1
`
O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI
ОLIY VA O’RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Namangan Davlat Universiteti
Filоlоgiya fakulteti
4-kurs 401-guruh talabasi
USMОNОVА SHАHNОZА АBDURАSHITОVNАning
―Qutadg`u bilig‖ dоstоnidа notiqlik san`ati
va nutq odobi masalalari”
mavzusida yozgan
Ilmiy rahbar:
О.Bоltаbоyеvа
Namangan -2011
2
Annotatsiya
―Qutadg`u bilig‖ asarida notiqlik san`ati va nutq odobi masalalari‖ mavzuidagi bitiruv-
malakaviy ishda tadqiqotchi tomonidan asardagi notiqlik san`ati va nutq odobi masalalarini
atroflicha yoritishga harakat qilingan.
Shundan kelib chiqib, bitiruv-malakaviy ish jarayonida Yusuf Xos Hojibning hayot yo`li,
adabiy merosi hamda ―Qutadg`u bilig‖ dostoni va uning nusxalari haqida mukammal ma`lumot
berilgan.―Qutadg`u bilig‖ dostonining axloqiy- didaktik doston ekanligini baytlar tahlili asosida
izohlangan.
Yusuf Xos Hojibning nutq madaniyati va notiqlik san`ati nazariyasiga qo`shgan munosib
hissasi ilmiy tahlil etilgan. Dostondagi notiqlik san`ati va xushmuomalilik haqidagi qarashlar
ham ilmiy- badiiy tahlil etilgan.―Qutadg`u bilig‖ asari ilmiy tahlilining nutq madaniyati va
notiqlik san`atiga oid manbalar bilan aloqasi, o`xshash va farqli jihatlari qayd etilgan.