 Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qimlari  Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari


Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari


Download 237.16 Kb.
bet2/5
Sana02.11.2023
Hajmi237.16 Kb.
#1740689
1   2   3   4   5
Bog'liq
pvb oralq Xudayorov Sarvarjon SM-71

2. Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari
Malumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari pullik munosabatlar orqali amalga oshadi. Ishlab chiqarish uchun zarur bolgan resurslarni sotib olish, ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotish jarayoni odatda korxona va tashkilotlar o’rtasida olib boriladigan pullik munosabatlarga boђliq.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar o’rtasidagi va xo’jaliklarni o’z xodimlari bilan bo’ladigan hisob – kitob munosabatlari naqd pullik va naqd pulsiz shaklda olib boriladi.
Naqd pullik hisob kitoblarga kelganda naqd pulning xarakati bankdan boshlanadi. Naqd pul bankdan chikkach korxona va tashkilotlar kassasi orqali axoli kuliga utadi. Oldi sotdi va tolov xarakatlari bajarilgach u yana bankga kaytadi.
Mamlakatimizda naqd pul qullaniladigan pul aylanishi asosan quyidagi subyektlar ortasida boladi.

  1. Davlat va korxona, tashkilotlar, muassasalar ortasida (ish xaqi, tovar sotib olish, xizmat korsatish boyicha tolovlar va boshqalar)

  2. Davlat va axoli o’rtasida (pensiya, nafaqa, byudjetga soliq to’lovlari va boshqalar)

  3. Kredit tizimi va aholi o’rtasida (qarz olish, uni qaytarish, pulni jamђarmaga qo’yish va olish, yutuqlarni olish va boshqalar)

  4. Korxona, tashkilot va muassasalar ortasida cheklangan holdagi naqd pul boyicha hisob kitoblar, chunki ular ortasidagi hisob kitoblar asosan naqd pulsiz amalga oshiriladi.

Pulning naqd aylanishi bu naqd pul yordamida amalga oshiriladigan tolovlar yiђindisidir. Bu aylanish pul o’zining to’lov va muomila vositasi funksiyalarini bajarishi bilan boђliq.
Naqd pullar muomila vositasi sifatida aholi bilan korxona, tashkilotlar o’rtasida hamda aholi o’rtasidagi tovarlar sotib olinganda va sotishda qullaniladi.
Pul to’lov vositasi sifatida ish xaqi, nafaqalar, mukofotlar, yakka tartibdagi kurilish va boshqa maqsadlarga beriladigan kreditlar, suђurta to’lov va qoplamalarini amalga oshirishda namoyon bo’ladi.
Undan tashqari naqd pulning aylanishi:

  • Kommunal va maishiy xizmatlar uchun to’lovlarda

  • Soliq va boshqa yiђimlar to’lovida

  • «O’zbekiston pochtasi» xizmatlari bo’yicha to’lovlarda

  • Temir yul, xavo yuli va mahalliy transportga tolovlarda

  • Savdoda tovarlarni sotishda

- Šuyilmalarni quyish va olishda

  • Mehnat xaqi, pensiya va nafakalar tolovini amalga oshirishda va boshqa xolatlarda amalga oshiriladi.

Shuni takidlash lozimki, pulni naqd va naqd pulsiz aylanishi bir biri bilan ozviy boђliq, chunki pul naqd pul aylanishidan naqd pulsiz aylanishga va aksincha aylanib doimiy xarakatda bo’lib, umumiy pul aylanishini ta’minlaydi.
Korxona, tashkilot va muassasalarning banklardagi hisob raqamlaridagi pul mablaђlari quyidagi xollarda naqd pulga aylanadi:
- Ishchi, xizmatchilarga ish xaqi berishda
- Ko’rsatilgan xizmat va ishlar uchun naqd pul to’lovida
- Pensiya, nafaqa, har xil mukofotlar, suђurta qoplamasi to’lovida
- Aholidan qishloq xo’jalik mahsulotlari sotib olinganda
- Davlat zayomlari va lotoreya biletlari bo’yicha to’lovlarda
- Aholi banklardan o’z jamђarmalarini talab qilganda va boshqa hollarda
O’z navbatida naqd pullar quyidagi hollarda naqd pulsiz aylanishga tushadi:
- Uy– joy va kommunal xizmatlar uchun to’lovlarda
- Ќar xil soliq va yigimlar, boj va jarimalar to’lovlarida
- Aloqa tashkilotlariga to’lovlarda
- Davlat zayomlari, lotoreya va boshqa uyinlardan tushumlar orqali
- Aholini yakka tartibdagi banklar bilan qurilish va boshqa kredit munosabatlari bo’yicha to’lovlarda
- Bolalar muassasalaridan foydalanish bo’yicha to’lovlarda
- Dam olish uylari va boshqa soђlomlashtirish muassasalaridan foydalanish bo’yicha to’lovlarda va boshqa hollarda
Pulning naqd pullik aylanishga o’tish jarayoni pul muomilasi uchun xatarliroq ekanligi tufayli Markaziy bank tomonidan u qattiq nazorat qilinadi.
Markaziy bank tomonidan nazoratni oshirilishi tufayli 1996 – 2002 yillarda naqd pullarni bank kassalariga qaytishi 80 – 93 foiz oraliђida bo’lgan bo’lsa, 2005 yilda u 96,3 foizga yetdi.
Naqd pullik munosabatlarning xususiyatlari yana shundaki, bir pul belgisi bir necha marta tolovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Muomilada bolgan naqd pul massasi malum bir davrda (oy, chorak, yillarda ozgarmas bolib turgan holda naqd pul aylanishi pulni aylanish tezligiga kora muomiladagi naqd pul miqdoridan bir necha marta kop bolishi mumkin va aksincha.
Pul aylanishida tolov aylanishi bilan naqd pulsiz aylanishlar ortasidagi farqni bilish lozim. Tolov aylanishi deb pulning tolov vositasi sifatida xarakati tufayli vujudga kelgan pul aylanishiga aytiladi. Naqd pulsiz aylanish tolov aylanishining tarkibiy qismi bolib naqd pulsiz aylanish va naqd pul aylanishining pulning tolov vositasi funksiyasi tufayli yuzaga keluvchi qismi hisoblanadi.

Download 237.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling