1.2. “Qutаdg’u bilig” dоstоnidа sujеt vа g’оyaviy yo’nаlish
―Qutadg'u bilig‖ning asliyati nasriy muqaddima bilan boshlanadi. Unda dostonning to'rtta
yetakchi qahramonlari haqida mu'lumot beriladi. Ular: Kuntug'di, Elig-hukmdor, adolat ramzi;
Oyto'ldi-vazir, davlat ramzi; O'gdulmish-vazirning o'g'li (keyinchalik vazir) -aql ramzi va
nihoyat O'zg'urmish-qarindosh, zohid ofiyat (qanoat) ramzidir. Doston ana shu qahramonlar
o'rtasidagi munozara, savol-javob tarzida yozligan.
7
―Qutadg'u bilig‖ning hajmi (Namangan
nusxasida) 6500 bayt (o'n uch ming misra)ga yaqin bo'lib, 73 fasl- bobdan tashkil topgan. Uning
dastlabki fasli an'anaviy muqaddima boblaridan iborat. Bularda Alloh hamdi, Muhammad
alayhis-salomga bag'ishlangan na't, to'rt xalifa ta'rifi keltirilgan. Shuningdek, yoz tavsifi,
Bug'raxo'n madhi, yetti sayyora va o'n ikki burj, til odobi, ilmning foydasi kabi masalalar tasviri
ham muqaddimadan o'rin olgan. Dostonning bevosita Alloh hamdi bilan boshlanishini inobatga
olsak, dostonning nasriy muqaddimasi ham asar sujeti va unda ilgari surilgan yetakchi g'oyalarni
o'quvchiga to'la yetkazish yo'lida xizmat qilgаnini sеzish mumkin. ―Qutadg'u bilig‖ning
muqaddimaviy fasllari orasida ―Yetti kavokib va o'n ikki burj‖ deb nomlangan bob alohida
ahamiyatga ega. Uning dastlabki satrlarida Allohning buyuk yaratuvchanlik sifati ulug'lanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |