaffol ash-Shoshiy maqbarasi Toshkentning eng eski, qoʻzga koʻringan tabarruk bir qadamjosi sanaladi.


3. Hamshaharlari uni ilmu donish, adolatli va fuqaroparvarligi tufayli e’zozlab, unga maqbara bunyod etadilar. Ul zotning qabrlari atrofida Toshkent tarixiga dahldor bo‘lgan mashhur va mo‘’tabar zotlar abadiy uyqudalar.


Hozir Toshkentliklar iborasida “Xastimom” deb ataladigan joy shu mo‘’tabar zotga nisbat berib aytiladigan «Hazrati Imom» so‘zining qisqargan shaklidur.
1541-42 yillarda nurab qolgan dastlabki maqbara o‘rniga hozirgi maqbara Toshkent hokimi Baroqxon taxallusli Navro‘z Ahmadxon topshirig‘i bilan saroy me’mori G‘ulom Xusayn loyihasi asosida qayta qurilgan. YUNESKOning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzilmasi – ISESCO tomonidan Toshkent shahri 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan, alloma asarlari nashrga chiqdi uning maqbarasi obodonlashtirildi.

Qaffol ash-Shoshiyning “Odob al-Qozi”, “Odob al-Bahs” asarllari.


O’rta asrlarda Toshkentdan yetishib chiqqan yirik allomalardan biri mashhur qonunshunos, faylasuf, tilshunos va zabardast adib Qaffol Shoshiy edi. U hijriy 291, milodiy hisobi bilan 903-yili Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Qaffol Shoshiyning manbalarda uchraydigan to’liq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol ash-Shoshiydir. Hatoo u kishining hurmatini bajo keltirish maqsadida ismi yoniga “al-kabir” so’zini ham qo’shib aytishgan. Qaffol Shoshiy hunarmandlar oilasida dunyoga kelgan bo’lsa kerak, chunki uning ismi bunga dalolat qiladi. “Qaffol” – qulfsoz degani (arabcha “qufl” – bizning tilimizga o’tib buzilgan va “qulf” shaklida talaffuz qilinadi). Manbalarda saqlanib qolgan ba’zi rivoyatlarga ko’ra, Shoshiy qulf yasashga juda usta bo’lib, hatto, pashshaning oyog’iga kishan-qulf yasay olgan, vazni chorak kumush tanga og’irligidek jajji qulf yasagan ekan. Bu gaplardan Shoshiy ishiga puhta bo’lgan degan ma’no uqish mumkin. Ilk ta’limni o’z yurtida olgan alloma keyinchalik Samarqandda yashab ta’lim olgan. Dastlab u fiqhshunoslikni o’rgandi. Qaffol Shoshiy fiqh ilmini egallash bilan birga fikr doirasi o’ta keng falsafa, mantiq, adabiyot sohalarini ham puhta egallagan, bu sohalarda eng bilimdonlar bilan munozara qila oladigan qudratga ega bo’lgan bir zotdir. Keyin u ilm chashmasidan ko’proq bahramand bo’lish istagida Yaqin va O’rta Sharq hududlariga sayohat qilgan. Umuman Qaffol Shoshiy ko’p o’lkalarga sayohat qilib, qaysi mamlakatda zo’r olim bo’lsa, ulardan bilganlarini o’rganishga harakat qilgan. Arab olimi ibn Xallikon o’zining “Vafayod al-a’yon” (Ulug’ kishlar vafoti) asarida Qaffol Shoshiy haqida shularni yozadi: “Qaffol Shoshiy hadis ilmini bilgan, tilshunos shoir edi. O’sha vaqtda Movarounnahrda u kishiga teng keladigan olim yo’q edi. Bu kishi Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va boshqa o’lkalarga sayohat qilib, hamma yerda ham nom taratdi…u kishining ko’p asarlari bo’lgan”. Qaffol Shoshiy qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid asar yozgan. Uning “Odob al-qozi” (“Qozining fe’l atvori”), “Odob al-bahs” (“Bahs odobi”) degan ta’lifi bo’lib, arab tilidagi she’rlari ma’lum. Bu xususda yuqorida zikr qilingan aran olimi ibn Xallikon yozadi: “Qonunshunoslikdan dastlab otilib chiqib, “Husni jadal” (“Dialetika go’zalligi”) degan asar yozgan kishi ham ana shu Qaffol Shoshiydir”.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  1. Абдукаххор Иброхимов. Муфтийлар сулоласи: (бадиалар) / Тошкент,:Мериюс, 2010 –б. 165.

  2. Маънавият юлдузлари. Т.:А.Кодирий номидаги халк мероси нашри., 1999 –б. 73-75

  3. N.Muhamedov. Islomshunoslik qomusiy lug’at., O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent Islom Universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi.T.: “Movarounnahr”, 2014. b.314-315.

Web-saytlar:


  1. www.wikipedia.uz.

  2. www.arboblar.uz

  3. www.google.uz.



Download 29.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling