17. Somoniylar hukmdori Nuhning hukmdorlik yillari boshlangan va aholidan 2 marta soliq undirilib olingan yillar orasida necha yil farq bor?
A) 35 B) 28 C) 1 D) 12
18. Abbosiylardan birinchi xalifaning hukmdorlik yillarida quyidagi voqealardan qay biri sodir bo’lgan?
A) Abu Muslim xalifa buyrug‘iga binoan o‘ldiriladi
B) Talos vodiysida jang bo’ladi
C) Markaziy hokimiyat Bag‘dodga ko’chiriladi
D) Arablar Marv shahrini egalladi
19. Abu Muslim qo’zg’oloni bilan bog’liq javoblardan qaysi birida xatolik mavjud?
A) Umaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada Xuroson, Movarounnahr va Turkiston viloyatlariga keng tarqaladi
B) Qo’zg’olon davrida xalifalik taxtida Marvon II edi
C) Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon 747– 749 - yillarda Xuroson va Movarounnahrda bo‘lib o‘tdi
D) 747-yilda Abu Muslim aholini umaviylarga qarshi kurashga da’vat etadi
20. Quyidagi javoblardan qaysilari xato?
1. Somoniylar davrida davlat tasarrufidagi yerlar “mulki sultoniy” deb yuritilgan
2. Chek so‘zi arabcha termin bo‘lib, o‘sha vaqtda ham bu so‘z ayni ma’noda ishlatilgan
3. Qarluqlar o‘zbek va tojiklarning etnogenezida muhim rol o‘yagan
4. O‘g‘uzlar davlati Amudaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida tashkil topdi
5. Qarluqlar davlati shimol va sharqdan Elsuvi daryosi vodiysigacha, chigil qabilasi yaylovlarigacha chegaralangan
A) 1,3,4 B) 2,4 C) 1,4 D) 3,4,5
21. Qaysi davlatdan chetga asosan jun va junli mahsulotlar: gilam, sholcha, namat
kabilar olib chiqilgan?
A) Qoraxoniylar davlati
B) Somoniylar davlati
C) Qarluqlar davlati
D) O’g’uzlar davlati
22. Quyidagi atamalarning qay birida xatolik mavjud?
A) Madrasa arabcha – o‘rganmoq ma’nosini anglatadi
B) Hojib – devonxona boshlig‘i, bosh vazir
C) Ushr idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq
D) Amir (arabcha – “amr qiluvchi”, “boshliq”, “hokim”) – lashkarboshi, hokim, bek
Do'stlaringiz bilan baham: |