` O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Beg oti bilig birla bag'liq turur
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
qutadgu bilig dostonida notiqlik sanati va nutq odobi masalalari
Beg oti bilig birla bag'liq turur, Bilig lom(i) katsa bag oti qalur. 31
Ko'rinadiki, shoir o'z mulohazalarini teran badiiy mushohada qilish, o'quvchilarga yetkazish maqsadida noan`anaviy tashbehlar izlaydi. Uning «bilim» va «beg» so'zlarini tanlashi zamirida ham o'shanday muddao yotadi. Darhaqiqat, bu ikkala so'z bir-biriga ancha yaqin (arabcha yozganda) va «bilig» so'zidan «lom» harfi olinsa «beg» so'zi qoladiki, shoir shu hodisani g'oyatda ta'sirchan ifodalashga muvaffaq bo'ladi. Shoirning fikricha, bek qanchalik bilimli, ma'rifatli bo'lsa, u olim va donishmandlarning qadriga yetadi. Shuningdek, asarda muallif hukmdorning raiyat oldidagi burch va vazifalari, ayni chog`da, xalqning o'z begi oldidagi mas'uliyati haqida ham g'oyatda qimmatli rnulohazalar bayon etadi: Raiyat haqi bar saningda ko'r, uch, Bu haqni o'tagil, uzun qilma kuch.
Birisi elingda arig tut kumush, Iyarni ko'dazgil, e bilgi o'gush.
Taqi bir budunqa to'ra ber ko'ni, Ko'tar bir ekidin kuchin, ko'r ani.
Uchunchi emin tut qamug' yo'llarig', Qarag'chig', sakarchig' aritg'il arig'.
O'tamish bo'lursan raiyat haqi , San otru haqing qul, ey elchi aqi.
Raiyat uza ul saning uch haqing, Tilagu ulardin , san ach qulg'aqing 32 . Mazmuni: Raiyat haqi bor seningda, boq, uch, Bu haqni o'tagil, hadeb qilma kuch.
Bin - tut elingda faqat sof kumush, Kuzat sofligini , ey zako xulqi xush,
Biri - xalqqa odil siyosat yurit, Hal et birga bir zulmini ezgu tut.
Uchinchi emin tut jami yo'llarin, Qaroqchi va rahzanni qo'yma barin.
31 Yusuf Хоs Hоjib. Qutаdg’u bilig. Tоshkеnt:. Fаn. 1971. 386 –bеt. 32 Yusuf Хоs Hоjib. Qutаdg’u bilig. Tоshkеnt:. Fаn. 1971. 388 –bеt. 22
O'talgan bo'ladi raiyat haqi, Va so'ng sen haqing so'r , ey elchi sahi.
Raiyatda bordir sening uch haqing, Talab qil ulardin, sen och qulog'ing 33 . Keltirilgan fikrdаn аnglаshilаdiki, bekning raiyat oldida o`ta mas'uliyatli uchta burchi mavjuddir. Ulardan biri bek kumushning sofligini o'z qo'lida tutishi hamda xush xulqi va zakovati bilan uning tozaligini nazorat qilib turishi zarur. Bu bilan shoir pulning qiymatini ko'tarish, oltin va kumushning soxtalikdan himoya qilish hamda uni doimiy nazorat ostida tutish hukmdoring burchi ekanligini ta'kidlaydi. Shoir davr ahlini moddiy-ijtimoiy imkoniyatlariga tayanib, mag'rurlanib ketmaslikka chaqiradi. Shuningdek, ishratparastlik, kek, gina, kudurat, adovat, nizo, xusumat, buzuqlik, mayparastlik, boylik va davlatga haddan tashqari berilishni qattiq qoralaydi. Ayniqsa, shoirning mayxo'rlikning yomon oqibatlari xususidagi fikrlari diqqatga sazovordir: Bo'r ichma, aya bo'rchi bo'g'zi quli, Bo'r ichsa ochildi chig'ayliq yo'li.
Qara bo'rchi bo'ldi, nangi bo'ldi el, Begi bo'rchi bo'lsa, qachon turg'a el 34 . Mazmuni: May ichsa, ey mayxo'r va bo'g'zin quli, May ichsang ochilgay gadoylik yo'li.
Avom bo'lsa mayxo'r, molin yel olar, Begi bo'lsa mayxo'r, qachon el qolar 35 . Yusuf Xos Hojib "Qutadg`u bilig" asarining maxsus bir bobidа so`zlamoq yaxshiroqmi yoki jim turmoq, - degаn sаvоlgа jаvоb tоpishgа hаrаkаt qilаdi. Asar qahramonlarining aksariyati bir-birlari bilan olib borgan suhbatlarida mazkur bobda keltirilgan o`gitlarga amal qilishаdi. Asarda jumladan shunday deyiladi: Biliglig sezi sen eshit uznama Aygshasa ashnu sezun sezleme 36
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling